Ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish


.  Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.05.2022
ölçüsü232,96 Kb.
#87825
1   2   3   4
142733 (1)

2

Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish 
va qayta jihozlash. 
O'zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari milliy harbiy 
mutaxassislarni tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana 
shulardan kelib chiqib, so'nggi paytlar-da O'zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun 
yuksak malakali ofitser-lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil 
etildi.Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari 
ko'rilmoqda.Zotan, hukumat «Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin 
ham harbiy salohiyatni ta'minlash uchun - zarur mablag' ajratishni davom 
ettiraveradi». 
O'zbekiston Qurolli Kuchlari qat'iy, bosqichma-bosqich reja asosida, 
tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlaka-timiz davlat 
suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himoya qilinishini ta'minlaydigan 
darajada kuch-qudratga ega. 
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o'z faoliyatini: 
-
qonun ustunligi; 
-
markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik; 
-
doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik; 
-
fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati; 
-
kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish; 
-
harbiy intizomga rioya qilish; 
-
partiyasizlik; 
-
harbiyxizmatchilarvaularningoilaa'zolariniijtimoiyvahuquqiyhimoyaqilishnit
a'minlashasosidatashkilqiladivaamalgaoshiradi. 
UmumanO'zbekistonRespublikasiningQurolliKuchlari - buharbiytuzilmalar, 
harbiyo'quvyurtlarivaboshqaharbiyqismlardaniborat, 
davlattomonidantashkilqilinganvata'minlanganbo'lib, 
ularurushvaharbiymojarolaraingoldiniolish, 
O'zbekistonRespubli-
kasiningdavlatmustaqilligini, 
hududiyyaxlitligini, 
aholiningtinchhayotkechirishinivaxavfsizliginita'minlashgaqaratilgandir. 
O'zbekistonRespublikasiQurolliKuchlaridavlatnihimoyaqi-
lishdabutunmudofaatiziminingasosinitashkiletuvchiyadrohisob-lanib, 
o'ztarkibigaquyidagilarnioladi: 
-
Quruqlikdagi qo'shinlar; 
-
harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari; -Maxsus qo'shinlar; 
-
Milliy gvardiya brigadasi; 
-
chegara va ichki qo'shinlar; 
-
Milliy xavfsizlik xizmati; 
-
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora-larga qarashli 
harbiy qismlar. 


Quruqlikdagi qo'shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko'p sonli turi bo'lib, 
boshqa qo'shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovuzni qaytarish, zarur 
bo'lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo'ljallangan. 
Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari - Qurolli Kuchlarining 
manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang may-donida bo'layotgan yirik 
operatsiyalarning borishi va yakuniga ta'sir qilish, mamlakat havo chegaralarini 
qo'riqlash, quruqlikdagi va ha-vodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. 
Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi hududini, uning havo chegaralarini, eng 
muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo'shin guruhlarini havo hujumidan 
ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan. 
Milliy gvardiya O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy 
qismidir.Bu gvardiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 
23-yanvardagi qaroriga binoan, respubli-ka Qurolli Kuchlari qismlari negizida 
tuzildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasining davlat 
suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majbu-riy harbiy 
xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o'z ixtiyori bilan borishni birgalikda 
muvofiqlashtirish asosida to'planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o'ziga xos 
vazifalar, jumladan, davlat tanta-na marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan.Shu 
maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan.Shuningdek, gvardiya 
zimmasiga alohida muhim davlat obyektlarini qo'riqlash vazifalari ham 
yuklatilgan. 
Maxsus qo'shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta'minlash masalalarini 
hal etish uchun mo'ljallangan. 
1999-yilgacha chegara qo'shinlari Milliy xavfsizlik xizmati tarkibida 
bo'lishgan.1999-yil 13-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga 
binoan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita 
tashkil etildi. 
Ushbu Farmon asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya 
qiluvchi Qo'mita davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanib, chegaraga 
doir siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo'riqlashni 
tashkil etishni ta'minlashbelgilab berildi. 
Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta'minlash bo'yicha o'ziga 
bo'ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbar-lik qilish, Qurolli Kuchlarni 
qurollar, harbiy texnika va boshqa mod-diy vositalar bilan ta'minlash, mudofaa va 
Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-
kechak va boshqa buyumlarning hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi 
lozim bo'lgan respublika fuqarolarining soni hamda ularning harbiy va muqobil 
xizmatni o'tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish 
hamda haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilami zaxiraga chiqarish, 
harbiy majburiyatlilar-ni yig'ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan 
bo'shatish to'g'risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi. 
Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat boshqaruvining markaziy organi 
hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvo-li va kelgusidagi taraqqiyotiga, 
jangovar tayyorgarlik va intizom-ga to'liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy 


qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga 
oshirilishini ta'minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurolli 
Kuchlarning qurilishi va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining 
davlat dasturlari, mudofaa ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag'lar bo'yicha 
takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. 
Mudofaa va harbiy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o'tkazadi, 
harbiy texnika va boshqa ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta'mirlash uchun 
davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohot-ning ikkinchi 
bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi 
bosqichida (1992-1996-yillarda) qism va bo'linmalar, harbiy o'quv yurtlari va 
muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, 
kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlarni o'qitish 
va tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan. 
Yosh suveren davlat bo'lmish O'zbekiston o'zining Mustaqillik yillari 
mobaynida tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik 
muammolarining prinsipial yangi nuqtayi nazari va masala-lariga tayanadigan, 
milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi-ning tarkibiy qismi bo'lgan hamda 
mamlakatning mudofaa siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab 
chiqdi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda 
qabul qilindi. 
Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va 
harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san'at 
va ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini 
belgilab berdi. 
Oldiga qo'yilgan vazifalarga ko'ra mamlakat harbiy Doktrinasi-ning mazmuni 
va strukturasi aniqlandi. U o'z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tasbkiliy 
aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada 
davlatning o'z fuqarolari hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish 
huquqini amalga oshirish bo'yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab 
berilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qaroriga ko'ra, 
harbiy xizmatchilarning oylik maoshlari ikki barobar-ga, xizmatdan zaxiraga 
bo'shatilganda beriladigan nafaqa miqdori esa eng kam ish haqining sakkiz 
baravariga oshirilgan. 
Shu o'rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 31-oktabrdagi qaro-ri ahamiyatini 
alohida ta'kidlamoq joiz.Unga ko'ra harbiy qism tav-siyanomasiga ega bo'lgan 
yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqchi bo'lsalar, test 
sinovlarida to'plagan ballarining 25 foizi miqdorida ball qo'shib beriladi. 
Harbiy xizmatdan so'ng kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar 
agar o'qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka-tining boshlang'ich 
tashkilotlari faol a'zosi sifatida o'zlarini namo-yon etishsa, ularga kontrakt 
to'lovining 35 foizi miqdorida moddiy yordam ko'rsatiladi. 
O'zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida 
shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi-yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo 


mintaqasida tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
hisobga olgan hol-da, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlaraing har tomonlama 
chu-qur tahlili va Qurolli Kuchlarni barpo etishning mutlaqo yangi prin-siplari 
negizida armiyamizni isloh qilish bo'yicha uzoq muddatga mo'ljallangan Dastur 
yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-
yaroq va texnika bilan ta'minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta 
oladi-gan, sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni 
buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga 
munosib zarba berishga qodir bo'lgan kuchli armiya-ni yaratishdan iborat edi. 
Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo'linma-larining prinsipial 
nuqtayi nazardan mutlaqo yangicha tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. 
Bo'limlar, rotalar, polklar, yordam-chi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli 
samara bermaydigan bo'linmalar tugatildi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida armiyamiz 
va uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo'lgan qurilishini tubdan qayta tashkil 
etish, ularning harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini 
kuchaytirish, eng muhimi, barcha darajadagi koman-dirlarning mustaqilligini 
ta'minlash va mas'uliyatini oshirish imko-nini beradi. 
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada 
sog'lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini 
yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan serjantlar tayyorlash maktablari 
afoetildi va ular zamonaviy jangovar-o'quv bazalari bilan ta'minlandi. Bugun 
serjantlar tarkibi armiyamizning torn ma'nodagi tayanch ustuniga askarlarning 
ustozi, ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda. 
Mustaqillik yillarida barcha bo'g'indagi komandirlarning yuqori professional 
qobiliyati va malakasini ta'minlash, ularning intellektu-al saviyasini har tomonlama 
rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli 
Kuchlar tarkibini sifat ji-hatidan butunlay o'zgartirish va ularni bugungi kun 
talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga 
ega bo'lgan komandirlar bilan to'ldirish imkonini bermoqda. 
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish O'zbe-kistonning har 
bir fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu 
qilishga sazovor kasbga aylandi. 
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakat-lar, birinchi 
galda Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkor-lik sohasida salmoqli 
ishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Qo'shinlarimizning 
moddiy-texnik 
bazasini 
mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ular oila a'zolarining moddiy, ijtimoiy-
maishiy sharoitlarini yaxshilash masalasi ham doimiy e'tiborimiz markazida bo'lib 
kelmoqda. 
Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh 
Qo'mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur bo'lgan masalalari haqida batafsil 
gapirdi: 
- Biz bugun g'oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq-damiz. Markaziy 
Osiyo mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda 
davom etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko'lami kengayib borayotgan 


terrorizm, ekstre-mizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg'otmasdan 
qolmay-di, albatta. 
Bularning barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamla-katimiz 
taqdiri va kelajagi uchun befarq bo'lmagan har bir insondan doimo hushyor va 
ogoh 
bo'lishni, 
Qurolli 
Kuchlarimizning 
jangovar 
tayyorgarligini 
mustahkamlashni, 
davlatimiz 
sarhadlarini 
qo'riqlash 
va 
himoyalashni 
kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo'lgan bar-cha kuch va imkoniyatlarimizni 
safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi vazifalarni belgilab berdi; 
birinchidan, xavfsizlikka qarshi qaratilgan zamonaviy tahdid va xatarlarni 
tahlil qilish bo'yicha boshlangan tizimli ishlarimizni da-vom ettirish va 
chuqurlashtirish, mavjud xatarlaraing yaqin va uzoq muddatlarda yuzaga kelishi 
mumkin bo'lgan oqibatlarini aniqlash, Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz 
xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan bar qanday tahdidlarga munosib va samarali 
tarzda qarshi tura olish imkoniyatlarini baholashga tanqidiy nuqtayi nazardan yon-
dashish; 
ikkinchidan, qo'shinlarning zamonaviy qurol-yarog' va texni-ka, o'ta aniq 
ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan, 
shuningdek, ishonchli anjom-aslaha va shaxsiy himoya vositalari bilan 
ta'minlanishini yanada yuksaltirish, pirovard natijada birlashma va qismlar, 
birinchi galda terrorizmga qarshi bo'linmalarning ta'minot darajasini, jangovar 
tayyorgarligi, harakatchanligi va tezkorligini oshirishga alohida e'tibor qaratish; 
uchinchidan, shaxsiy tarkibning o'quv-jangovar va mashq tayyorgarligi 
tizimining samaradorligini kuchaytirish, harbiy xizmat-chilarning yuksak 
intizomini ta'minlash, ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va 
texnikadan mohirona foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni takomillashtirish. 
Harbiy xizmatchilarning shaxsiy va guruh tarkibidagi tayyorgarlik darajasi, 
intellektual sa-lohiyatini oshirishni ta'minlaydigan modellashtirish, simulatsiya va 
harbiy ta'limning boshqa zamonaviy usullarini keng joriy etish lo-zim. 
Barcha bo'g'indagi komandirlarning eng muhim vazifasi - ar-miyadagi 
tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, har qaysi harbiy xizmatchi ongida 
mamlakatimiz taqdiri uchun chuqur mas'uliyat tuyg'usini mustahkamlash, ularda 
yuksak ma'naviy va axloqiy fa-zilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani 
shakllantirish, vatan-parvarlik hissiyotini kuchaytirishdan iborat ekanini yaxshi 
anglab olishimiz zarur. 
Harbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlar sifatini oshirishda har yili o'tkaziladigan va an'anaga aylanib 
qolgan «Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod 
komandiri», «Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo'nalishlar bo'yicha tanlovlar, 
ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə