Is lm modelining mohiyati va asosiy



Yüklə 143,77 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü143,77 Kb.
#155735
  1   2   3   4   5
3 DM 2 (1)

XIII MAVZU. TOVAR VA PUL BOZORIDA UMUMIY MUVOZANATLIK. IS-LM MODELI


    1. IS - LM modelining mohiyati va asosiy tenglamalari

IS - LM makroiqtisodiy muvozanat modeli birinchi bo‗lib J. Xiks tomonidan A. Xansen bilan hamkorlikda namoyish etilgan va shu sababli u Xiks-Xansen modeli deb nomlangan.


IS - LM modeliga jamg‗arma (S), investitsiyalar (I), likvidlik (L) va pul (M) kiradi. Modelning birinchi qismi (IS) tovarlar bozoridagi muvozanat holatini, ikkinchisi (LM) pul bozoridagi aks ettiradi. Tovarlar bozoridagi muvozanatning sharti sarmoyalar va jamg‗armalarning tengligi (I = S), pul bozorida esa pulga talab va ularning taklifi o‗rtasidagi tenglik (L = M) belgilaydi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‗rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta‘sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg‗armalar, likvidlilikni afzal ko‗rish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli.
IS - LM modeli iqtisodiyotning real va pul sohalarini birlashtirgan nazariy qurilishdir.
AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e‘tiborga olingan edi. Ya‘ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko‗tarilishi pulga bo‗lgan talabni oshirishi bu esa o‗z navbatida foiz stavkasining ko‗tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko‗zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo‗ladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog‗liq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.
171
Modelning asosiy tenglamalari. IS-LM (investitsiya - jamg‗armalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning o‗zida har ikkala bozorda muvozanatni ta‘minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi.
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:

  1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat.

  2. C = a+b (Y-T) — iste‘mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY.

  3. I = e-dR — investitsiya funksiyasi.

  4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funksiyasi.

  5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.

IS-LM modelida ko‗rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi.
Modelning endogen o„zgaruvchilari Y, C, I, Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen o„zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi
t. Eempirik koeffitsiyentlar a, b, c, d, m, n, k va h bo‗lib musbat va nisbatan barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial bo‗lgan qisqa muddatli davrga muvozanat ko‗rib chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o‗zgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y o‗zgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial bo‗lgan, ya‘ni to‗liq bandlik sharoitida baholar darajasi R o‗zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha o‗zgaruvchilar real kattaliklardir.



    1. Yüklə 143,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə