ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 838
doimiy oʻzgarishlar tufayli har doim ham shunday emas, shuning uchun asosiy vositalar
keyingi tadqiqotlarni talab qiladi.
Asosiy vositalar har bir tashkilotda ishlab chiqarishning muhim tarkibiy
qismlaridan biri boʻlib, ularning holati bevosita, shuningdek samarali foydalanish
tashkilot faoliyatining yakuniy natijalariga taʼsir qiladi. Oʻz navbatida, asosiy vositalar
hisobini tashkil etish mashina, uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali
foydalanishga yordam beradi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Koʻpgina oʻzbek iqtisodchilari oʻz ilmiy
izlanishlarini asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanishni tahlil qilishning nazariy va
amaliy jihatlariga bagʻishlaganlar, ular orasida Ibragimov A., Ochilov I., Qo’ziev I.,
Rizaev N., Karimov A., Islomov F., Pardaev A.X., Pardaev B.X., Kudbiev D., Ismanov
I.N., G’ulomova F.G’., Urazov K.B., Vaxidov S.V., Turdiyeva M., Xasanov B.A.,
Abdullayev A., Aybeshov X., Abdukarimov B.A., Bektemirov A.B., Pardayev M.Q.
kabilarni aytish mumkun.[5-6-7]
Shunindek xorijiy iqtisodchilaridan oʻz ilmiy izlanishlarini asosiy vositalar hisobi
va ulardan foydalanishni tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlariga bagʻishladilar,
ulardan: Alisenov A. S., Babayev Yu. A. Zaxarov I. V., Kondakov N. P., Melnik M. V.,
Pisengols M. Z., Saviskaya G. V., Sergeev S. S., Tolpegina O. A, Astaxov V. P.,
Govdya V. V., Kolesov N. D., Kondrakov N. P., Kuter M. I., Labinsev N. T., Melnik
M. V., Novodvorskiy V. D., Pisengols M. Z., Polyak G. B., Popova L. V., Rudanovskiy
A. P., Saviskaya G. V., Sergeev S. S., Chursin A. M. larning ishlari alohida etirof etish
mumkun.[1-3-4]
Shunga qaramay, asosiy vositalarni hisobga olish va ulardan foydalanish tahlili
boʻyicha munozaralar hali ham davom etmoqda. Bu oʻrganilayotgan muammoga
iqtisodchilarning turli xil yondashuvlarini, masalan, asosiy vositalarning iqtisodiy
mazmuniga (xususan, "asosiy vositalar", "asosiy fondlar" va "asosiy kapital" atamalarini
aniqlashga) koʻrsatadi; [8] boshlangʻich narxni shakllantirish; qayta baholashning
maqsadga muvofiqligi; asosiy vositalar hisobini hujjatlashtirish; hisobga olinishi,
ishlatilishi,
mavjudligi
hamda
ular
haqidagi
maʼlumotlarni
buxgalteriya
(moliyaviy)hisobotida aks ettirish masalalaridir.
Dostları ilə paylaş: |