Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 139,68 Kb.
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü139,68 Kb.
#105240
1   2   3   4   5
Milliy iqtisodiyotni tartib

Mustaqil ishning maqsadi. О Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning soliq-byudjet siyosati vositalarining roli haqida to’liq tushunchaga erishish hamda Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning soliq-byudjet siyosati vositalarining roli zarurati uslublarini o’rganish.
Mustaqil ishning vazifalari. Referat ishining vazifalari Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning soliq-byudjet siyosati vositalarining rolini o’rganish ilmiy-amaliy jihattan tavsiflash Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning soliq-byudjet siyosati vositalarining roli muammolarini tahlil etish.
Mustaqil ishning obyekti. Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning soliq-byudjet siyosati vositalarining roli.
Mustaqil ishining hajmi: Mustaqil ish tuzulishining hajmi 21 betdan iborat.


1.1 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning budjet-soliq vositalari
Davlat budjeti — davlat pul resurslarining asosiy fondi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning vositasi Milliy iqtisodiyotni davlat tom onidan tartibga solish mexanizmida tartibga solishning budjet-soliq va kredit shakllari muhim o'rinni egallaydi. Davlat budjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining davlat daromadlarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq qismi namoyon bo'ladi. Soliqlar. zayomlar va boshqalar asosida davlat budjeti daromadlari shakllantirilishi orqali yirik moliyaviy resurslar jamlanadi. Ushbu rcsurslaming umumiy hajmi YalM ga nisbatan davlat budjeti xarajatlarida namoyon bo'ladi.
Bu esa davlat budjeti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita ekanligini ko'rsatadi. Davlat budjetining boshqaruvchanlik roli qayta taqsimlangan milliy daromadning bir qismini davlat mulki shakliga aylantirish ko'rinishida namoyon bo'ladi. Budjet orqali, uning resurslaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sohalari o'rtasida, moddiy va nomoddiy sohalar o'rtasida, tarmoqlar o'rtasida, hududiy birliklar va aholini ijtimoiy guruhlari o'rtasida milliy daromadni qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Budjet makroiqtisodiy mutanosiblikka qilish va uni qo'llab-quwatlashda muhim dastak bolib hisoblanadi. Asosan iste’mol va jam g‘arish fondlari o'rtasidagi zarur mutanosiblikni saqlab turishda davlat budjetining roli kattadir. Budjetning takror ishlab chiqarishga ta’siri, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda namoyon bo'ladi. Budjet davlatning iqtisodiy siyosaiini yuritishda muiiim vosita bo'lib hisoblanadi. Budjetga iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish dastagi, takror ishlab ehiqarishni oldindan aniqlash jarayonida, ya’ni ishlab chiqarish kuehlariga va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga ta'sir etuvclii vositasi sifatida qaraladi. Alohida davrlarda esa xo‘jalik-tashkiuy faoliyatiga, davlat siyosati va iqtisodiy siyosatni ilmiyhk darajasiga bog'liq holda islohotlami amalga osliirishda budjetning roli kattadir. Asosiy ishlab cliiqarLsh kuchlari bo'lgan ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirishdagi muhim vazifalar ham budjetga bog‘liqdir. Davlat moliyasi o'z ichiga markaziy davlat, mahalliy hokimiyat budjeti hamda sotsial sug‘urta tizimini oladi. Davlat budjeti orqali milliy daromadning 50 foizdan ortig‘i qayta taqsimlanadi. O‘zbekiston davlat budjeti xalq xo'jaligini. ayniqsa, inamlakatning milliy mustaqilligini ta'minlaydigan tannoqlarni rivojlantirish, ijtimoiy sohalami moliyalashtirish, aholhii ijtimoiy himoyalash, milliy mudoiaa hamda boshqarishga ketadigan xarajatlarga ishlatiladi. Iqtisodiy islohotlaming ustuvor yo‘nalishlaridan biri boigan qishloq xo'jaligini moliyalashtirishda ham davlat budjeti muhim o‘rin tutadi.
Davlat budjeti — davlat pul mablag'larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg'armalari mablag'larining) markazlashtirilgan jam g‘armasi bo lib , unda daromadlar manbayi va ulardan tushum lar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Davlat budjeti ikki asosiy qism — daromadlar va xarajatlar qismidan iborat. Budjet tizimi turli darajadagi budjellar va budjet mablag'lari oluvcliilar yig'indisi, budjetlarni tashkil etish va tuzish prinsiplari, budjet jarayonida ular o'rtasida, shuningdek, budjetlar hamda budjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida vujudga keladigan o'zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasida Moliya vazirligi davlat fiskal siyosatini ishlab cliiqish va amalga oshirish uchun mas'ul hisoblanadi. U davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; respublika budjeti xarajadarini amalga oshiradi; budjet mablag'lari oluvchilarning davlat budjeti mablag'laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi. Quyidagilar davlat budjeti daromadlarining asosiy manbalari hisoblanadi:
1. Soliqlar, yig'imlar, bojlar va boshqa majburiy to'Iovlar.
2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar.
3. Meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul mablag'lari.
4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari.
5. Rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish liisobiga tushadigan to'lovlar va boshqalar.
Ushbu davlat budjeti daromadlarining tarkibiy o'zgarishlari oxirgi yillar bo'yicha bevosita soliqlarda pasayish, bilvosita soliqlarda esa o'sish tendensiyasiga ega bo'lm oqda (8.1.1- jadval.) 128 8.1.1-jadval Davlat budjeti daromad qismi ijrosi (%hisobida).Davlat budjeti xarajatfarining tarkibi. Davlat budjeti xarajatlari quyidagi yo‘nalishlarda sarflanadi:
1. Budjet mablag'lari oluvchilarning joriy xarajatlari.
2. Joriy budjet transfcrtlari.
3. Kapital xarajatlar: - asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog'liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishiab chiqarish; - chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa molmulk olish; - davlat ehtiyojlari uchun yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish; - davlal zaxiralarini vujudga keltirish.
4. Kapital xarajatlami qoplash uchun yuridik shaxslarga bcriladigan budjet transfertlari.
5. Rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari.
6. Davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudaiari.
7. Davlat qadrini qaytarishga va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha to‘lovlar va boshqa xarajatlar.
Davlat budjeti xarajatlari hisobiga buyurtmalar asosida mahsulot xarid qilish bozori vujudga keladi. Budjet daromad qismining asosini soliqlardan tushgan tushumlar hosil qiladi. O'zbekistonda zarur takror ishlab chiqarish proporsiyasiga erishishda budjetning roli va bunday proporsiyaga erishish uchun milliy daromadni qayta taqshnlashdagi budjetnmg roli haqidagi ba’zi quyidagi tasawurlarni beradi: misol uchun, budjetga yengil va oziq-ovqat sanoatidan tushgan tushumlardan shu tarmoqlarga budjetdan qilingan xarajatlar bir necha marta ko‘p bo'ladi. Bu boshqa tarmoqlarda yaratilgan milliy daromadning bir qismini yuqorida sanalgan tarmoqlarga yo‘naltirilishini anglatadi va tarmoqlar o'rtasida, shu jumladan moddiy va nomoddiy islilab chiqarish sohalari o'rtasida qayta taqsimlash yuzaga keladi ozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida O'zbekiston Respubhkasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishda budjet muiiim o ‘rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikaisining davlat budjeti daromadlarining tarkibi uning zarur takror ishlab chiqarish mutanosibligini ta’minlash, iqtisodiy siyosatining m uhim vazifalarini hal etishdagi o'rni haqida yaqqol tasawurlarni beradi. Davlat budjet orqali ilmni. ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. Bir qator mamlakatlarda ilmiy texnik taraqqiyot loyiha ishlari (ITTLI) ga umumiy budjet xarajatlarning 50 % ajratiladi. (AQSh — 46.4 %, Fransiyada — 49,3 % )1 Budjet resurslari 111 LI bilan bir qator tarnsport va informatsion tuziimani yaratishga hamda aholini ma’lumot darajasini oshirishga yo'naltiriladi.



Yüklə 139,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə