Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix24.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#159325
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me

tabiiy va sun`iy 
changlarga
 
bo`lib o`rganiladi. Ma`lumki, changlangan havo muhiti insoniyatni 
qadim zamonlardan beri ta`qib qilib kelgan. Tabiiy changlar
 
sirasiga tabiatda inson 
ta`sirisiz hosil buladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq 
buronlar ta`sirida tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o`simlik va 
hayvonot olamida paydo buladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan 
yatmosferasi ta`siriga tushib qolgan meteoritlar, kosmik jismlarning yonib ketishidan 
hosil buladigan changlar va boshqa hollarda hosil buladigan changlarni kiritish 
mumkin. 
Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning 
holatiga, yilning fasllariga va aniqlanayotgan joyning qaysi mintaqada 
joylashganligiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi chang miqdori shimoliy hududlarga 
nisbatan janubiy hududlarda, o`rmon mintaqalariga qaraganda cho`l mintaqalarida, 
shuningdek qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko`proq bulishi ma`lum. 
Aniqlanishicha, har bir kubometr havo tarkibida katta shaharlar hududlarida 6000 
atrofida (ba`zi bir manbalarda avtomobil vositalaridan ajralgan tutunlarni ham kiritib 
30000) har hil kattalikdagi chang zarralari bulishi aniqlangan. Dalalar va bog’larda 
bu miqdor o`n marta kamayadi, tog’li hududlarda esa undan ham kamroq chang 
zarralari buladi. 
Sun`iy changlar
: sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita 
yoki bilvosita ta`siri natijasida hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida 
cho`yan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida va hamda tosh tsehlarida, 
issiqlik elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun sifatida 
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish
 
ishlarida qazish, portlatish, tsement ishlab 
chiqarish, shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p 


92 
ishlarda ko`plab miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib 
yuborish tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday xavfli 
sanoat changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni 
vujudga keltiradi. Kelib chiqishi bo’yicha organiq, mineral va aralashma changlar 
mavjud. Changning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga 
bog’liq. Changning kattaligi (ya`ni dispers tarkibi) bo’yicha uch guruhga bo`lib 
qaraladi: 
a) kattaligi 10 mkm dan katga bo’lgan changlar 
yirik changlar
 
deb ataladi. 
Odatda bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi; 
b) katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo’lgan changlar. Bu changlarni 
mayda changlar yoki mikroskopik changlar
 
deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy 
sharoitlar bo’lganda, masalan, yomg’ir, qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir 
zarralarga ilashib qo`nishi mumkin; 
v) 
kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bo’lgan changlar 
ul’tra
 
mikroskopik changlar
 
deb yuritiladi va bu changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib 
yuradi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə