Ishlab chiqarishda boshqaruv


MAHSULOTNI YOKI XIZMATLAR ISHLAB CHIQARISH REJASI BAJARILISHIDA MEHNAT KО‘RSATKICHLARINING TAHLILI



Yüklə 236,66 Kb.
səhifə4/15
tarix10.10.2023
ölçüsü236,66 Kb.
#126520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi

2.MAHSULOTNI YOKI XIZMATLAR ISHLAB CHIQARISH REJASI BAJARILISHIDA MEHNAT KО‘RSATKICHLARINING TAHLILI.
Korxonalarni samarali boshqarishda mehnat resurslari muhim ahamiyatga egadir. Mehnat resurslari samaradorligi ko`rsatkichlari tahlili haqida gap ketganda, dastlab biz uchun zarur bo`lgan ko`rsatkichlar kerak bo`ladi:

  • mahsulot hajmi;

  • yalpi daromad;

  • foyda;

  • kadrlar o`rtacha yillik soni;

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar, xomashyo va boshqa iqtisodiy resurslarni tejab-tergab sarflashni, mavjud texnikalar va asbob-uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlarning mehnat unumdorliklarini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan harajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelligini va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi.
Ushbu omillar va ko’rsatkichlarning hammasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Akfa ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining yakuniy natijasi samarani unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash Akfa ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Bizga ma’lumki, samaradorlikning oshishi harajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganidan darak beradi.
Ishlab chiqarish mehnat resurslari tahliliga nazar tashlashlaydigan bo`lsak, bunda 2022-yildagi mahsulot hajmi 51343 ga teng bo`lib, yalpi daromad esa 29359ga teng, foydaga keladigan bo`lsak, 15264 ni tashkil etgan bo`lib, bunda 2021-yil bilan solishtirilgan holatda, xususan, mahsulot hajmi 150.9%, yal`i daromad esa 39.2%, foyda esa 118.8% tashkil qilganini ko`rish mumkin.Shuningdek, kadrlarning o`rtacha yillik soni 2022-yil holatga nisbatan 691 bo`lib, 2020-yil bilan solishtirilganda -11.3% ga kamaygan, bu holat korxonada ishchilarning qo`nimsizligi darajasini ortganini bildiradi. Chunki, 2021-yilda ham ishchilar soni 2020-yilga nisbatan -3,8%ga kamaygan



Yüklə 236,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə