Iqtisodiyot va turizm


Xodimlarning boshqaruv uslubi va kasbiyligi



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə6/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

2.2. Xodimlarning boshqaruv uslubi va kasbiyligi
Baholashni o'tkazishda rahbar shaxsga qo'yiladigan asosiy talablar:
• maksimal ob'ektivlik. Bo'linma bo'yicha hamkasblar, ichki va tashqi mijozlar, qo'l ostidagi xodimlar fikrini inobatga olish hisobiga erishiladi;
• Baholashning faqatgina xodimning rivojlanishiga yo'nalganligi, shaxsiyatni maksimal darajada hurmat qilish;
• Baholash natijalari real ijobiy natijalarga olib kelishi.
Xodimlarni o'qitishning asosiy maqsadi bo'lib, joriy vazifalar hajmi va murakkabligiga xodimlar malakasining muvofiqligini ta'minlash, shuningdek, korxonaning istiqbolda rivojlanishiga erishish hisoblanadi.
Mazkur maqsadga quyidagilarni o'zlashtirish orqali erishiladi:
• kadr o'qitish texnologiyasi;
• o'qitishning modulli texnologiyasi;
• o'z bo'linmalarida xodimlarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va nazorat qilish bo'yicha rahbar shaxslar ko'nikmalari va texnologiyalari;
O'qitish natijalari bo'yicha biznesni takomillashtirishga doir amaliy tadbirlarni ishlab chiqish tizimlari, shuningdek, korxona uchun xodimlarning kalit layoqatlarini belgilash va ularni rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kurslarni ishlab chiqish.
Kalit layoqatlarini o'tkazish qobiliyati korxona muvaffaqiyatga erishuvining bosh omili hisoblanadi. Korxonada rahbar yuqori samarali professionallar jamoasining murabbiysi sifatida namoyon bo'lib, o'zida mavjud bilimlar to'plamini qo'l ostidagilariga o'tkazishi shartdir.
Jamoaviy mehnat ko'nikmalarini va samarali kommunikatsiyalarni rivojlantirish korxonada o'qitish bo'yicha barcha tadbirlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Korxonada barcha xodimlar o'rtasida ustoz-shogird munosabatlarining rivojlanganligi xodimlar malakasini oshirish, kalit layoqatlarini rivojlantirish hamda korporativ madaniyatni yuksaltirishga imkon beradi.
Korxonaning korporativ madaniyati o'zaro hurmat, yordam va ishonchga asoslanadi. Korxonaga xodimlarni ishga qabul qilish va ularni baholashda asosiy e'tibor xodimning quyidagi korxona ish madaniyati va qiymatlarini o'zlashtira olishiga qaratiladi:
• Shaxsni hurmat qilgan holda jamoaviy mehnat;
• Doimiy o'zgarishlarga tayyorlik;
• O'z taqdiriga mas'uliyat;
• Korxonaga nisbatan fidoyilik.
Korporativ qiymatlar va me'yorlarni kelgusida rivojlantirish doirasida rejalashtirilayotgan yillarda asosiy e'tibor mehnat jamoasida korxona qiymatlarini muhokama qilish jarayonini tashkil etish va ularni barcha bo'g'in xodimlar uchun me'yorlar sifatida korxona ichki hujjatlari bilan tasdiqlashga qaratiladi.
Mazkur maqsadga erishishning bosh vazifasi bo'lib qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlarning o'zlashtirilishi samaradorligini monitoringini amalga oshirish hisoblanadi.
Xodimlarning ishdan qoniqish darajasini oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
• Ehtimolli qoniqmaslik omillari va darajasini doimiy monitoringi;
• Shaxsga hurmat asosida ijobiy ishchi muhitni shakllantirish;
Jamoaviy ruhiyat, jamoaga mansublik hissi, shaxsiy va umumiy daromadlarga mas'uliyatni rivojlantirish;
• Xodimlarni motivlashtirishning kompensatsiya usullarini rivojlantirish.
Mehnatga haq to'lashda asosiy tamoyil bo'lib xodimlar ish samaradorligi va sifatini baxolash asosidagi differentsiyasi xizmat qiladi. Rejalashtirilayotgan yillarda ish haqi miqdori xodimlarning shaxsiy yutuqlari va samarali jamoaviy mehnatiga bog'liq holda shakllantiriladi.
Rag'batlantirish usullarini takomillashtirish xodimlarni rivojlantirish, mehnat samaradorligi va sifatiga mas'uliyatini oshirishga qaratilgandir.



Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə