|
Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasikitobTadqiqotning ob’ekti va predmeti.
Tadqiqot ob’ekti sifatida ishlab
chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning
xorij tajribasi tanlangan. Tadqiqotning predmeti esa xorijda sanoat korxonalarini
texnologik yangilanish va modernizatsiyalash xamda diversifikatsiyalash faoli-
yatini qo’llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni takomillash-
tirish bilan bog’liq tashkiliy - iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Tadqiqotning maqsadi – ishlab chiqarishni
texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij
tajribasini amalga oshirish yo’nalishlarini tahlil qilib yoritib berishdan iboratdir.
Maqsadga erishish vazifalari
quyidagilardan iborat:
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ishlab chiqarishni texnik va
texnologik yangilash va modernizatsiyalashning iqtisodiy mazmunini yo’ritib
berish;
iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning mohiyati va yo’nalishlarini ko’rsatib
berish;
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash omillari va shart sharoitlarini aniqlash;
ishlab chiqarishni texnologik yangilash va modernizatsiyalash hamda
modernizatsiyalashning jahon tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifika-tsiyalashning Birlashgan Arab
Amirliklari amaliy tajribasini taxlil qilish;
Ozarbayjon iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning
o’ziga xos jihatlarini ko’rsatib berish;
O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning
asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berish;
xorijiy tajribadan foydalanib milliy iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini
rivojlantirish yo’llarini aniqlash;
sanoat iqtisodiyotini maxalliylashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish
yo’llari bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
|
|
|