Isaac Newton Isaak Nyuton



Yüklə 107,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.06.2022
ölçüsü107,14 Kb.
#89777
1   2
Isaac Newton - Vikipediya

Isaak Nyuton
Fizik, Matematik, Astronom
Asl ismi
Isaac Newton
Tugʻilishi
4-yanvar 1643-yil 
Linkolnshir 
Buyuk Britaniya
Vafoti
31-mart 1727-yil
(84 yoshda) 
London

Buyuk Britaniya
Fuqaroligi
Kingdom of England
[1][2]
 va Great Britain
[3][2]
Otasi
Isaac Newton Sr.
[4][2]
Onasi
Hannah Ayscough
[2]
Imzo


NYUTON (Newton) Isaak (1643.4.1, Vulstorp — 1727.31.3, London; Vestminsterda dafn etilgan)
— ingliz olimi, hozirgi zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi
(1672-yildan) va uning prezidenti (1703-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1665). Ilmiy
ishlari uchun unga lord unvoni berilgan (1705).
N. mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ochdi,
differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, koʻzguli teleskopii kashf qildi. U optikaga
oid muhim eksperimental ishlar muallifi. "Yoruglik va ranglarining yangi nazariyasi" asarida (1672)
yorugʻlikning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi gipotezani ilgari surgan. N. "Optika" asarida (1674)
yorugʻlik aberratsiyasi, interferensiya, yoruglikdagi dispersiya, difraksiya, yorugʻlikning
qutblanishi va boshqa hodi-salarni yoritgan. U birinchi boʻlib yorugʻlikning toʻlqin uzunligini
oʻlchagan. N. "Natural filosofiyaning matematik negizlari" ("Negizlar"; 1687) N.ning eng muxim
ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida oʻzidan ilgari oʻtgan olimlar (G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler,
X.Gyuygens, R.Guk, E. Gatey va boshqalar) hamda oʻzi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan
va klassik fizikaning asosi boʻlgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon
jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan; klassik mexanikaning asosiy tushunchalari —
massasi va zichligiga ekvivalent boʻlgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan
harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga taʼrif bergan; oʻzining 3 mashhur "aksioma yoki
harakat qonunlari": inersiya qonuni (N.ning birinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsir konuni (uchinchi
qonuni)ni taʼriflagan.
N. barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi
masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam
tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. N. bu asarida Oy harakatining
oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid
xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab
chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq
holda tekshirgan.
N. ilgari surgan tabiatshunaslik
masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chikishni 
talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini 
ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning o
ʻ
zaro 
teskari harakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz 
qatorlar sohasida yangilik yaratgan. N. va undan mustaqil 
ravishda G.Leybnits tomonidan yaratilgan differensial hisob va 
integral hisob mat. taraqqiyotida yangi bosqich bo
ʻ
ldi. N. 
Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy ko
ʻ
rsatkichga 


umumlashtirgan, hisoblash mat.si sohasida tenglamalarni 
taqribiy yechish usuli va interpolyasiya formulasini topgan. 
Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham muhim. N. 
fizika va kimyoning ko
ʻ
p sohalariga katta ta
ʼ
sir ko
ʻ
rsatdi. 
Ba
ʼ
zi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda N. mexanik 
modellardan foydalandi.
Ad:Vavilov S. I., Isaak Nyuton, M., 1961.
[5]
1. 
(unspecified title) (http://www.humanistictexts.org/newton.htm)
2. 
(unspecified title) (https://www.biography.com/people/isaac-newton-9422656)
3. 
(unspecified title) (http://db.stevealbum.com/php/chap_auc.php?site=2&lang=1&sale=4&chapter=1
7&page=3)
4. 
(unspecified title) (https://www.geni.com/people/Isaac-Newton-Sr/6000000001299332333)
5. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Wikimedia Commonsda 
Isaac Newton
mavzusiga oid fayllar bor.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
Rtfroot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Isaac_Newton&oldid=2469724

dan olindi

Yüklə 107,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə