Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar



Yüklə 312,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü312,06 Kb.
#141119
  1   2   3   4   5   6   7
M1



1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga 
kirish.

Reja: 
1.
Jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy masalalari va 
yo’nalishlari. 
2.
O’zbekiston respublikasida AKT sohasidagi Davlat siyosatining asosiy 
yo’nalishlari. AKTning rivojlanishi bo’yicha ijrodagi qonunlar, buyruqlar va qarorlar. 
3.
 
Texnik sohalarda va boshqaruvda AKTning roli. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
axborot, axborot texnologiyalari, axborot nexnik tizimlar, 
dasturiy ta’minot, apparat ta’minot adekvatlilik, axborotlashgan jamiyat, axborot tizimlari, 
konfiguratsiya, interfeys 
 
1.Jamiyatda AKTni rivojlantirishning vazifa va yo’nalshlari. 
XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot sohalarini axborotlashtirish, globallashtirsh va 
texnikalashtirish bilan xarakterlanadi, bu esa o’z navbatida fan, ta’lim, ishlab chiqarish va 
boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish tamoyillarini belgilab beradi. Barcha 
davlatlarda iqtisodning rivojlanishi, turli sohalardagi kompaniyalarning ish faoliyatining 
kengayishihi, axborotlarning yig’ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi, 
ishlab chiqarishning samarasini oshirish harakatlari – bularning hammasi har bir davlatda turli 
sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo’llash jarayonlarini 
bajarish talabani belgilovchi faktorlardir.
Ma’lumki, texnik sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni 
kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa alternativ yo’l yo’q 
bo’lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo’lgan axborotlashgan jamiyatda 
mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan baholanmoqda. Shuni 
ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda axborot yurituvchi kuchning asosiy mahsuloti sifatida 
qaraladi, axborot texnologiyalari esa jamiyatning axborot resurslarini aktivlashtirish va samarali 
foydalanishning muhim vositasidir. Shunin333g uchun AKTni jadal rivojlantirish va 
takomillashtirish masalasi hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim 
masalaga aylandi.
Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy AKT vositalari 
yordamida axborotni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish, tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va 
texnologik progresning muhim dalilidir. Axborot texnologiyalari va komminikatsiya vositalaridan 
faol faoydalanish natijasida axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda.

Yüklə 312,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə