|
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullariIshlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me2.
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan
foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi.
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh
nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan
kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir.
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha
va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat
qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega.
Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali,
devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan
tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan
yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi;
-Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi.
b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash
ko`rinishda bo`ladi.
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi.
-Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi
darajasida ta`minlaydi.
-Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan
birgalikda qo`llanilganligidir.
Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi.
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va
evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|