Ишлаб чикариш дастури


Kon uskunalari detallarini qayta tiklash va texnologik jarayonlarni loyixalashni o’rganish



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə107/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Kon uskunalari detallarini qayta tiklash va texnologik jarayonlarni loyixalashni o’rganish

  1. Detallarni qayta tiklash usullari

Konchilik mashinalari detallarini ta’mirlashda ularni yaroqligi, geometrik shakli va o’qqa uzviy joylashuvi, o’lchami, o’tkazish, mustahkamligi, qattiqligi va boshqalari qayta tiklanadi. Detallarni qayta tiklashni uchta guruhga bo’lish mumkin: detalning eskirgan joyida metallni uzaytirish: suyultirib qoplash (gal, elektrdug, plazmali); yo’nish (elektr, gaz, yuqori sifatli va plazmali metallizatorlar, o’tirishi (cho’kishi) (elektrli, xromlash va po’latlash, kimyoviy nikellash); plastik deformatsiyalash (cho’qish, tarqatish,siqish) amalga oshiriladi;
Detal eskirgan elementi yangisiga almashtirish uchun olib tashlanadi; kompressiyalangan detallarni almashtirishda foydalanish (vtulka-kompensatorlar); eskirgan elementlarni almashtirish (tishli gardish, bandaj, polimer materialdan qistirg’ich);
Eskirgan joyda metall qatlamining yuzasidagi nuqson mexanik ishlov berish orqali olib tashlanadi ( ta’mirlash o’lchami ostida asosiy detalga ishlov berish va tutashma detallarni tayyorlash va tutashma detallarni ta’mirlashdagi tutashma o’lchami asosida)
2. Mexanik ishlov berish orqali yeyilgan detallani qayta tiklash
Mexanik ishlov berish orqali geometrik shaklning to’g’riligi vadetalь yuzasining g’adir-budirligi uning dastlabki o’lchamini o’zgartirgan holda qayta tiklanadi. Buning uchun bir tutashma detaldagi sirti metallni eskirgan qatlami olib tashalanadi, u ta’mirlangach, nominaldan a’lo, yangi bir o’lchamga ega bo’ladi. Boshqa detalь ham xuddi shunday ta’mirlash o’lchamiga muvofiq yangisiga almashtiriladi yoki uning dastlabki o’lchami asosida qayta tiklanadi. Masalani yechishda, qaysi detal tutashmasini almashtirish kerak va qaysini qayta tiklash kerakligida odatda narxi qimmat bo’lgan detalni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo’ladi, kam narxdagi esa almashtiriladi.
Konchilik mashinalari ta’mirlashda uch turli ta’mirlash o’lchamiga ega detaldan foydalaniladi: standart- ishlab chiqarish orqali tayyorlangan, tartiblashgan (reglament) – ta’mirlashda texnik shartlar asosida belgilangan va erkin holda.
Standart detallar oldindan belgilangan ta’mirlash o’lchami( porshen, porshen barmoqlari, yupqadevorli qistirgich va boshq) asosida zavod tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish uskunalari va ehtiyot qismlaridir.
SHu o’lcham asosida ta’mirlash korxonalarida tutashma detallarga qayta ishlov beriladi (tsilindr, tirsakli val bo’yinchasi va boshq), yig’ishda o’zaro almashishni ta’minlaydi va ta’mirlash muddatini qisqartiradi.

15.1. Rasm. Valning ta’mirlash o’lchamini aniqlash sxemasi.
Tartiblashtirilgan ta’mirlash o’lchami texnik shartlar asosida shunday bir detallarni qayta tiklash ko’rib chiqiladiki, bular tirsakli val bo’yinchasi va uning vtulkasi, klapani va uni yo’naltiruvchi va boshq.
Detalning erkin ta’mirlash o’lchamida to’g’ri geometrik shaklni olguncha va zarur ishchi yuzaning g’adir-budirlikka ishlov beriladi. Eskirish kattaligi va xarakteriga bog’liqligiga qarab detallar turli o’lchamlarga ega bo’ladi va tutashma detallarga joy bo’yicha oxirgi ishlov berilib, uzaytirgan holda tayyorlanadi.
Uzaytirishni tayinlashda ishlov berish xususiyati, uskuna xili, o’lchami va detal materiallari hisobga olinadi
Detalning ta’mirlash o’lchamini aniqlashni val misolida ko’rib chiqamiz, qaysiki bv belgilangan ta’mirlararo muddatdan keyin eskirish hosil bo’ladi. Valning eskirgan yuzasi to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lishi uchun uni uzaytirish bilan qayta ishlash zarur xv. Uncha katta bo’lmagan diametr d-p valning markazini va unda ravon eskirishni ushlab qolgan holda ( 15.1, a rasm) quyidagicha bo’ladi:
dp = dn-2( v + xv) ( )
ravon bo’lmagan eskirish (15, b rasmda)
dp = dn-2( B max + xB). ( )
Valga ishlov berish uchun yechib olinganda metall qatlamini kamaytirish uchun, ikkinchi holatda uning markazdan siljishi miqdori x, bunda Bmlnv. Unda ta’mirlash diametri dp = dn- ( vmln + BmaK + 2Xv).
Biroq, ko’pchilik hollarda val markazi siljishiga yo’l qo’ymagan holda saqlash kerak.
Kattaligi 2 ( V + xv), 2 ( vmln + xv) va ( vmin + vmax + 2xv) ta’mirlash intervali deb ataladi va val uchun bildirishga muvofiq zV va teshik uchun zd. Ta’mirlash intervalini bilgan holda, detallar uchun standart ta’mirlararo o’lcham tizimini ishlab chiqish mumkin.
Detallarni eskirganda har bir ta’mirlararo muddatni taxminan bir xil qabul qilish mumkin, ya’ni: 1 2 ... n„, val uchun bir qator ta’mir o’lchamlarini tuzish mumkin
Dp=dH-2( V+xv)=dn-zB;
dp2 = dpl- 2( B +xB) = dn -2zv
dpn = dpn-1-2( B + xv) = dH- nzB.
O’xshash ko’rinishda va detaldagi teshik uchun bir qator ta’mirlash o’lchamini tuzish mumkin.
Mexanik ishlov berilgan detallarni qayta tiklashni bir necha marta amalga oshirish mumkin. Ta’mirlash sonini aniqlash uchun p detalning mustahkamligini hisobga olgan holda joiz eng kam diametrini bilish dM, tsementlangan yoki yuza qatlamini toblash, shuningdek tutashma o’lchamini
dn –dm =2( v + xv)n. ( )
qaerda valni ta’mirlash soni:
Markazdan siljimasdan
n1= n2= ( )
Markazdan siljimasdan
n2= (15.6)
Ta’mirlash o’lchami ostida detalga ishlov berishni tanlashda uni materiali va termik ishlov berish, eskirish kattaligi, ishlov berishni uzaytirish va dastgohli park soni hisobga olinadi.
Ta’mirlash operatsiyalari eng ahamiyatga molik bo’lgani qo’yidagicha: yo’nish, yoyish va ta’mirlash o’lchamiga mos teshiklarni silliqlash (shu bilan val diametri tegishlicha ko’payadi); ta’mirlash o’lchamiga mos valni yo’nish va silliqlash ( diametr bo’yicha teshik mos ravish kichrayadi); detalni payvandlashga qadar va undan keyin ishlov berish, suyultirib qoplash, metallizatsiyalash, xromlash, temirlash; shlitslarni to’g’rilash, rezьba, ariqcha va boshq. Ko’pchilik hollarda uncha katta bo’lmagan uzaytirishlar olib tashlanadi va toza ishlov berish olib boriladi. SHuning uchun qirqish asbobi geometriyasi va ishlov berish ' o’sha holatida qoladi, so’nggi ishlovdagidek mexanik ishlov beriladi.

Ta’mirlash o’lchamiga mos detalga ishlov berishni ana shunday operatsiyalardan keyin texnologik jarayonning oxirida bajarish maqsadga muvofiqdir, tuzatish,teshik-yoriqlarni payvandlab yamash va boshq. Toza ishlov berilgan yuzalarni shikastlanish va uncha katta bo’lmagan deformatsiyani bartaraf etish, bukilish va qiyshayishdan ehtiyot qilishga imkon beradi.
Ta’mirlash o’lchami usuli ta’mirlash korxonalari sharoitida keng qo’llaniladi, boshqa usullar bilan taqqoslagan u ancha arzon bo’lib, murakkab va qimmatbaho detallarni qayta tiklash imkonini beradi, ta’mirlash o’lchami chegarasida o’zaro almashishni ta’minlaydi, universal uskunalardan foydalanishni ta’minlaydi. SHu bilan ko’p marta detallarni qayta tiklashda ana usul xizmat qilish muddatini qisqartiradi, ehtiyot qismlar nomenklaturasini oshiradi va shu munosabat bilan ta’mirlash, rejalash, saqlashni murakkablashtiradi.
Tutashmalarni ta’mirlash qo’shimcha detallar yordamida bajariladi, bunda stakan shaklidagi maxsus kirgizmani eskirgan teshiklarga o’rnatish, vtulkaning o’tish joyi, halqa, ish qo’yma va boshqa to’ldiruvchi detallardan iborat.
Buning uchun ishlov berilgan teshiklar vtulkaga presslanadi va zarur o’lchamga ega bo’lguncha yo’niladi. Valga ishlov berishni 6- (kvalitet) detallarga ishlov berish aniqligi darajasi(g, R, S), vtulkaga bo’lsa 7- kvalitet (R, S) yoki U8. Vtulkani mustahkamlash, rezbali shtift o’rnatish, vint, shuningdek svarkalash taranglik bilan o’tkaziladi.
Qo’shimcha detal (vtulkalar) uchun materiallar qayta tiklanayotgan detalning materialini hisobga olgan holda tanlanadi. Ushbu yo’l bilan detalning qismlarini ham qayta tiklash mumkin. SHunday qilib, agar val-shesterna val uchun tuzatib bo’lmaydigan eskirishga ega bo’lsa, unda shesterna kesiladi, undagi teshik yo’niladi unga yangi val bostiriladi (presslanadi).
Valning shlitsli qismida tuzatib bo’lmaydigan eskirish holatida u kesib tashlanadi va yangisiga almashtiriladi (15.2, a rasm.). SHesterna yaroqsiz holga kelsa tishli g’ildirak blokida u qirqiladi va gardishga almashtiriladi. (15.2, b rasm.).

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə