SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 844
ta’minlanish darajasi va ko’rsatkichlarini xudud darajasida o’rganish bilan birgalikda
xo’jalik miqyosida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, asosiy vositalar har bir korxona uchun ishlab
chiqarish jarayonini va faoliyatini amalga oshirish uchun zarurdir. Asosiy vositalarning
optimal soni korxonaning ishlab
chiqarish quvvatini oshirish, mehnat unumdorligini
oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va hokazolarga imkon beradi.[21]
Asosiy vositalar hisobini samarali tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini
aniq
hisoblash, asosiy vositalarning holatini oʻz vaqtida nazorat qilish va ularni oʻz
vaqtida yangilashga imkon beradi, korxona balansida boʻlgan
asosiy vositalar ishlab
chiqarish jarayoniga holatiga va munosabatiga qarab buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish uchun amortizatsiya har oyda xarajat –
qoldiq yoki boshlangʻich boʻyicha hisoblanadi.
Oʻrganilgan muammolarning birinchi guruhi bugungi kunda milliy standartlarini
xalqaro standartlar bilan yaqinlashtirishning dolzarb masalasi mavjudligi bilan bogʻliq.
Shu munosabat bilan asosiy vositalarni tasniflash, baholash, sintetik va analitik hisobga
olish bilan bogʻliq muammolar mavjud. Asosiy vositalarni
hisobga olish muammolari
ayniqsa dolzarbdir, chunki ishlab chiqarish jarayoni va umuman
uning natijasi mehnat
vositalarining holatiga bogʻliq. Asosiy vositalarni hisobga olishning tartibga soluvchi
jihatlari xalqaro standartlarga mos kelmasligi xorijiy
investorlar tomonidan
mamlakatimiz hisobotlarini tan olishda, haqiqiy rasmni ma’lumotlarni
taqdim etishda
qiyinchiliklarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: