Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
64-variant

 
 
 
 
 
 
 


12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 
40 
Xulosa 
Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalarni o’rganib quyidagi xulosalarga 
keldik. 
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning 
mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. 
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida 
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi 
deb yuritiladi. 
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat 
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol 
me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu 
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma ’lum vaqt 
davomida olingan ‘ul summasi yoki ‘ul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi - bu 
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z- 
o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va 
xizmatlar) bahosiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil 
bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va 
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. 
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining 
miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste ’mol 
narxlari darajasi bilan. 
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay 
shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va 
ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab 
chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish 
haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish 
me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat 
sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. 


12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 
41 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə