Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Soliqlar davlat budjeti daromadining asosiy manbayi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida



Yüklə 139,68 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü139,68 Kb.
#105240
1   2   3   4   5
Milliy iqtisodiyotni tartib

1.3 Soliqlar davlat budjeti daromadining asosiy manbayi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida
Soliqlar va ularning hajmi davlat budjeti xarajatlari miqdoriga bog'liq bo'lib, budjet daromad qismining 90 va undan ortiqroq qismini taslikil etadi. Soliqlar — milliy daromadning bir qismini davlat mulkiga aylanish xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlaming undirilishi - bu milliy daromadning bir qismini davlat ixtiyoriga o'tkazish jarayoni liisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqlar YalM ga nisbatan 30 % dan 50 %gacha taslikil etadi. Soliqlar iqtisodiy o'sishga muiiim ta’sir ko'rsatadi. Soliqlar moliyaviy kategoriya sifatida YalM ning qanday qisnii davlat tasarrufiga kehb tushishini xarakterlaydi. Soliqlar qayta taqsimlash munosabatlarining faol qatnashchisi sifatida kapital yig'ishni kuchaytirish yoki kamaytirish, aholining to'lovga qodirligini kengaytirish yoki kamaytirish orqali takror ishlab chiqarishning o'sish sur’atlarini rag'batlantiradi yoki kamaytiradi va shu kabi dastaklar orqali butun takror ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy ta’sir ko'rsatadi. oliqlaming funksiyalari ularning mohiyatini, amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur.
Davlatning soliq siyosati iqtisodiyotda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: - fiskal, ya’ni davlat budjeti daromadlarini shakllantirish; - daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; - ishlab chiqaruvchilarni rag'ballantirish va raqobatni kuchaytirish; - nazorat qilish; - davlat iqtisodiy siyosatini tartibga solish.
O‘zbekistonda vujudga keltirilayotgan soliq tizimi o‘zining strukturasi va qurilish prinsipiga asosan jahon soliq tizimi amaliyotida keng tarqalgan tizimni aks ettiradi. Budjet daromadlarini to'liq va o‘z vaqtida safarbar qilish bilan birga soliq tizimini ishlab chiqish va iste’molga o‘z ta’sirini o‘tkazish, soliqqa tortish tizimining o'zgaruvchan va harakatchanligini ta ’minlash va uni yanada oqilona bajarish kerak. Shu o‘rinda aynan soliqning fiskal mohiyati va uning iqtisodiy jarayoniami rag'batlantirish vositasi sifatidagi vazifasi o'rtasida bo'lgan muvozanatni bclgilaydigan mezonni aniqlab ofish zarur. Zero, yuqori darajadagi soliqlar iqtisodiyotning taraqqiyotiga to‘sqinfik qiladi. Soliqlar oqilona qisqartirilganda budjetga ko‘proq pul tushishi mumkin. Bizning respublikamizda soliq tizimi bevosita va bilvosita soliqlami o‘z ichiga oladi.
Bevosita soliqlar aslida olingan daromad summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Shuning uchun ham korxona laming moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu korxonalaming daromadlari va molmulkiga sohnadigan soliqlar hamda fuqarolardan olinadigan daromad solig'idir.
Bevosita soliqlar tovar (xizmat) bahosining elementi hisoblanadi va unga avtomatik tai-zda qo'yiladi. Bunday soliqlar qatoriga qo‘shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, respublika hududidan chetga chiqariladigan mahsulotlarga solinadigan soliqlar kiradi. Bu bevosita va bilvosita soliqlar yig'indisi davlat budjetiga tushadigan tushumlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Soliqning fiskal liinksiyasi orqah soliqqa tortishning asosiy vazifasi, ya'ni davlat moliyaviy mablag'larining shakllanishi, shuningdek, davlatning umumdavlat va maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘lami jamg'arish vazifalari amalga oshiriladi.
Soliq tushumlari davlat budjeti daromadlarining asosini tashkil qiladi. Davlat o'z tasarrufiga ishiab chiqarilgan YalMning anchagina qismini soliqqa tortish yo‘li bilan oladi va qayta taqsimlaydi. Soliqlarning fiskal liinksiyasi va taqsimlash funksiyalari uyg'unlashadi desak xato qilmaymiz. Soliqlar to'g'risidagi darsliklarda qayd etilishicha, korxonalarning qo'shimcha qiymati yoki daromadlari aw al taqsimlanadi. so'ngra budjetga beriladi. Aniqroq qilib aytadigan boisak. aw al ishiab chiqaruvchilarning manfaatlari ta'm inlanadi va so'ngra daromadlarning bir qismi budjetga o‘tkaziladil.
Bundan tashqari, soliqlarning taqsimlovchilik liinksiyasi aholining turli kategoriyalari o'rtasida umumiy daromadlarning qayta taqsimlanishini ta ’minlashi nuqtayi nazaridan ijtimoiy funksiyani ham bajaradi, degan qarashlar ham mavjud. Soliqqa tortish orqali «alohida ijtimoiy guruhlar o ‘rtasida tengsizlikni kamaytirish maqsadida ularning daromadlari bo'yicha o'zaro munosabatlami o‘zgartirish yo‘li bilan ijtimoiy muvozanat qo'llabquwatlashga erishiladi».
Boshqacha aytganda, soliq yukining imkoniyati yuqori bo'lgan soliq to‘lovchilarga ko'proq tushishi hisobidan fuqarolaming ijtimoiy yordamga muhtoj qismi foydasiga mablag'lar olinishi sodir bo'ladi. Soliqlar orqali davlat aholi va korxonalarning moliyaviyxo'jalik faoliyatini, shuningdek, daromad va xarajatlaming manbalari ustidan nazorat qiladi. Soliq summasini pul ko'rinishida baholashning mavjudligi davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini daromadlar ko'rsatkichlari bilan miqdoriy qiyoslash mumkinligi imkonini beradi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ni amalga oshirish natijasida soliq tizimining samaradorligi baholanadi, faoliyat turlari va moliyaviy oqimlar ustidan nazorat o‘matiladi. Bundan tashqari, soliqqa tortishning nazorat funksiyasi orqali soliq tizimi va budjet siyosatiga o ‘zgartirishlar kiritishning zarurligi aniqlanadi. Soliqlar yordamida tadbirkorlar faolligini rag‘batlantirish yoki aksincha, cheklab qo'yish va dernak, tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu tarmogvi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mumkin.1 Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va jahon bozorida milliy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoit yaratishda ham soliqlarning rag'batlantirish tiinksiyasi muhim rol o'ynaydi. Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat Davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, odatda, ikki yo‘nalishda bo‘ladi: diskretsion fiskal siyosat va nodiskretsion fiskal siyosat. Diskretsion fiskal siyosat da hukumatning maxsus qarorlari natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig'i miqdorining maqsadli o'zgarishi amalga oshiriladi. Bu qarorlar iqtisod iyotdagi bandlik darajasi, islilab chiqarish hajmi va inflatsiya sur’atlarini o ‘zgaitirishga qaratilgan bo‘Iadi. Nodiskretsion fiskal siyosat da davlat xarajatlari. soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ining avtomatik ravishda o'zgarishi ro‘y beradi. Bu o'zgarishlar «avtomatik stabilizatorlar» harakati ta’sirida jami daromadning davriy tebranishlari natijasida paydo bo'ladi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki Har qanday jamiyat rivojlanishining asosiy maqsadi aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo'ladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligini, iqtisodiy rivojlanishini, tinchligini ta'minlash, inson sog'lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib boradi. Shularni inobatga olganda, O'zbekistonda Harakatlar strategiyasining dastlabki bosqichlaridan aholining turmush farovonligi hamda hayoti sifatini ta'minlash yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat budjetining 60 foizidan ortig'i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilmoqda. Bu aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayot sifati darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga aholini, ayniqsa, qishloq aholisini yangi shinam uy-joylar bilan ta'minlash amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko'payishi esa ularning hayot farovonligini ko'tarishga asos bo'lmoqda. Soliq-byudjet siyosati hukumatning iqtisodiyotni nazorat qilish va ta'sir qilish uchun xarajatlar darajasi va soliq stavkalarini to'g'irlash vositasidir. Bu pul-kredit siyosatining asosiy strategiyasidir va u orqali markaziy bank mamlakat pul massasiga ta'sir qiladi. Ushbu ikkita siyosat turli xil kombinatsiyalarda mamlakatning iqtisodiy maqsadlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu erda fiskal siyosat qanday ishlaydi, uni qanday monitoring qilish kerak va uning amalga oshirilishi iqtisodiyotdagi turli odamlarga qanday ta'sir qilishi mumkinligi ko'rib chiqilgan. ozorlar ham soliq-byudjet siyosatiga munosabat bildirmoqda. 2017 yil 21 dekabrda Trump ma'muriyatining 1.5 trln AQSh dollarlik soliq to'g'risidagi qonun hujjati, Soliqni qisqartirish va ishlarni to'lash to'g'risidagi qonuni qabul qilinganidan keyin uch kun ichida birinchi marta Dow Jones sanoat o'rtacha ko'rsatkichi 99 punktni yoki 0,4% ni tashkil qildi. S&P 500 indeksi 0,25% ga o'sdi, Nasdaq kompozit indeksi 0,14% ga ko'tarildi. Soliq kapital ta'mirlanishi federal kamomadni kelgusi 10 yil ichida yuzlab milliard dollarga va ehtimol 2 trillion dollarga ko'paytirishi taxmin qilinmoqda.Hisob-kitoblar qonunning iqtisodiy o'sishi haqida taxminlariga qarab o'zgaradi. Qonunda korporativ soliq stavkalari doimiy ravishda 21% miqdorida yagona soliq stavkasini yaratish yo'li bilan qisqartiriladi va korporativ alternativa minimal soliqqa tortiladi.
Shuningdek, qonun shaxsiy daromad solig'i ettita qavsining hozirgi tuzilishini saqlab qoladi, lekin aksariyat hollarda stavkalarni pasaytiradi: yuqori stavka 39,6% dan 37% gacha, 33% qavs 32% gacha, 28% qavs 24 dan 24 gacha. %, 25% qavs 22% gacha va 15% qavs 12% gacha. Eng past qavs 10% da qoladi, 35% qavs ham o'zgarishsiz qoladi. Ushbu o'zgartirishlar 2025 yildan keyin muddati tugash uchun belgilanadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda budjet jarayonida o’rta muddatli rejalashtirish mexanizmini joriy qilishga dastlabki urinishlar bo’layotganligini va budjet xarajatlarining natijaviyligini ta’minlovchi nazorat qilish mexanizmining endigina shakllanayotganligini e’tirof etish lozim. Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun budjetdan ijtimoiy ijtimoiy- madaniy tadbirlarni moliyalashtiriladigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma – bosqich kamaytirish va me’yordan ortiqcha amalga oshirilgan xarajatlarni budjet hisobotlariga debitorlik va kreditorlik qarzlari sifatida qabul qilish amaliyotiga chek qo’yish zarur. Budjetdan mablag’ oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini inobatga olgan holda, byujetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini (vipiska) o’z muddatlarida hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri budjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda budjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi davlat budjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim .



Yüklə 139,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə