Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari va ular tanlovining nazariy hamda amaliy jihatlari Mundarija. Kirish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/10
tarix11.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#126940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2222Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari

Yalpi mahsulot deb, hisobot davrida ishlab chiqarilgan hamma tayyor va yarim tayyor mahsulotlarning pul shaklidagi ifodasiga aytiladi. Shuningdek yalpi mahsulot tarkibiga chetga sotilgan yordamchi ishlab chiqarish sexlarining mahsulotlari va sanoat xarakteridagi bajarilagan ish va xizmatlar hamda korxonaning o’z kapital qurilish va sanoatga taallluqli bo’lmagan ishlab chiqarish hamda xo’jaliklar uchun bajarilgan ishlar ham kiritiladi.
Tovar mahsuloti deyilganda chetga sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning pul shaklidagi ifodasi tushuniladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, texnologik jarayonda ko’zda tutilgan hamma ishlab chiqarish bosqichini o’tmagan, texnika nazorati tomonidan tekshirib qabul qilinmagan buyum va mahsulotlarga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100%lik tayyor mahsulot darajasiga kelmagan, tayyor mahsulot tariqasida ko’rilmaydigan, bundan kelib chiqib, xaridorga sotib bo’lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uni tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o’tgan xom-ashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o’zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo’limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi(1-chizma).
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim.


Tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o’tgan xom ashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar, detal va uzellar, belgilangan sinov shartlaridan o’tmagan mahsulotlar, o’zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnik nazorat bo’limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish korxona aylanma aktivlari tarkibiga kirib, uning mazkur aktivlar tarkibida tutgan o’rni yuqoridagi chizmada keltirilgan.


Hisobot oyi davomida ishlab chiqarish xarajatlarini tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha alohida hisobga olib borishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun hisobot oyi oxirida jami xarajatlar tugallangan ishlab chiqarish bilan tugallanmagan ishlab chiqarish o’rtasida taqsimlanadi. Buning uchun xarajatlarning umumiy vedomosti tuzilib borilishi va ularni taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Jami ishlab chiqarish xarajatlari summasidan hamma chiqarib tashlashlar va hisobot oyi oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlar olib tashlanganidan keyin tovar mahsulotiga to’g’ri keladigan xarajatlar miqdori kelib chiqadi. Demak, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini to’g’ri aniqlash va uni to’g’ri baholash korxonada tovar mahsuloti tannarxini to’g’ri aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham korxonalarda vaqti-vaqti bilan tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya o’tkazish haqidagi nizomga muvofiq korxonalarda inventarizatsiya bir yilda bir marta yillik hisobot tuzilishidan avval o’tkaziladi. Undan tashqari, ishlab chiqarish xususiyatlari va shart-sharoitlari hisobga olingan holda tegishli vazirlik va boshqarmalar tomonidan belgilangan muddatlarda ham inventarizatsiya o’tkazilishi zarur.
Mamlakatimizda markazlashgan boshqaruv va xalq xo’jaligi bo’g’inlari faoliyagini qatiy tartibga solish tizimi amal qilayotgan iqtisodiy sharoitda keyingi o’n yilliklar davomida hisob yuritish asosan tashqi hisobot berish vositasi kabi rivojlandi va korxona darajasida qarorlar qabul qilish jarayoniga sezilarli ta’sir o’tkazmadi. Ma’lumki, “korxonalar xo’jalik mustaqilligiga erishgan va yakka faoliyat yuritayotgan, tashqi muhitga moslashish qiyinlashgan sharoitda ro’y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish va ta’sirchan nazoratni amalga oshirish uchun puxta ishlab chiqilgan hisob yuritish usullari hamda uslublari talab etiladi. Shuning uchun turli boshqaruv qarorlarini qabul qilish vositasi sifatida boshqaruv hisobining ahamiyati seeilarli darajada oshmoqda. Korxonada xarajatlar hisobini yuritish tizimi, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonani boshqarish tizimining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Ushbu bo’g’inda amaldagi sarfxarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi, demak, ehtimoliy foydani ob’ektiv baholash uchun asos yaratiladi”2.
Sarf-xarajatlarni hisoblash zarurati, ularning ishlab chiqarish natijalari bilan tenglashtirish imkoniyati korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlash va xo’jalik faoliyati iqtisodiy samaradorligini baholash uchun bosh negizdir. Bunday sharoitda ishlab chiqarish natijalariga sarf-xarajatlarni boshqarish tizimining yaratilishi, eng maqbul boshqaruv va moliyaviy karorni ishlab chiqish uchun asos bo’lishi lozim. Shuning uchun sarf-xarajatlar darajasi, tuzilmasi va xususiyatlari tahlili, rentabellik omillarini baholashga ishonchli asos bo’la olmaydi.
Bu borada, ta’kidlash jozki, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida mavjud an’anaviy boshqaruv hisobi tizimi samarasizligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  • mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi tezkor bo’lmagan axborot tarkibida ko’pincha noto’g’ri ma’lumotlar bo’lib, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va tannarxni kalkulyatsiyalashning an’anaviy uslublari doirasida qo’llanadigan ustama xarajatlarni tayyor mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash usullari faqat tahminiy baholash imkonini beradi. O’z navbatida, boshkaruv qarorlarini qabul qilishda xato ma’lumotlardan foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilishning samarasizligi va noto’g’ri narx siyosati yuritilishiga sabab bo’ladi;

  • amalda hisob yuritish jarayonida sarflar odatda umumlashtiriladi, so’ngra kalkulyatsiyalash tizimida mahsulot turlari bo’yicha shartli ravishda taqsimlanadi. Bunda kalkulyatsiyalash hisob-kitoblarining mehnat xarajatlari ko’payadi, tannarx ko’rsatkichlari haqiqatdagidan uzoqlashadi va boshqaruv uchun yaroqsiz holatga keladi.

Hozirgi paytda respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizim shakllanmoqda. Bunday sharoitda korxonaning tashqi muhit o’zgarishlariga moslashuvi murakkablashadi, korxonani samarali boshqarish va uning faoliyati bo’yicha maqbul qarorlar qabul qilish uchun ob’ektiv axborotni shakllantirishning ahamiyati kuchayadi. Ushbu sohada tadqiqotlar olib borilishi tannarxni hisoblashning yanada mukammal uslublarini izlash uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari korxonaga tanlangan hisob siyosati doirasida hisob yuritishning maqbul turini qo’llash va uning ko’pgina jihatlarini mustaqil ravishda belgilash imkonini beradi. Shuning uchun boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish uchun qanday ma’lumotlar zarurligiga bog’liq. “Resurslar cheklanganligi, asosiy xom ashyo va energiya manbalari narxlari kun sayin ortib borayotgan sharoitda korxonalar o’z pirovard maqsadiga erishish uchun birinchidan, mahsulotlarni sotish bahosini oshirish, yohud ularning tannarxini tushirishlari lozim. Mahsulotlarni sotish narxlari korxonalar xohish-ishtiyoqiga bevosita bog’liq bo’la olmaydi, zero, ular bozorda, talab va taklif qonuniga asosan o’zgaradi. Xarajatlar esa xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida shakllanib, ularning darajasini nazorat qilish korxona menejmentiga bog’liq bo’ladi. Aynan shu paytda, ishlab chiqarish xarajatlari hisobini takomillashtirish va ularni boshkarishda zamonaviy usullarni qo’llash ayni muddaodir”.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida korxonalarning mavjud resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish va buning natijasida dunyo bozoriga raqobatbardosh mahsulot bilan chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda «yuqori sifat, nisbatan pastroq narxda» shiorini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Dunyo bozoridagi raqobat hozirgi kunda shunga olib keldiki, bozor ishtirokchilari o’z mahsulotlarining tannarxidan pastroq narxlarga sotishlariga to’g’ri kelmoqda va bunday holatda pirovard maqsad, foyda olishga faqatgina mahsulot sifatiga zarar etkazmagan holda xarajatlarni tejash orqali erishiladi. Xarajatlarni tejashga esa, ular sodir bo’ladigan har bir bosqich imkoniyati puxta o’rganilib, ulardagi rezervlarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subektlarga o’z ishlab chiqarish faoliyati va kelajak istiqbolli rivojlanish rejalarini tuzishda va korxonani boshqarishda ham mustaqillik berish, korxonalar hozirgi, kun sayin oshib borayotgan raqobat sharoitida, sifat jihatidan aniq, to’g’ri va albatta asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beruvchi axborot tizimiga ega bo’lishlari zarur. Moliyaviy hisob hozirgi davrda mavjud axborot tizimining asosiy bo’g’ini sifatida barcha pog’onalardagi menejerlarni zaruriy axborot bilan ta’minlamaydi. O’z mohiyati jihatidan ushbu hisob turi bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning rivojlanish strategiyasi va faoliyat yurgizish taktikasi uchun zaruriy bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi axborotni to’la miqdorda etkazib bera olmaydi. Bularning barchasi ishlab chiqarish xarajatlari hisobini rivojlantirishni va uning uslublarini korxonalarni boshqarishda keng ko’lamda qo’llashni taqozo etadi. “Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha boshqaruv hisobi tizimining asosiy maqsadi, oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydigan axborot tizimiga ega bo’lishdir”3. Ushbu axborot manbalari esa, korxona quyi pog’onasidan boshlab shakllana boshlaydi. Shu o’rinda, shakllanayotgan axborotni guruhpab, birlamchi qayta ishlab, keyingi pog’onaga uzatish hamda boshqaruv samarasini oshirishning tasirchan vositalaridan biri, korxonaning tashkiliy tuzilmasi ichida moliyaviy javobgarlik markazlarini yaratishdir. Javobgarlik markazlari bo’yicha hisob yuritish firma ichki boshqaruvini ta’minlaydigan korxonaning asosiy tizimlaridan biridir. Javobgarlik markazlarini yaratish tashkilot bo’linmalarini boshqarishning asosi, biznesni samarali boshqarishga yordam beruvchi tub jihatlarni boshqarishning o’zagidir. Korxonani moliyaviy javobgarlik markazlari orqali boshqarish - bu biznesni tezkor boshqarmokchi va unga ta’sir etmoqchi bo’lganlar uchun vosita bo’lib, u:

  • korxona rivojlanishining yo’nalishi va sur’atlari haqida muntazam

tasavvurga ega bo’lish va rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatish;

  • yakuniy natijaga nima hisobidan erishilganligi, amalda kim bunga harakat qilganligini tushunish;

  • korxonaning qaysi bo’g’inlari harakatni sekinlashtirayottanligini bilish;

  • kompaniyaning eng samarali joylarini, uning zaifroq qismlarini aniqlash va ularga ta’sir ko’rsatish orqali eng katta samaraga erishish kabi maqsadlarda ishlatiladi.

Mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi oshgan sari materiallarni xalq xo’jaligidagi roli oshib borishiga mos holda, ularni tejab-tergab sarflash ustidan nazorat qilishning ahamiyati ham ortib boradi. Ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va me’yorida amalga oshirish uchun materiallarning zarur turlari bilan o’z vaqtida kerakli miqdorda ta’minlab turish kerak. Shuning uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va xodimlarni moddiytexnika ta’minotida ro’y berayotgan kamchiliklar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilib turish materiallar hisobining eng asosiy vazifalardan biridir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobini to’g’ri va aniq yuritish korxona foydasini oshirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga va shu bilan bir qatorda ortiqcha aylanma mablag’larni bekorga sarf qilishni oldini oladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritishdan maqsad - tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha hisob axborotlarini foydalanuvchilarga to’g’ri, to’liq, va o’z muddatida etkazib berishdan iboratdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  • korxonada tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini o’z vaqtida, to’g’ri, to’liq va aniq hisobga olish;

  • mahsulot ishlab chiqarishda korxona asosiy va aylanma mablag’lardan unumli foydalanish yo’llarini topish;

  • korxonalarda iqtisodiy tejash rejimiga rioya qilishni ta’minlash;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini tahlil qilish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriya schyotlari va hujjatlarida to’g’ri, to’liq va o’z muddatida aks ettirish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida to’g’ri, to’liq va o’z muddatida umumlashtirish va baholash;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish birligining tannarxini aniq hisoblab borish va xarajatlarni pasaytirish yo’llarini aniqlash;

Korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» bo’lib hisoblanadi. Demak, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning asosiy yo’nalishi bu sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va ushbu faoliyatni amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqarishdir.
Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to’liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqda erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko’rsatish uchun sherik tanlay bilish, o’zi ishlab chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to’liq egalik qilish moliyaviy ko’rsatkichlarining o’zgarishiga bevosita ta`sir etadi.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yoodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy ko’rsatkichlariga aylanadi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan bir sharoitda iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimiz dastlabki yillardanoq sobiq ittifoq respublikalari singari rejali va markazlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun qadam qo’ya boshladi. Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’ziga xos va mos bo’lgan bosqichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy muhofaza qilish yo’lini tanladi.
Shu jihatdan olganda, korxonalarning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak. Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu sababli, moliyaviy hisobot shakllari va ularning tahlilini takomillashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va o’zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini o’rganish va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ham, keyingi yillarda respublikamizda boshqaruv va moliyaviy tahlilga e`tibor kuchaygan. Bu esa bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishni hamda zamonaviy iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Ushbu holatni hisobga oladigan bo’lsak, korxonalarning moliyaviy holatini baholash va uning tahlilini to’g’ri tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi bozor iqtisodiyotining eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta`kidlab o’tish lozim bo’ladi. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etish orqali uni yanada sog’lomlashtirish imkoniyatlariga baho beriladi hamda moliyaviy mustahkamligi kuchaytiriladi.
Agar ilgari korxonalarning xo’jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug’ullangan bo’lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko’rsatilagn tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aktsionerlar, ta`minlovchilar, iste`molchilar va boshqa organlar va tashkilotlar ham shug’ullanishyapti.
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri - bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlilning o’tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta`minlangan emaslar. Bu holat, albatta bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o’ynamoqda.
Ma’lumki, ishlab chiqarish faoliyatida tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi.
Shuning bilan birgalikda, tovar-moddiy zahiralaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan, ishlab chiqarishning tovar-moddiy zahiralar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish, ayniqsa, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini imkon darajasida kamaytirish va ular asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foyda va rentabellining oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo’yicha ta’minlanishiga bog’liq. Shuning uchun, sanoat korxonalari o’z ishlab chiqarishini bir me’yorda samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo’ljallangan biznes rejalariga asoslangan holda tovarmoddiy zahiralari bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Chunki hozirgi paytda tovar-moddiy zahiralarini yo’qligi yoki ishlab chiqarishga o’z vaqtida etkazib berilmaganligi, mehnat unumdorligining pastligi kabi sabablar tufayli ishlab chiqarish korxonalarida tugallanmay qolgan mahsulotni vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida, moddiy resurslardan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun, moddiy resurslardan tejab tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, tugallanmagan ishlab chiqarish yarim tayyor mahsulotlardan farq qilib, biron bir tsex yoki uchastkada qayta ishlash jarayonini o’tab bo’lmagan mehnat buyumlaridir. Ularga bevosita ish joylari, dastgohlarda qayta ishlash jarayonini o’tayotgan mehnat buyumlari kiritiladi, hamda o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 15 fevralda 54-son bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomda belgilangan tannarx bo’yicha hisobotda aks ettiriladi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatida tugalanmagan ishlab chiqarishni yo’qotish uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to’g’ri foydalanish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo etadi. Chunki, ular yordamida tovar-moddiy zahiralari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarishni turlicha shakllarini, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Sababi, ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo’ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda tovar-moddiy zahiralari ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tugallanishini ta’minlashda iqtisodiy tahlilning ahamiyati beqiyosdir. Korxonada tovar-moddiy zahiralardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash, tugallanmagan ishlab chiqarishni vujudga kelish sabablarini aniqlash va foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi va unga sarflangan xarajatlar tahlilining o’tkazish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, tugallanmagan ishlab chiqarish tahlilida asosan tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi va ishlab chiqarish muddati, uni vujudga kelish sabablarini aniqlash, unga sarflangan xarajatlar tarkibi va ularni to’g’ri boshqarish hamda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal darajasda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini amalga oshirishdan maqsad - tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini shakllanishi, miqdori, manbasi, paydo bo’lish davri va tugatilishi, xarajatlar tarkibi, tugallanmagan ishlab chiqarishning paydo bo’lish sabablari va xarajatlarni belgilangan me’yorlarga mosligi bo’yicha ko’rsatkichlarni baholash, ularni o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tahlil natijalari asosida tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyor mahsulotga aylantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori, xarajatlar turkumi va tugallanmagan ishlab chiqarishni paydo bo’lish sabablarini o’rganish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini belgilangan xarajatlar (biznesreja, xarajatlar smetasi hujjatlari) normativiga mosligini va me’yordan chetga chiqishlar sabablarini hamda ularga ta’sir etgan omillarni tahlili qilish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini jami korxona xarajatlari tarkibidagi salmog’i va nisbatini o’rganish hamda baholash;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha muhim ko’rsatkichlar tizimini aniqlash va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari aylanuvchanligini o’rganish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini gorizontal va vertikal tahlilini amalga oshirish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha tovar-moddiy zahiralarni etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini baholash va uni kamaytirishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.

Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlili uchun zarur ma’lumotlar korxona moddiy-texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotlaridan olinadi. Korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zahiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), Bosh daftar, jurnalorderlar va boshqa hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Odatda, korxona xarajatlari bo’yicha faoliyatini tahlil qilishda ma’lumotlar manbai yig’iladi. Ushbu ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to’g’riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig’ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:

  • Yuzaki tekshirish;

  • Mazmun jihatidan tekshirish.

Yuzaki tekshirishda hisobotga barcha ma’lumotlarni kiritilganligi, ularning arifmetik yig’indisi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot shakllarining bir-biri bilan bog’liqligi, hisobotni topshirish muddati, mansabdorlarning imzosi tekshiriladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni qanday va qaysi ko’rsatkichlar bilan tahlil qilish, eng avvalo, tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lsa, u holda, tahlilchi tugallanmagan ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi, hajmi, ishlab chiqarish davri va muddati, uning shakllanish manbalarini va uni paydo bo’lish sabablarini tahlil qiladi. Agar tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan materiallar samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi, material qaytimi ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini o’tkazish uchun tahlilchi xarajatlarni moliyaviy hisobot moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak.
Korxonani tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish davomida ko’plab manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin bo’ladi:

  1. Reja ma’lumotlari manbalari;

  2. Hisob va h¦isobot ma’lumotlari manbalari;

  3. Qo’shimcha ma’lumotlar manbai.

Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga tovar-moddiy zahiralar bo’yicha biznes reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma ko’rsatkichlari kiradi. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbai bu buxgalteriya h¦isobi va hisoboti ma’lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, miqdori, shakllanishi ularning manbalari va ularning xo’jalik muomalalari aks etadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taaluqli bo’lmagan, ya’ni, qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya va soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlarni taqdim etgan ma’lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan b¤lgan muloqot natijalari kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlili ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo’jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kelgusi yillarda mahsulotlar yetishtirish uchun sarflanadigan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Jumladan, kelgusi yilda paxta, bug’doy, sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun joriy yilda yerlarni haydash, tekislash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, kelgusi yilda go’sht yetishtirish uchun joriy yilda xarajatlar qilinadi.
Bunday xarajatlar bog’dorchilikda ham mavjud.
Moliyaviy hisobotlardagi «tayyor mahsulot» moddasi bo’yicha (170-satr) ishlab chiqarishi tugallangan, sinov va qabul qilishdan o’tgan, buyurtmachilar bilan shartnoma shartlariga ko’ra barcha qismlar bilan butlangan va texnik shartlar hamda standartlarga muvofiq bo’lgan buyumlar qoldiqlarining, ko’rgazmada bo’lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) topshirilgan, tayyor mahsulotni hisobga olish hisobvaraqlarida (2800) hisobga olinadigan tayyor mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va topshirilmagan ishlar tugallanmagan, deb hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tartibida ko’rsatiladi. «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning turli tsexlarida ishlab chiqarilgan, lekin hali ishlab chiqarilishi yakunlanmagan mahsulot xarajatlarining summasini aks ettiradi.
Ishlov berishning barcha bosqichlarini o’tmagan, texnik nazorat bo’limi tomonidan qabul qilinmagan, buyurtmachilar tomonidan olinmagan mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarishlar hisoblanib, ularga tegishli xarajatlar esa tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarilib omborga topshirilgan mahsulotlar xarajatlarini aniqlashdan oldin bu xarajatlarni tugallanmagan ishlab chiqarishlar xarajatlaridan ajratib olish kerak, chunki oy davomida bu ikki xil xarajat birga hisobga olib boriladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishlar hajmini aniqlash uchun detal, uzel va shu kabilarni qoldiqlari harakati hisobini yuritish lozim. Ishlov berishning har bir bosqichida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash kerak.
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari harakatini miqdoriy tezkorlik hisobi sexlarning dispetcherlik byuro xodimlari tomonidan olib boriladi. Lekin tugallanmagan ishlab chiqarishlar xarajatlarning qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlarni faqat tugallanmagan ishlab chiqarishlarni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlash mumkin.
Doim bir oydan ikkinchi oyga o’tadigan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlariga ega bo’lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish kerak. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga o’olgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo’shib hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash kerak. Shuning uchun tugallanmagan ishlab chiqarishlar qoldiqlarini to’g’ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega. Tugallanmagan ishlab chiqarishlar qoldiqlarini aniqlash va baholashdagi noaniqliklar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini noto’g’ri aniqlashga olib keladi.
Buyurtma usulida hisob yurituvchi yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda tugallanmagan ishlab chiqarishlar, odatda baholanmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati tugallanmagan buyurtma xarajatiga teng. Yirik seriyali va ko’plab ishlab chiqaradigan korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarishlar har oyda baholanadi. Baholash usulidagi farq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usuliga bog’liq.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning bir necha usuli mavjud. Bunday baholash texnologik jarayonning xususiyati va moddiy hamda ishlov xarajatlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlaridagi salmog’iga bog’liq. Masalan, moddiy xarajatlar katta salmoqqa ega bo’lgan sanoat korxonalarida, jumladan, to’qimachilik sanoatida, tugallanmagan ishlab chiqarish faqat xom- ashyo va material qiymati bo’yicha baholanadi. Lekin yillik hisobot tuzilayotganda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymatiga ishlab chiqarish xarajatlarining summasi rejali summalarda qo’shiladi(2-chizma).

2-chizma. Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash usullari
Yarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlov mahsuloti keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot sanaladi yoki tashqariga sotishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejaviy tannarx bo’yicha, yohud hisob-kitob yoki mahsulotni chiqarib yuborish baholari bo’yicha baholash zaruratini belgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida - “O’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” degan moddada aks ettiriladi.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda har bir qayta ishlov bo’yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xom ashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, ishlovga berilgan barcha qayta ishlovlar xarajatlari va ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan hisob qilinadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi.
Misol. Mashinasozlik zavodida stanoklar tayyorlov va yig’uv sexlarida ishlab chiqariladi. Demak, buyumlar har xil ishlab chiqarish bosqichida va har xil miqdorda sexlarda tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lib o’oladi. Inventarizatsiya dalolatnomasi bo’yicha oy boshiga quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • tayyorlov sexida 6 – operatsiyada – 10 dona

  • yig’uv sexida 2 – operatsiyada 2 dona

Tayyorlov sexida tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash uchun ma’lumotlar:

  • bir stanok uchun material xarajatlari – 340 so’m,

  • to’liq ishlov berish uchun ish haqi – 100 so’m, - oltita operatsiyalar bo’yicha – 80 so’m.

Yig’uv sexida bir stanok uchun material xarajati – 300 so’m, to’liq ishlov berish bo’yicha ish haqi – 70 so’m, inventarizatsiya vaqtiga esa – 50 so’m sarflangan. Ishlab chiqarish hisobi yarim tayyor mahsulotsiz variantda yuritilganda to’g’ri xarajatlar bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarish quyidagicha aniqlanadi(1-jadval):

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə