Ишлаб чикариш дастури


Kon mashinalarining montaji vositalari va ketma-ketligini o’rganish tahlil qilish



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə110/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Kon mashinalarining montaji vositalari va ketma-ketligini o’rganish tahlil qilish
Maqsad: Talabalar asosan tajriba ishida Kon mashinalarining montaji vositalari va ketma-ketligini va ekspluatatsiyasi qilish usullarini o’rganish.
Jihoz montaji ishlarini tashkillashtirish quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
- jihozni tepalikda komplektlashtirish va sinab ko’rish;
- montaj kamerasini tayyorlash;
- yuklash, shaxtaga yetkazib beruvchi va montaj texnik vositalarini o’rnatish;
- yuklash, shaxtaga montirovka jihozi kompleksini yetkazish;
- jihoz kompleksi montaji;
- elektr ta’minot jihozini, boshqaruv va aloqa apparaturasini, yorug’likni shaxtaga yetkazish va montaj qilish;
- montaj texnik vositalar demontaji va balandlikka olib chiqish;
- jihoz kompleksini sozlash va tartibga solish;
- ishga tayyor jihozni komissiya tomonidan qabul qilish;
- montaj kamerasidan tozaluvchi va o’tkazuvchi jihozni chiqarish va uni ish davrida sinab ko’rish.
Ish bajarilishining asosiy hujjati – jihoz kompleksining montaji (demontaji) texnik loyihasi tashkillashtirishdir. Shaxtaning ketma-ketligi ish usulida 15 kun ichida ish boshlangancha shaxta texnik loyiha tashkillashtirilishi uchun hujjatlarni beradi:
- kon ishlari uchastkasi rejasidan olingan montaj kamerasi mustahkamligi pasporti beriladi va ventilyatsiya sxemasi;
- o’rnatiladigan jihozning joylashuv sxemasi;
- ishlab chiqarilgan jinslar qisqacha tavsifnomasi.
Texnik loyihasini tashkilashtirish montaj yo’riqnomasi talablari hisobga olingan holda shaxta yoki podryadchik tomonidan tuziladi. Texnik loyihani tashkillashtirish – tushuntirish xati, ishlab chiqarishning texnologik grafigi, loyihaning grafik qismi va xavfsizlik texnikasi tadbirlaridan iborat. Tushuntirish xatida ishlab chiqaruvchining qisqa tavsifi, o’rnatilgan jihozning soni va tarkibi, asosiy va yordamchi ishlar, mexanizatsiya vositalarining tasviri, yordamchi ishlar, ularning nomlari texnik tavsifi, soni, transportirovka vositalari, stropovka vositalari va usuli, yuklash, yuk to’kish, kameraga yetkazib berish, bo’rilib olish, asosiy elementlarning kompleks mashinalarining va turg’unlarning montaji, demontaji berilgan. Ishlab chiqarishning texnik grafigi o’z ichiga asosiy operatsiyalar bo’yicha tarmoqli ish grafigini, mas’ul xodimlarning kasbi va soni, montaj uchun jo’natiladigan jihoz grafigini oladi. Loyihaning grafik qismi kamerada montaj ishlari mexanizatsiyasi vositalarini joylashtiruvi, montajining umumiy texnik sxemasini, jihoz montaji va yetkazib berishi bo’yicha muhim bo’lgan operatsiyalarni bajarish sxemasini o’z ichiga oladi. Sxemada aloqa vositalari, signalizatsiya va yoritish ko’rsatilgan. Texnik loyihasini tashkilashtirish – shaxta boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.
Montaj ishlarining texnologik ta’minoti.
Montaj ishlarining sifati va muddati ko’p jihatdan ularning texnologik va texnik ta’minotiga bog’liq. Ta’minot o’z ichiga jihoz komplektatsiyasining ratsional variantlarini tanlash imkoniyatini, jihoz stvol bo’yicha tushish vositalari, tog’ ishlanmalari bo’yicha transportirovka vositalarini tanlash, yuklash-to’kish, yetkazuvchi va montaj mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlash, montaj kamerasini tayyorlash, qabul qilish va komplektatsiya maydonini tayyorlashga imkon beradi.
Montaj kameralari qoidaga asosan GPK tipidagi kombaynlar yordamida yoki burg’ulash-portlash usuli asosida o’tkaziladi. Mustahkamlash pasporti shaxta tomonidan qotirma konstruktiv xususiyatlarini va jihozni yetkazish vositalari hisobiga olgan holda o’tkaziladi va pasport tasdiqlanadi.

1.1-jadvalda montaj kameralari o’lchamlari turli hil komplekslari uchun metrda keltirilgan.



kompleks turi

Shirina, m

Balandligi, m

Yuqori bo’yicha

Past bo’yicha

Donbass, 1KM97D

3,6

4,0

0,7-1,2

KM-87, KM-88

3,6

4,0

1,1-1,8

1MKM, 2MKE

3,6

4,5

1,4-2,2

OKP, 2OKP

3,6

4,6

1,9-2,5

OKP70

4,0

4,6

2,5-3,0

KM81E

4,0

5,0

2,8

KM130

4,6-5,0

5,1-6,1

3-8,4

2KGD

4,0

4,0

0,7-1,2

AЩ, ANЩ

5,0

5,0

1,2-2,2

Montaj kamerasi tayyor bo’lgan komplektatsiya maydoniga qabul o’rnatiladi. Qabul qilish maydonchasi kamida montaj bo’ladigan jihozni bir smenalik zaxirasini to’kish va joylashtirish punkti sifatida ishlatiladi. Shuningdek, jihozlarning boshqa uchastkalarga yetkazishni transport vositalari almashinuvi va kompleks mayda detallarni saqlash uchun xizmat qiladi.


Qabul qilish maydonchasi belsiz qazilma keskinligi yonida elektron yetkazib berish yo’lida tanlanadi. Bu yo’l montaj kamerasiga boradi. Bir yo’lli, tupikli qazilmada rels yo’lida 1,5 metr eniga, 35-40 metr uzunligiga qisqaradi va to’kish uchun joy qoldirilish maqsadida rels yo’li qazilma o’qi yonida chetga siljiydi.
Qazilma balandligi ish mexanizatsiyasi texnik vositalarini o’rnatishga imkon yaratib berishi kerak.

1.1-rasm Qabul qilish maydonchasi: 1 – montaj vositalari va qurol-yarog’i uchun konteyner; 2 – shaxta platformasi; 3 – yog’och to’qilmasi; 4-tergach; 5 – PGK10B lebyotkasi; 6 – PVD-2 lebyotkasi; 7 – chetga olish blokini mustahkamlash uchun balka.

Qabul maydonchasi yorug’ bo’lishi, telefon aloqaga ega shaxta ichki transport dispetcheri bilan aloqada. Shuningdek, montaj kamerasi bilan baland ovozli telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak.


Komplektlash maydonchasi qotirma sektsiyalari yig’ish joyidir. Uni shtrekli montaj kamerasi keskinlidan 5-10 metr masofada o’rnatadilar. Komplektaj maydonchasiga jihoz qabul qilish maydonchasidan kelib tushadi.

1.2-rasm. Qotirma sektsiyalarni yig’ish va komplektatsiya qilish maydonchasi.
1 – osma balka; 2 – blok; 3 – lebyodka; 4 – vertlog; 5 – kronshteyn.

Seksiyalarni yig’ish joyida ishlanma balandligi 2,5 m dan past bo’lmasligi kerak. Qazilma qotirmasi deformatsiya bo’lishi mumkin emas. Maydoncha yonida lebyotka o’rnatiladi.


Qotirma balandligi uch joyda uzunligi 3 metr bo’lgan ikki aylanma vertlogli balka o’rnatiladi.
Bu blok shaxtaning bitta vagonetkalarini pritseplari sifatida ishlatiladi. Vertloglarga dimaetri 15 mm, uzunligi 8-10 m bo’lgan arqondan maxsus stroplar kiritiladi.
Stropkalar doimiy holatda balkada bo’ladilar, shu usul yordamida balkadan blokka arqon o’tkazish bo’lmaydi.
Komplektatsiya maydonchasi yonida baland naporli 2 konteyner joylashadi. Uning yordamida montaj ishlari to’xtamay davom etadi. Qoidaga ko’ra montaj kamerasiga jihozni yetkazish va uni kamera ichida ko’chirish lebyotkalar yordamida o’tkaziladi.
Montaj ishlari mexanizatsiya vositalari.
Montaj ishlari mexanizatsiya va yetkazib berish vositalari yig’ma kompleksi tozalash kompleksi va uning montajining texnologik sxemasi yordamida aniqlanadi. Kompleks guruhlarining 4 turi va montaj va yetkazib berish vositalari mavjuddir.
1-guruh – quvvati 2 m gacha bo’lgan pologli plastlar uchun quvvatlab turuvchi qotirma mexanizatsiyalashgan komplekslar (Donbas KMK-97, KMK-87).
I-guruh kompleksning mexanizatsiyalangan qotirma seksiyalari yig’ilgan holda shaxtaga tushirilishi va montaj kamerasiga yetkazilishi mumkin, u yerga ularni burchak yo’nalishlari bo’yicha lebyodka yoki konveyr zanjiri yordamida o’rnatish joyiga yetkaziladi.
Demontaj davrida esa qotirma sektsiyalarini transportirovkasi tezkari yig’ma holda o’tkaziladi.
II-guruh – quvvati 2 metr bo’lgan (MKE, OKP, KTU) pologiy plastlari uchun quvvatlash chegaralarini qotirma mexanizatsiyalangan komplekslar. II-guruh mexanizatsiyalangan qotirma kompleksi seksiyalar tarqatilgan holda yuklanadi. Seksiya stoykasi va baland qismlari asosga joylashtiriladi va montaj kamerasiga rels yo’li bo’yicha yetkaziladi.
III-guruh – quvvati 2-2; 2-3 bo’lgan (KM-30 va boshq.) qotirma mexanizatsiyalashgan komplekslar. III-guruh mexanizatsiyalashgan komplekslar seksiyalari montaj kamerasigacha bo’lgan ikkita birinchi o’rtasidagi oraliq holatini egallaydilar, II-guruh sxemasi bo’yicha yetkaziladilar, montaj kamerasiga esa I-guruh sxemasiga ko’ra, lekin burchak yo’nalishlarisiz yetkaziladi.
IV-guruh – quvvati 1,5 m gacha bo’lgan (KGD) mexanizatsiyalashgan komplekslar. Bu guruh mexanizatsiyalashgan komleks seksiyalarini montaj komplekslari I-guruh sxema bo’yicha yetkaziladi.
Joyiga esa lebyodkalar yordamida o’z og’irligi kuchi bilan yetkaziladi.
1.1-jadvalda montaj kameralarida ishlatiladigan jihozlar turlari ko’rsatilgan.
1.2-jadvalda to’kish-yuklash va yetkazib berish jihozlari mexanizatsiya vositalariga tavsif berilgan
montaj kameralarida ishlatiladigan jihozlar turlari 2.1-jadval

Mexaniza-tsiyalashgan kompleks guruhi

Jihoz turlari

1

Roltang, burchak yo’nalishlar, MEP, LPK, LVD va LU lebyodkalari, TOS, TGP yuk mashinalari, D-1, DU-5, DG-1 domkratlari

2

Rels yo’li, MS, MSD montaj stanoklari, GDL, MEL, LVD lebyotkalari, arqon, stoyka, LG-1, GDL-1 yuk mashinalari

3

Roltang, montaj ramasi, gidropod’yomnik, bloklar, arqonlar, lebyodkalar

4

Arqonlar, MED, LPK, LVD-lebyodkalari

To’kish-yuklash va yetkazib berish jihozlari 2.2-jadval



Nomi

Jihoz turi

Tukish-yuklash ishlari

Yuk ko’taruvchanligi 50 kN dan kam bo’lmagan avtokran, kozlovoy kran, yuk ko’taruvchanligi 50 kN dan kam bo’lmagan elektr telьfer

Jihozni yetkazib berish

Avtotransport, elektrovoz-traktor

Kon qazilmalariga uskunani yetkazib berish

Elektrovoz, PTK turdagi yuk platformalari, VL turidagi vagonetkalar platformasi, vagonetkalar

Yuklash-to’kish ishlarida stropovkani sxemaga asosan o’tkazish. 1-stropovkaga ruxsat etilgan yuklama kanat arqon diametri va stropovka turiga bog’liq.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə