|
Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini takomilashtirish masalalariiqtisodiyotning-modernizatsiyalash-sharoitida-asosiy-vositalar-hisobini-takomilashtirish-masalalariǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 843
foydali ishlatish muddatiga ega va alohida inventar ob’ekti sifatida hisobga olingan bir
nechta qismlarga ega bo‘lgan inventar ob’ektlarining har bir qismiga alohida inventar
raqami beriladi. [23] Agar bir necha qismlardan iborat ob’ekt bo‘yicha ob’ektlar uchun
umumiy foydali ishlatish muddati belgilangan bo‘lsa, u holda ko‘rsatilgan ob’ekt bitta
inventar raqami bilan hisobga olinadi.
Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni baholash yagona
printsipi hisoblanadi. (2-rasm)
2-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi
Boshlang’ich qiymat
- asosiy vositani ishchi holatga keltirish uchun qilingan jami
xarajatlardir yoki ularni barpo etish (qurish, o’stirish. yetishtirish, yasash) yoki sotib
olish bo’yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir. [12]
Joriy qiymat
– asosiy vositalarning muayyan bir vaqtda amaldagi bozor baholari
bo’yicha qiymati yoki aktivlarni xabardor manfaatdor tomondan o’rtasida
almashtirilishi mumkin bo’lgan summasidir.
Qoldiq (balans) qiymat
– asosiy vositalarning dastlabki (qayta tiklangan) yoki
joriy qiymatidan to’plangan amortizasiya chiqarib tanlangan summasidir.
Tugatish qiymati
– asosiy vositalarni hisobdan chiqarish vaqtida ko’zda tutilgan
qiymati, bundan asosiy vositani tugatish xarajatlari ayriladi.
Tiklash qiymati
– dastlabki qiymatdan tugatish qiymatini chegirilganidir.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini omilli tahlil asosida mahsulot
ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki
imkoniyatlarning mavjudligi o’rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan
foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy
yo’nalishlar belgilanadi. [22]
Demak, xo’jalikda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini xo’jalik xususiyatlaridan kelib chiqib o’rganish, bunda fondlar bilan
Dostları ilə paylaş: |
|
|