Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə102/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Tajriba mashg’uloti 3
Kon mashina va uskunalari texnik xizmat ko’rsatishni o’rganish
Muntazam va sifatli texnik xizmat kursatish va tamirlash chora tadbirlari utkazilishi kon mashinalarini uzoq muddat va ishonchli ishlashiga olib keladi .
Texnik xizmat kursatish – bu saqlash va tashishda foydalanilayotgan konmashinalari va uskunalarining ish qobilyatini hamda sozligini tekshiruvchi kompleks ishlar va operatsiyalar tushuniladi .
«Tiklash» iborasi tamirlashni aniqlashda tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib detall qisimlarini murakkab texnologik operatsiyalar natijasida qayta tiklashda ularning sifat xususiyatlari tiklanadi.
«Qayta tiklash» iborasi tamirlash ishlari olib boriladigan kompleks ishlar tarkibiga kiruvchi yig’ish –sochish operatsiyalari qatnashmaydigan alohida olingan detallarga qo’llaniladi.
Tiklash- texnologik operatsiyalar yoki qayta tiklash kompleks operatsiyalar (sochish –yig’ish operatsiyalarini bajarmagan holda) detallarning geometrik o’lchaml ari hamda sifat xususiyatlari tiklanadi.
Texnik xizmat kursatishda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari.
Kon mashinalari va uskunalariga texnik xizmat kursatish va tamirlashda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari sanoat texnologiyasiga konchilik ishlab chiqarish sexlarining joylashish hududiga hamda o’lchamiga tamirlash bazasini quvvatiga bog’liq holda belgilanadi .
Mahalliy hamda import uskunalarda texnik xizmat ko’rsatish va tamirlashni ishlab chiqarishda markazlashgan ratsional ishlata olish quyidagicha tushuniladi ya’ni tamirlash ishlari hajmi buyicha (mexanik-tamirlash zavodlari RMZ ) yoki maxsus birliklar (CП) bosh mexanik quvvati va tamirlash o’z kuchlari (CC) birliklari (mrxanik –tamirlash ustaxonalari RMM)kabi ixtisoslashtirilgan tamirlash tashkilotlari o’rtasida qaytadan taqsimlanadi ular ortiqchasiz texnik xodimlar va tamirlash asbob-uskunalarsiz jixozlarga samarali texnik xizmat ko’rsatish va rejali tamirlashni amalga oshirishga imkonini beradi.
Tamirlash tizimi
Kon mashinalari va elektr jixozlariga texnik xizmat kursatish va tamirlashni tashkil etish hamda rejalashtirish kon korxonalarida texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimida quyidagicha amalga oshirilishi mumkin : keying I ko’rik davriy ,standart yoki rejali –majburiy rejali- ogohlantiruvchi (ППРtizimi) texnik xizmat kursatish va tamirlash tizimi (TOuPtizimi) shuningdek kafolat va imzo tamirlash tizimlari.
Keyingi ko’rik :Kon mashinalari va uskunalarini tamirlash tizimida tamirlashni rejalashtirmaydi balki keyingi ko’rikdan keyin tashkillashtiriladi. Ularning natijalari hisobida mashinaholatini o’rnatadilar va tamirlash shartlari hamda turlarini belgilaydilar. Bu tizimning kamchiligi mashina holatini tekshirish tamirlash vaqtini hamda turlari kurinishi olib boruvchi shaxsiy subyektiv xususiyatiga bog’liq . Bundan tashqari uzoq muddatga tamirlashni rejalashtirish qiyin chunki mashinalarni tamirlashga to’tash vaqti , tamirlash muddati, tamirlash ishining hajmi hamda tamirlash ishchilari va tamirlash uskunalari kerakligini oldindan bilib bo’lmaydi . Keyingi ko’rik tizimining asosiy afzalligi –mashinaning konstruksiyasida joylashgan resurslar orqali detall va tugunlar qayta ishlanadi .
Davriy tizimning mohiyati mashinalarniishlashi vaqtida ta’mirlash rejalashtiriladi ammo tamirlash ishining hajmi faqatgina ko’rikdan keyin mashinaning texnikaviy holatiga bog’liq holda belgilanadi. Natijada ishchi kuchini jihozlarni asbob uskunalarni ehtiyot qisimlarini hamda tamirlash ishining hajmini oldindan rejalashtirib bulmaydi .Bu tizimning afzalligi mashinalarni tamirlash uchun rejalashtirish ,mashinaning konstruksiyasida joylashgan resurslar orqali detall va tugunlar qayta tiklanishi hisoblanadi .Standart yoki rejali – majburiy tamirlash tizimida mashinaning detallari va yig’sh birliklarining davriy yangilanishni rejalashtirish ko’zda tutiladi . har bir turdagi rejali tamirlashda ishning hajmi va detall hamda yig’sh birliklarining holatidan qat’iy nazar almashtirish ro’yxati oldindan belgilanadi. Resurslarning ishlab chiqilmasligida muntazam detallarni rejali almashtirish natijasida narx qiymatining yuqoriligi bu tizimning kamchiligi hisoblanadi. Bu tamirlash tizimini bosh shaxta shamollatish ventelyatorlar boshsuv chiqarish nasoslari kompressorlar yukko’tarish qurilmalari yuqori sifatli ish rejimida ishlovchi mashinalarda qo’llash maqsadli hisoblanadi .
Rejali – ogohlantiruvchi tamirlash va texnik xizmat ko’rsatish tizimi (ППР) muhandislik – texnik va tashkiliy chora tadbirlar kompleksi deb nomlanadi. Uskunalarni doimiy ishchiholatda saqlashga mo’jallangan ППР tizimining mohiyati – uskunalarni ko’rikdan o’tkazish (tozalash yuvish mahkamlash tugunlarni sozlash detallarning ustki qismi moylash ) kabi profilaktik ishlarni bajaruvchi kompleks shuningdek texnikaviy xizmat kursatish va diagnostika ishlarini ham bajaradi.
ППР tizimida (soat-mashina , soat motlo yoki ish bajarish hajmi m3 )doimiy oraliq remontlarining o’lchov birligi hisoblanadi . Rangli va ko’mir kon sanoatlarida qurilish materiallari sanoatlarida ППР tizimi qo’llaniladi.
Texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimi (TOuP) uskunalar o’zaro bog’langan qismi deb nomlanadi, texnik xizmat ko’rsatish hujjatlari tamirlash va ijrochilar ularning tashkiliy qismlari sifatini saqlab qolish hamda qayta tiklash uchun zarur.
TOuP tizimining mohiyati huddi ППР tizimidek tamirlash profilaktikasini o’tkazishdan iborat tarkibiga tozalash ishlari asbob –uskunalarni yuvish sozlash tugunlarni mustahkamlashmoylash tez yemirilgan detallarni almashtirish kiradi . Shuningdek kon mashina detallari va tugunlariga sarflanayotgan resurslarni nazorat qilish maqsadida diagnostika va texnikaviy ko’rik o’tkaziladi .ППРva TOuP tizimi tamirlash tizimida kafolat elementini o’z ichiga oladi, bunda tamirlovchilar kapital tamirlashdanso’ng mashina belgilangan davriy oraliq tamirlashda avariyasiz ishlab berishini kafolatlaydilar. ППР va TOuP tizimi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanadi.Keyinchalik kon mashina va uskunalariga profilaktik xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish hamda texnik diagnostikani keng qo’llash; Ilm –fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlaridan foydalanib kon mashinalarini va elektromexanika uskunalarini tamirlash hamda montaj tugunlarni qayta tiklash va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqishdir.
Kon mashinalarini ta’mirlashda texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish va uni rejalashtirish, sanash va hisoblash, hujjatlarni yuritishda bir qator o’ziga xos terminlar tushunchasi va ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə