Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə98/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Tajriba mashg’uloti 2
Kon mashina va uskunalari taʼmirlash strategiyasini o’rganish.
Konchilik ishlab chiqarishini rivojlanishi uskunalarni ta’mirlashni tashkil etishning turli tizimlarini joriy qilish va tuzish bilan bog’liqdir.
Uskunalarni tekshirilishiga asoslangan ta’mirlash tizimi tekshirishdan o’tgandan keyin tashkil etish tizimi qat’iy belgilanmagan muddatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Uning natijasiga ko’ra, almashtiriladigan qismlar aniqlanadi, uskunaning holati, ta’mirlashga muhtojlik turi aniqlanib, ta’mirlash muddati belgilanadi.
Turli hajmdagi o’tkazilgan joriy ta’mirlashlar natijasida uning ishga yaroqli holatda saqlashga erishiladi. Ana shunday tizimda ta’mirlashni rejalashtirish biroz mushkul bo’ladi, chunki uskunaning oldindan ishga yaroqsizligi uchun ta’mirlash zarur bo’lib qolgan muddatini aniqlashning imkoni yo’q.
Vaqti-vaqti bilan ta’mirlashni tashkil etish tizimi shunga asoslanganki, ishlash jarayonida uskunaning navbatdagi ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash ishlari oldindan ish tartibi va konstruktsiyalarning murakkabligiga qarab aniqlanadi.
Yig’ma birliklar va detallarning almashtirish rejalashtirilmaydi, ular rejali ko’rik va ta’mirlash o’tkazilgan vaqtda aniqlanganda belgilangan tartibda haqiqiy zaruratga qarab ishlab chiqariladi. SHu sababli ham ta’mirlash ishlarining hajmini, ehtiyoj va qaysi ehtiyot qismlar kerakligini oldindan rejalashtirishning (aniqlashning) imkoni yo’q. Yuqorida keltirilgan ta’mirlashni tashkil etish tizimi o’zining o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ular o’zgaruvchan og’irlik bilan ishlovchi uskunalarni ta’mirlashda qo’llaniladi.
Standart ta’mirlashni tashkil etish tizimi uskunalarni yig’ma birliklari va ehtiyot qismlarini majburiy tarzda davriy yangilash yo’li bilan bir vaqtning o’zida almashtirishga asoslanadi.
Har bir ta’mirlash turida reja asosida belgilangan muddatlarda oldindan ta’mirlanadigan qismlarning va yig’ma birliklarning holatidan qat’iy nazar ularning aniq ro’yxati belgilanadi,
Istisno tariqasida keyingi ta’mirlashgacha bo’lgan davrda yaxshi ishlashni ta’minlayotgan uskunalarning detallari almashtirilmaydi.
Tizimdagi yetishmovchilik asosan ishlab chiqarilmagan resurslar uchun ko’pincha detallarning almashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan yuqori narxlardir.
Standart ta’mirlash tizimi belgilangan tartib asosida ishlayotgan uskunalar (ventilyatorlar, nasos, kompressor va boshqalar uchun) uchun qo’llaniladi.
Konchilik tizimida rejali-ogohlantiruvchi ta’mirni tashkil etish tizimi keng qo’llanilmoqda (ROT tizimi), bu ta’mir o’z ichiga ko’rikdan keyingi, davriy va standart ta’mir tizimi elementlarini o’z ichiga oladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə