Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə69/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Nazorat savollari:





  1. Yig'ish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan asosiy maqsad nimada?

  2. Podshipnikli birikmalarni yiђishga misol keltiring.

  3. Tishli g’ildiraklarni yiђishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  4. Tishli g'ildiraklarni yiђish aniqligi qanday nazorat qilinadi?

  5. Rezbali birikma hosil qilishda tortish kuchi qanday aniqlanadi?

  6. Yig'ish jarayonini avtomatlashtirishga misollar keltiring.

  7. Yig'ish jarayonini mexanizatsiyalash vositalariga misollar keltiring.

  8. Podshipnikli birikma qanday nazorat qilinadi?

  9. Tishli g'ildirakli birikmani nazorat qilishni ifodalab bering.

  10. Rezbali birikma qanday nazorat qilinadi?



Adabiyotlar:

1. Texnologiya mashinostroeniya: v 2 t. T.1. Osnovq texnologii mashinostroeniya: Uchebnik dlya vuzov / V.M. Burtsev i dr.; pod red. A.M. Dalьskogo-M.: Izd-vo MGTU im. N.E. Baumana 1998-564 s.


2. Osnovq texnologii mashinostroeniya. Pod red. V.S. Korsakova. M.: Mashinostroenie, 1977.- 416s.
3. Balakshin B.S. Teoriya i praktika texnologii mashinostroeniya. Kn.1. Texnologiya stankostroeniya. M.: Mashinostroenie, 1982.-239s.
Ma’ruza №18


MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYaSIDAGI ASOSIY YO’NALISHLAR


Reja:

  1. Texnik normalash hakida tushuncha.

  2. Ishlov berishda vaqtni normalash tarkibi.

  3. Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash.



Mavzuning maqsadi:
1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda texnik normallashning ahamiyati.
2. Asosiy vaqt normalari va ularni amalda qo’llash.
Mavzuda ishlatiladigan tayanch iboralar: Ish razyadi, texnik normallash vaqti, donabay vaqt, detallarga sovo’qlayin va qizitib ishlov berish.

Mashina detallarini tayyorlash texnologik jarayonlarini loyihalash ishlov berishning eng ratsional va tejamli usulini belgilash maqadga ega; bunda yo’qorida belgilanganidek, metall qirkish dastgohlarida detallarga ishlov berish ishlov beriladigan sirtlarning tozaligi va aniqligi, o’qlar va sirtlarning o’zaro joylashuvi, kontur va shakllarning to’g’riligi va h.k. larga quyiladigan talablarni ta’minlashi kerak. SHunday qilib, detallarga mexanik ishlov berishning loyihalangan texnologik jarayoni uni amalga oshirishda yig’ilgan mashinaning me’yorida ishlashini asoslaydigan talablarni bajarishini ta’minlashi kerak. Mashina detallarini tayyorlashning texnologik jarayonlarini loyihalashda zamonaviy mashinasozlik texnologiyasidagi asosiy yo’nalishlarni hisobga olish lozim:



  1. mashina detallarini homaki detallarga ishlov berish va ular sirtlarining shakli, o’lchamlari va sifati bo’yicha tayyor detallarga yaqinlashtirish yo’li bilan metall qirkib ishlov berishni maksimal qisqartirishga intilish.

  2. ishchi operatsiyalarning yo’qori to’planishi tamoillariga asoslangan mexanik ishlov berish uchun yo’qori unumli avtomatlashtirilgan uskuna va agregatli dastgohlarni qo’llash yo’li bilan texnologik jarayonlarni jadallashtirish va mehnat unumdorligini oshirish; qattiq qotishmali va metellotermik asbob, tez harakatlanuvchi siquvchi qurilmali (pnevmatik, gidravlik, pnevmogidravlik, elektrik) moslamalarini qo’llash yo’li bilan; ishlov berish rejimlarini oshirish, detallarni dastgohga yuklash va ularni dastgohda bo’shatish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisobiga yordamchi vaqtni maksimal qisqartirish yo’li bilan;

  3. detallarning yeyilishga bardoshligini asosiy parametrlari yo’qori qiymatli zamonaviy mashinalarning ishonchliligi mustahkamligi va uzoq ishlashini taxminlaydigan metallarning o’lchamlari va shaklining yo’qori aniqligi, ular sirtlarining sifati, tutashmalarning aniqligiga eng mahsuldor ishlov berish usulublari bilan erishish;

  4. puxtalovchi texnologiyani rivojlanishi, ya’ni detallar mustahkamlik va ekspluatatsion xossalarini sirtqi qatlamini mexanikaviy yoki termoximik vositalar bilan puxtalash yo’li bilan oshirish;

  5. birvarakayiga asboblarning katta soni, yo’qori ishlov berish rejimlari, turli ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning ko’p soni to’planishi, ishlov beriladigan detallar gabaritlarining o’sishi bilan yuzaga keladigan turli texnologik jarayonlarni bajarish uchun tobora katta quvvatli dastgohlar qo’llash;

  6. loyihalashda standart uzellardan maxsus yo’qori unumli dastgohlar yig’iladigan maqbul texnologik jarayonni birinchi rejaga ko’tarish;

  7. og’ir detallarga ishlov berish uchun ko’chma agregatni dastgohlarini qo’llash;

  8. oqimli ishlab chiqarish usulini nafaqat ommaviy ishlab chiqarishda, qaerdaki u ko’p vaqtlardan beri qo’llaniladi (traktor-avtomobilsozlik, tikuv mashinalari, velosipedlar va boshqalarni ishlab chiqarish) balki yirik va turkumli ishlab chiqarishda ham (dastgohsozlik, elektrmashinasozligi, to’qimachilik mashinasozligi va hokazo) tobora keng qqllanilishi;

  9. detallarga sovo’qlayin va qizitib ishlov berish hamda buyumlarni yig’ishning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning turli usulublarini yanada keng joriy qilish;

  10. odatdagi mexanik usullar bilan ishlov berish qiyin va ko’pincha mumkin emasligidan issiq bardoshli, zanglamas va boshqa yo’qori ligerlangan po’latlar va qattiq qotishmalar, yarimo’tkazgichlar, rubinlar, olmoslar, kvarts va boshqa materiallardan keng qo’llaniladigan asosan yangi texnika sohalari uchun mo’ljallangan materiallarga o’lchamli ishlov berishning elektrofizik va elektroximik usullarni qo’llash;

  11. materialni qirqish, teshiklarni sidirish va boshqa ishlov berish ko’rinishlari uchun foydalaniladigan o’ta istiqbolli nurli usul qattiq va mo’rt materiallarga ishlov berish imkoniyatini beradigan ulьtratovushli usularni qo’llash.

Mexanik ishlov berish texnologik jarayoniga quyiladigan asosiy talablar.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoniga quyiladigan asosiy talablarining mohiyati quyidagicha: berilgan dastgohda, eng kam vaqt sarfida, eng kam ishlov berish tannarxida ruxsat etilgan metallarni kesishning ma’qul rejimlaridagi dastgoh, asbob va moslamalarning barcha imkoniyataridan to’la foydalangan holda ishlov berish jarayoni ma’qul tashkiliy shaklda kechadigan bo’lsin.
Loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar va texnologik jarayonlarni loyihalashdagi yechish lozim bo’lgan asosiy vazifalar
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarni loyihalash uchun detallar ishlab chiqarish dasturi, mashinalarning ishchi tizimlari va ularni tayyorlash uchun texnik shartlar asos bo’lib hisoblanadi. Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonni loyihalash quyidagi asosiy vazifalarni o’z ichiga oladi:

  1. ipshlab chiqarish turini va texnologik jarayonni bajarish tashkiliy shaklini belgilash;

  2. turkumli ishlab chiqarish uchun bir vaqtda ishlab chiqarishga quyilgan detallar to’dasi qiymatini aniqlash va oqimli ishlab chiqarish takti va qiymatini aniqlash;

  3. xomaki detallar turini tanlash va o’lchamlarini aniqlash;

  4. texnologik operatsiyalar ketma-ketligida ko’rsatilagan detallar sirtlariga mexanik ishlov berish rejasi usulublarini belgilash;

  5. dastgohiy uskuna, moslamalar, kesuvchi va o’lchovchi asbob, texnikaviy xarakteristikasini aniqlash va tiplarini tanlash, shuningdek, ularning belgilangan ishlov berishni bajarish uchun zarur bo’lgan sonini aniqlash;

  6. detallarning ishlov beriladigan sirtlari o’lchamlarini aniqlash;

  7. har bir operatsiya bo’yicha tanlangan dastgohlarda ish rejimlarini aniqlash;

  8. har bir operatsiya bo’yicha ishlov berish uchun vaqt me’yorini aniqlash;

  9. ish malakasini aniqlash;

  10. loyihalangan texnologik jarayon texnik iqtisodiy samaradorligini baholash;

  11. texnologik jarayonni xujjatlashtirishda rasmiylashtirish.




Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə