«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi



Yüklə 120,35 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü120,35 Kb.
#149381
1   2
WorkShop

Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi
 Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o`tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo`nalish Fransiyada vujudga keldi va bu tasodifiy emas edi. Fransiya iqtisod va ayniqsa, sanoat bo`yicha Angliyadan ancha ortda bo`lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura rivojlana boshladi.
 Bu ta'limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan qishloq xo`jaligini mamlakatni og`ir ahvoldan chiqarishning bosh yo`li deb belgiladi. Tabiiy qonunqoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo`l bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi ko`rsatib berildi.
 Fransiyadagi qishloq xo`jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlarning asosi bo`ldi
 Agrar masalani hal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo`lib qoldi. Ular qishloq xo`jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. F.Kenenig iqtisodiy jadvali


F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi.
 Fransua Kene(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi.
 Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo`lgan edi.
 Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi.

 F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda).


 Iqtisodiy jadval (fr. Tableau économique) - bu frantsuz iqtisodchisi Fransua Kening asari bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishni bir butun sifatida tavsiflashga qaratilgan birinchi urinishlardan biridir. Iqtisodiyotning kategoriyaviy apparatini "takror ishlab chiqarish" atamasi bilan to'ldirgan Kuesniy edi [manba 2984 kun ko'rsatilmagan]. Olim tomonidan 1758 yilda tuzilgan jadval tabiiy, ya'ni moddiy va qiymat, ya'ni pul, ishlab chiqarish elementlari o'rtasida mutanosiblik nisbatlarini o'rnatishga asoslangan. "Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.


 "Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.
 Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo`yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontyevning "xarajatlar - chiqarishlar" jadvalini eslatadi. Xuddi Leontyev tizimidek ma'lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to`lovlari bilan to`la qoplanadi (1-jadvalga qarang). Bizning misolda uchta sektor mavjud (uning soni ko`p ham bo`lishi mumkin).
 Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib berilgan.
 Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi.
Ishlab chiqarish Xarid
Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi
I II III
Fermerlar 2 1 2 5
Yer egalari 2 0 0 2
Hunarmandlar 1 1 0 2
Yakuniy xarid 5 2 2 9
 Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
 Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital ("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
 "Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmabirlashtirilgansdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan.
 F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi.
 F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
 Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval".


 F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
Yüklə 120,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə