Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
64-variant

5.
 
O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili 
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan 
tub islohotlar sharoitida tashkiliy faoliyat samaradorligi ko’p jihatdan ishlab 
chiqarishni tashkillashtirish hamda ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatini tegishli 
tarzda rag’batlantirishga bog’liq. Mehnatga haq to’lash tizimini isloh qilish 


davomida jarayon ishtirokchilari quyidagi ikkita vazifaning yechimini topishga 
erishishlari darkor: 
1.
Korxonada ishlayotgan har bir ishchi-xodimga, birinchidan, mehnat 
faoliyatining natijasiga, ikkinchidan, mehnat bozorida konkret turdagi ishchi kuchi 
uchun to’lanayotgan real qiymatdan kelib chiqib haq to’lanishini kafolatlash; 
2.
Korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda realizatsiya 
qilganidan so’ng foyda olishga muvaffaq bo’lishi zarur. 
Demoqchimizki, 
ham 
ishchi-xodimlarning, 
ham 
ish 
beruvchilar 

tadbirkorlarning manfaatlarini birdek qondirish uchun mehnatga to’lanadigan ish 
haqi salmog’ini oshirish barobarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarning har 
bir donasiga sarflanadigan xarajatlar salmog’ini kamaytirish, shuningdek 
korxonaning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilsa, har bir ishchiga 
to’lanadigan ish haqining qiymati oshirilishini kafolatlash zarur bo’ladi. Bundan 
chiqdi, mehnat haqining ma'lum darajada oshirilishi uchun iqtisodiy faoliyat 
samaradorligi oshirilishi lozim va aksincha, mehnat samaradorligining oshirilishi 
pirovard natijada ish haqi qiymatining oshirilishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu 
iqtisodiy qonuniyat mehnat faoliyatini rag’batlantirish tamoyilining asosini tashkil 
etadi. Shu tamoyilga amal qilish tufayli ish beruvchilar -tadbirkorlar iqtisodiy 
faoliyatining yakuniy samarasi sifatida olinadigan foyda hajmini oshirishga, ishchi- 
xodimlar esa moddiy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lishadi. 
Mehnatga bo’lgan talab va taklif mamlakatda mavjud ishchi kuchiga 
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shu o’rinda mamlakatimiz mehnat bozori to’g’risida ba’zi 
bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi 
Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda iqtisodiy faol 
aholi soni 2019 yilning uchinchi choragida 14 946,2 ming kishini tashkil etgan. Bu 
33 
2018 yilga nisbatan qariyb 200 mingga ko’paygan. Shundan 13 608,8 ming kishi 
bugungi kunda ish bilan band (2-jadval). 
2-jadval 


34 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə