Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə104/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Rejali ta’mir – bu ta’mir asosan rejali tartibda me’yoriy-texnik hujjatlarda ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Rejasiz ta’mir - bu ta’mir rejasiz tartibda normativ hujjatlarda izohlangan tartibda amalga oshiriladi.
Joriy ta’mir - bu ta’mir davomida transportnining ayrim qismlarini almashtirish va tiklashdan keyin undan foydalanish davomida ishlab ketishiga kafolat berishni amalga oshirishdan iborat.
Kapital ta’mir - bu ta’mir transportning tayanch va boshqa har qanday qismlarini sozlagan tarzda to’liq va deyarli to’liq qayta tiklanishi ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ta’mirlash kafolati –foydalanuvchi xodimlar va xizmat qiluvchilar texnologik tartib va uni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilgan taqdirda ta’mirlash ishlarining miqdori kafolat hujjatida belgilangan davrda uning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Ehtiyot qismlar - buyumlarning tarkibiy qismi ularning ishlash layoqati va ishga shayligi ta’minlash maqsadida ulardan foydalanishda bo’lgan vaqtda ularni almashtirish ko’zda tutiladi.
ZIP komplekti – mahsulotlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun o’ziga xos maqsad va foydalanilishiga qarab zarur bo’lgan ehtiyot qismlar, asboblar, jihozlar, materiallar komplekti.
Bo’laklarga ajratish – zarur bo’lgan hollarda mahsulotni qismlarga ajratishni ham hisobga olgan holda uni tarkibiy qismlarini bo’laklash.
Yig’ish- montaj ishlarini bajarishni qo’shib hisoblagan holda mahsulotni tarkibiy qismlardan iborat qilib tuzishda keng qamrovli ishlarni bajarish.
Montaj -mahsulotni joyiga o’rnatish maqsadida yuk ko’targich mashina va takelaj qurilma va moslamalardan foydalangan holda bajariladigan yig’ish operatsiyalari turi.
Ta’mirlash vaqtida tashxis qo’yish (diagnostlash) - ish hajmini aniqlash maqsadida buyumlarning yoki ularning ayrim qismlarini yeyilishi darajasini aniqlash vaqtidagi barcha ishlar uni tiklashda buyumni yaroqligi yoki uning ishga shayligiga qarab aniqlanadi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə