"iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №2(2) 2021 67



Yüklə 355,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü355,89 Kb.
#128069
1   2   3   4   5
IQTISODIYOT VA TURIZM №2-68-73

Kalit so’zlar. 
Ijtimoiy media, platformalar, ijtimoiy media funksiyalari, 
foydalanuvchilar, ijtimoiylik. 
Keywords.
Social media, platforms, social media functions, users, socialization. 
Kirish. 
Ijtimoiy media - virtual jamiyat va tarmoqlar orqali axborot, g'oyalar, 
qiziqishlar va boshqa turdagi ifodalarni yaratish va almashishni osonlashtiradigan 
interaktiv texnologiyalar va raqamli kanallar hisoblanadi
1
. Jimmie Manning ushbu atamani 
interaktiv ishtirokni o'z ichiga olgan media vositalarining yangi shakllariga nisbatan 
qo'llanilishini aytib o’tgan
2
. Bundan tashqari, ijtimoiy media yuqori darajada interaktiv 
platformalarni yaratish uchun mobil va vebga asoslangan texnologiyalardan foydalanadi, 
ular orqali shaxslar va jamoalar foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni ishlab 
chiqishlari, ulashishlari, muhokama qilishlari va o'zgartirishlari mumkin
3

Tadqiqot metodlari. 
Ushbu tadqiqotda ijtimoiy medianing hozirgi kundagi real 
ta’rifini aniqlash, uni tashkil qiluvchi, shakllantiruvchi funksional bloklarni ishlab chiqish 
uchun analiz, sintez, qiyosiy tahlil hamda modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. 
Natijalar. 
Daniel Trottier va Christian Fuchslarning nazaricha, internet saytlari, 
ya’ni, WWW da “ijtimoiylik” belgilari bo’lsagina, ular “ijtimoiy media” sifatida talqin 
1
https://en.wikipedia.org/wiki/Social_media 
2
Manning, J. (2014.) Social media, definition and classes of. In K. Harvey (Ed.), 
Encyclopedia of social media and politics 
(pp. 1158-1162). Thousand Oaks, CA: Sage. 
3
Kietzmann, J. H., Hermkens, K., McCarthy, I. P., & Silvestre, B. S. (2011). Social media? Get serious! 
Understanding the functional building blocks of social media. 
Business horizons

54
(3), 241-251.


№2(2) 2021 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali
68 
qilinadi
1
. “Ijtimoiylik” belgilariga esa “idrok”, “aloqa” va “hamkorlik”ni o’z ichiga oladi. 
Ushbu modelga muvofiq, birinchi navbatda bilish(idrok)ni qo'llab-quvvatlaydigan 
(gazetalarning vebsaytlari kabi), aloqani qo'llab-quvvatlaydigan (masalan e-mail) hamda 
jamiyat qurish va hamkorlikda ishlashni qo'llab-quvvatlaydigan (masalan, Vikipediya
Facebook) axborot vositalari va onlayn platformalar ijtimoiy media hisoblanadi. 
Investopedia platformasiga muvofiq ijtimoiy medianing olti turi, garchi buni ko'p jihatdan 
ajratish mumkin bo'lsa-da, ijtimoiy tarmoqlar, xatcho'plar, ijtimoiy yangiliklar, media 
almashish, mikrobloglar va onlayn forum saytlarini o'z ichiga oladi
2

Ijtimoiy media odatda ijtimoiy tarmoqlar bilan bir xil tushuncha kabi fikrlanadi. 
Ammo ijtimoiy media tushunchasi bir qancha faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu 
tushuncha media elementlarini o’z ichiga olgan veb sahifa yoki elektron do’kon bo’lishi, 
shu bilan birga, foydalanuvchilarni xarid qilishga undovchi muhokama forumlari, veblog, 
multimedia yoki boshqa onlayn faoliyatlar bo’lishi mumkin
3
.
1-shakl. Ijtimoiy mediani tashkil qiluvchi funksional bloklar. 
Manba:
Kietzmann, J. H., Hermkens, K., McCarthy, I. P., & Silvestre, B. S. (2011). Social 
media? Get serious! Understanding the functional building blocks of social 
media. 
Business horizons

54
(3), 241-251. 
1
Trottier, D., & Fuchs, C. (2015). Social media, politics and the state. 
Protests, Revolutions, Riots, Crime and 
Policing in the Age of Facebook, Twitter and YouTube. New York and London: Routledge
.
2
https://www.investopedia.com/terms/s/social-media.asp#toc-what-are-the-6-types-of-social-media 
3
Svatošová, V. (2012). Social media such as the phenomenon of modern business. 
Journal of Marketing 
Development and Competitiveness

6
(4), 62-84.

Yüklə 355,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə