Ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.05.2022
ölçüsü232,96 Kb.
#87825
1   2   3   4
142733 (1)

3.
 
Aholini favqulodda vaziyatlarda himoya qilish borasidagi qonunchilik 
tizimining takomillashishi 
Shavvkat Mirziyoyev 2018-yil 10-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik 
kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida soʻzlagan nutqida mamlakatimiz 


mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish, milliy armiyamiz jangovar shayligini 
oshirish borasidagi ishlar haqida toʻxtalar ekan, oldinda turgan muhim vazifalarni 
ham sanab oʻtgan edi.
Jumladan, qoʻshinlar istalgan daqiqada oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni 
bajarishga qodir boʻlishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi 
boʻyicha muntazam shugʻullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy 
professional kadr boʻlishi uchun oʻz sohasini puxta egallashi shart ekani 
taʼkidlangan edi.
2018 yil 26-noyabr kuniQurolli Kuchlar akademiyasida Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan 
tarkibdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev 
Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha 
masalalar qatori harbiy qurilish sohasida ham keng koʻlamli ishlar amalga 
oshirilayotganini taʼkidladi.
Oʻtgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari toʻliq yangilandi. 
Samarasiz va bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada 
qoʻshinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan 
taʼminlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy boʻlinmalar jangovar 
tayyorgarligini oshirish, vaqt koʻrsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini 
berdi. Mamlakatimiz armiyasi qurolli kuchlar qudrati boʻyicha dunyo reytingida 
bir yilda 9 pogʻonaga koʻtarilgani, Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan nufuzli 
"Kembriya patruli" tanlovida harbiylarimiz 90 mamlakatdan ishtirok etgan 123 
jamoa orasida birinchi oʻrinni egallagani bu boradagi ishlar toʻgʻriligini yaqqol 
isbotlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik 
kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqidan: 
Bundan roppa-rosa bir yil avval mana shu o‘quv yurtida – O‘zbekiston 
Qurolli Kuchlari akademiyasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini yanada isloh 
qilish bo‘yicha oldimizda turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilgan edik. 
Uchrashuvda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi dolzarb vazifalardan biri 
sifatida Akademiya faoliyatini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. 
Bugungi yig‘ilishimiz mutlaqo yangilangan Akademiyada o‘tkazilayotgani 
hammamizni quvontirmoqda. Bu yerda tashkil etilgan zamonaviy situatsion 
markaz yil davomida amalga oshirgan ishlarimiz natijasidir. 
O‘tgan yil mobaynida biz bu borada erishgan yutuq va ijobiy misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin. Shu bilan birga, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini 
mustahkamlash sohasida hali ancha muammolar borligini qayd etish zarur. Ularni 
hal qilish yuzasidan 2018-yilda va kelgusi yillarda qattiq ish olib borishimiz lozim. 
Men yil davomida Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini 
tahlil qilib bordim. Harbiy o‘quv mashqlarini Kattaqo‘rg‘on poligonida kuzatdim, 
Janubi-G‘arbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglarida Mudofaa vazirligi va 
chegara qo‘shinlari bo‘linmalarini, bugun esa Chirchiq shahridagi harbiy qismni 
borib ko‘rdim. Harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor shaxslarning 
hisobotlarini eshitdim. Natijada ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan jiddiy, tizimli 
muammolar aniqlandi. Bular – kadrlar masalasi, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-


yarog‘lar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va 
harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga taalluqli 
muammolardir. 
Albatta, o‘tgan yili birinchi navbatda hal etilishi kerak bo‘lgan ko‘plab 
masalalar bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi. 
Lekin, tan olishimiz kerak, ularning barchasi tizimli emas, balki ma’lum bir 
yo‘nalish va bo‘g‘indagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlardir. Ana 
shu holatni hisobga olib, Vatanimiz xavfsizligini mustahkamlash, uning mudofaa 
qobiliyatini kuchaytirishdek g‘oyat muhim sohada ko‘plab muammolar 
mavjudligini anglagan holda, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik. Ushbu 
hujjatda mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish 
masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirildi. 
2017-yil 12-dekabrda Prezident farmoni qabul qilinib, unda mavjud murakkab 
holatdan chiqishning ta’sirchan va samarali chora-tadbirlari belgilab berildi. 
Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib 
bo‘lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash 
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Bu esa 
o‘tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, 
to‘planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun hayotning o‘zi ilgari 
surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etmoqda. 
Biz ayni shu asosda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashni 
O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldik. Strategiyaga binoan 2017-yilda boshqa 
sohalar qatorida harbiy qurilish borasida ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga 
oshirildi. Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishdik va yangilanayotgan 
Qurollilar ishlab chiqishi zarur. Bu borada asosiy e’tiborni harbiy-amaliy 
masalalarni hal etishga yo‘naltirish lozim. Harbiy xizmatchilar har tomonlama 
sog‘lom va chidamli bo‘lishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga 
bardosh berishi kerak. 
Qo‘shinlardagi tashkiliy-shtat o‘zgarishlariga oid masalalarga yana bir bor 
e’tibor qaratib, ta’kidlab aytmoqchiman: hozirgi paytda Mudofaa vazirligi 
tomonidan qo‘shinlarni yangi tashkiliy tuzilmaga o‘tkazish ishlari boshlandi. Bu 
ishlar yangi o‘quv yiliga qadar yakunlanishi zarur. 
Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i P.Ergashev bu borada faqat mexanizm 
yaratish emas, balki uni samarali ishlatish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini 
chuqur anglab yetishi kerak. Qo‘shinlar istalgan daqiqada o‘z oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi 
tizimi bo‘yicha muntazam shug‘ullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy 
professional kadr bo‘lishi uchun o‘z sohasini puxta egallashi shart. 
Nima uchun bu talablar bugun kun tartibiga keskin qilib qo‘yilmoqda? 
Chunki, Mudofaa vazirligidagi ko‘plab mansabdor shaxslar ishonchni oqlamagani, 
o‘zlarini ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani, ularda tashabbus yo‘qligi, 
mustaqil qarorlar qabul qilishni, mas’uliyatni o‘ziga olishga tayyor emasligi bunga 
sabab bo‘lmoqda. 


Holbuki, ularga o‘z qobiliyatini amalda namoyon etishi uchun barcha 
imkoniyatlar yaratib berilgan edi. Bunday kamchiliklar mudofaa vazirligi sobiq 
rahbariyati faoliyatining natijasi, desak xato bo‘lmaydi. Ochiq aytish kerak, ular 
asosan eski usullar bilan ishlab, qo‘shinlar bilan muntazam aloqa o‘rnatmagan, 
harbiy kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratmagan, zarur hollarda 
mustaqil qaror qabul qilishda ularga qat’iyat yetishmagan. 
Afsuski, buning oqibatida bizda ko‘p hollarda harbiy boshliqlar tepadan 
buyruq kutib o‘tirishga o‘rganib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir 
komandir va qo‘mondon o‘z harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud 
jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama 
asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bo‘lishi shart. 
Ayni paytda, qo‘yilgan talablarga javob bermayotgan va qo‘shinlar bilan faol 
ishlashdan o‘zini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri 
tomonidan ishdan bo‘shatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani nimadan 
dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq 
baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz ekanini ko‘rsatadi. 
Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha 
ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshlig‘i hamda barcha harbiy okrug 
qo‘mondonlarini yangitdan tayinladim. 
Yana bir muhim masala – Mudofaa vazirligi qismlari va muassasalari sonini 
optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida harbiy 
shaharchalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish zarurati yuzaga kelmoqda. 
Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritganda, Milliy gvardiya tashkil etilganini 
alohida ta’kidlash lozim. Ma’lumki, bu maxsus harbiy bo‘linma faoliyati jamiyat 
va davlat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga 
chiqarish, aholini turli terrorchilik xatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-
harakatlardan himoya qilishga qaratilgan. 
Qisqa vaqt ichida Milliy gvardiya mamlakat xavfsizligini ta’minlash 
tizimidagi muhim bo‘g‘inga aylandi va Qurolli Kuchlar tarkibiy qismlari bilan 
yaqin hamkorlik o‘rnatdi. 
Afsuski, oxirgi 15-20 yil davomida jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash 
masalalariga noto‘g‘ri yondashuv tufayli bu muhim masala e’tiborimizdan chetda 
qolib keldi. Jumladan, Xavfsizlik kengashi ham bunga yetarlicha e’tibor 
bermaganini ochiq aytish kerak. Bu tizimning aniq egasi bo‘lmagan, bu masalalar 
bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalar goh Ichki ishlar vazirligi, goh Mudofaa 
vazirligi tasarrufida bo‘lib kelgan. Shu sababli ushbu bo‘linmalar o‘z o‘rnini 
topolmadi. Jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash bo‘yicha o‘quv mashqlari deyarli 
o‘tkazilmagan. Tezkor vazifalarni bajarish zarur bo‘lgan paytda turli byurokratik 
to‘siqlarga duch kelingan. Natijada tezkor qarorlar o‘z vaqtida qabul qilinmagan, 
vazifalar samarali bajarilmagan. 


Holbuki, butun dunyoda mamlakat ichida tartib-intizom va jamoat 
xavfsizligini ta’minlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki alohida 
tuzilmalar shug‘ullanadi. 
Ma’lumki, bugungi kunda biz “Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat” 
konsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan katta 
ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu munosabat bilan mana shu yangi tuzilma, 
ya’ni, Milliy gvardiya tashkil etildi. Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda 
xavfsiz hudud loyihasini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki 
ishlar vazirligi bilan birga Milliy gvardiya mas’ul va javobgar etib belgilanadi. Bu 
vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, 
jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. 
Hozirgi paytda Milliy gvardiya tomonidan qo‘shinlar faoliyatining 
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda, 
shuningdek, o‘z Vataniga sadoqatli, yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash 
tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 
Uchinchidan, mamlakatimizdagi barcha turdosh korxonalarni birlashtirgan 
Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasining tashkil qilinishi milliy mudofaa-
sanoat kompleksini shakllantirish yo‘lidagi birinchi va muhim qadam bo‘ldi. 
Shuni ochiq tan olish kerakki, tegishli ilmiy va sanoat salohiyatiga ega 
bo‘lgan holda, biz 25 yil davomida mamlakatning mudofaa-sanoat kompleksini 
tashkil qilishga umuman e’tibor qaratmadik. Bu esa, tabiiyki, Qurolli Kuchlarni 
harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Masalan, radio aloqa uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha biz amalga 
oshirgan loyihani olaylik. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, uni hayotga joriy etish 
uchun bor-yo‘g‘i to‘qqiz oy yetarli bo‘ldi. Bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, rivojlangan mudofaa sanoati innovatsion va 
yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblanadi. 
Ushbu yo‘nalishda harbiy va ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan, 
import o‘rnini bosadigan, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar 
ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan kompleks vazifalarni ham hal 
qilishimiz kerak. 
Mamlakatimizda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish bo‘yicha ulkan 
salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Biroq biz ulardan umuman foydalanmayapmiz. 
Masalan, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hududlarda harbiy 
xizmatchilar uchun maxsus kiyim-kechaklar, ekipirovka, turli asbob-uskunalar, 
quruq payoklar ishlab chiqarish, ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan 
mahsulotlarni tayyorlaydigan sexlarni tashkil qilish bo‘yicha katta imkoniyatlarga 
ega. Bularning barchasi bizga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda juda qo‘l 
keladiEndi viloyat hokimlari va okrug rahbarlarining faoliyatiga shu vazifa qanday 
bajarilayotganiga ham qarab baho beramiz. 
To‘rtinchidan, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda 
joylardagi davlat hokimiyati organlarining faolligini va rolini oshirish bo‘yicha 
ishlar sifat jihatdan butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. “Milliy armiyamiz – 
bizning iftixorimiz va g‘ururimiz” tamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida 


yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va xalqning yakdilligini ta’minlash 
maqsadida harbiy-ma’muriy sektorlar tashkil etildi. 
Barchamiz bir fikrni yaxshi anglab olishimiz kerak: el-yurtimizning 
tinchligini ta’minlash maqsadida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va xalqning birdamligiga bog‘liq. 
Afsuski, yoshlarni, umuman, mamlakatimiz aholisini harbiy-vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash ishlariga Mudofaa vazirligi va boshqa daxldor idoralar 
tomonidan yetarli ahamiyat berilmagan. Eng yomoni, yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va 
o‘qitish, navqiron avlodimizni bizning xalqimizga mutlaqo begona bo‘lgan 
buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish masalalariga zarur darajada e’tibor 
qaratilmadi. 
Ayniqsa, diniy ekstremizm g‘oyalariga berilib, yo‘ldan adashgan yoshlarni 
sog‘lom turmush tarziga qaytarishda biz Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan 
askar va ofitserlarimizning salohiyatidan foydalana olmayapmiz. 
Holbuki, Vatan himoyasida toblangan mard o‘g‘lonlarimiz o‘zining mardlik 
va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi bilan obro‘-e’tibor qozongan 
harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va o‘rnak namunasi 
bo‘lishi mumkin. 
Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan 
barcha zamonaviy zarur texnika va jihozlar, qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash 
mumkin. Ammo shaxsiy tarkib ma’naviy jihatdan zaif bo‘lsa, ya’ni, askar va 
ofitserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun 
mas’uliyat bo‘lmasa yoki ularning o‘rtasida beparvolik hukm sursa, bunday holat 
nihoyatda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Beshinchidan, yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri 
uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. 
Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv 
yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi 
bo‘yicha o‘ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda. Ushbu tizim mutlaqo 
yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini shakllantirishni, harbiy bilim yurtlari, litsey 
va kollejlar faoliyatini takomillashtirishni, “Temurbeklar maktabi” harbiy 
akademik litseylari tashkil etishni ko‘zda tutadi. 
Ayni vaqtda, aytish joizki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, 
harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi zamon talablariga to‘liq javob bermaydi. Buning 
sababi – ayrim mansabdor shaxslar, masalaning mohiyati va ahamiyatini yetarli 
darajada tushunmagani bilan bog‘liq desak, to‘g‘ri bo‘ladi. 
Akademiyada o‘quv jarayonini tashkil qilishda eskicha yondashuvlar hali ham 
bartaraf etilmagan. Bunday holat bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Biz bu masalada 
doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak bo‘lsa, undan oldinda 
yurishimiz zarur. Akademiyada va boshqa harbiy o‘quv yurtlarida zamonaviy 
shart-sharoitlarni xo‘jako‘rsinga yaratganimiz yo‘q. Aksincha, kursantlarimiz va 
tinglovchilarimiz ta’lim sohasida eng ilg‘or, innovatsion bilim va ko‘nikmalarga 
ega bo‘lishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz. 


Bundan tashqari, harbiy qo‘shinlarni zamonaviy texnika va qurol-yarog‘ bilan 
ta’minlash masalasining dolzarb ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, yuqori 
malakali ofitser kadrlarni tayyorlashda xorijiy tillar, jumladan, rus tilini 
o‘rganishga alohida ahamiyat berish darkor. 
Shuningdek, avlodlar o‘rtasida uzviylik va ustozlik an’analari yo‘qolgani ham 
o‘tkir muammo bo‘lib qolmoqda. Buning sababi, birinchi navbatda, ayrim 
rahbarlarning o‘ziga o‘rinbosarlar tayyorlash, o‘zining “issiq joyi”ni yoshlarga 
bo‘shatib berishni xohlamasligi bilan bog‘liq. Ular yoshlarning malakasini oshirish 
va xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishiga ongli ravishda to‘siq bo‘lmoqda, desak, 
buyam haqiqat. 
Yana bir masala, bu – kadrlarimizni xorijiy davlatlarda tayyorlash bilan 
bog‘liq. Ma’lumki, biz oshib-toshib ketgan boy davlat emasmiz. Shuning uchun bu 
masalaga chuqur o‘ylamasdan yondashishga haqqimiz yo‘q. Bu borada 
nomzodlarni har tomonlama puxta saralashimiz va tayyorlashimiz kerak. Toki, ular 
olgan bilim va tajribalarini keyinchalik amalda qo‘llash va joriy etishga qodir 
bo‘lsin. Shu bilan birga, yangi bilim va g‘oyalarni yanada keng yoyish maqsadida 
harbiy o‘qituvchilarimizni chet ellarda tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratish 
zarur. 
Oltinchidan, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarimizning mantiqiy davomi sifatida Qurolli 
Kuchlar tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil 
etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Bu, o‘z navbatida, yosh harbiy xizmatchilarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar jarayoniga jalb etish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga 
chiqarishga xizmat qilmoqda. 
Ma’lumki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 
mamlakatimizdagi harbiy tuzilmalar bilan birgalikda unib-o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ish olib borilmoqda va 
uning samarasini oshirish lozim. 
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy 
tuzilmalarini tashkil etish orqalimazkur kengashning vazifalari qayta ko‘rib 
chiqildi va kengaytirildi. Ushbu kengash va uning tuzilmalari bugungi kunda 
jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va harbiy qismlar o‘rtasida 
yaqin hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ishonchli ko‘prikka aylandi. Ular harbiy 
xizmatchilar va chaqiriqqacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarni 
huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 
Yettinchidan, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz sezilarli 
darajada faollashdi. Chet ellik sheriklarimiz bilan harbiy va harbiy-texnik 
hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 13 ta amaliy harakatlar rejasi yoki “yo‘l 
xaritasi” amalga oshirilmoqda. 
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, harbiy sohada xalqaro miqyosdagi 
tadbirlar soni ko‘payishiga qaramasdan, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga 
ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliy jihatdan joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda. 


Orttirilgan tajribani o‘rganish va joriy qilish borasidagi ishlar tizimli asosda olib 
borilmayapti. 
Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash 
jarayonida harbiy xizmatchilarimizni professional jihatdan shunga mos ravishda 
tayyorlash hal qiluvchi vazifalardan biri bo‘lib turibdi.Ayniqsa, harbiy 
xizmatchilar tomonidan zamonaviy texnika va qurol-yarog‘larni puxta egallash, 
ularni asrab-avaylab ishlatish, bu borada yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘q-dori va 
boshqa resurslardan oqilona foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga alohida 
ahamiyat berish zarur. 
Sakkizinchidan, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarni, ularning oila a’zolari 
va faxriylarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Hududlarda ko‘p qavatli uylar bosqichma-bosqich foydalanishga 
topshirilmoqda. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash borasida, jumladan, 
uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilishini ko‘zda tutadigan yangicha 
yondashuvlar joriy etilmoqda. 
Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz hududlarida 28 ta ana shunday uy-joy 
foydalanishga topshirildi, 522 nafar harbiy xizmatchining oilasi zamonaviy, 
shinam kvartiralar bilan ta’minlandi. 
Yaqin ikki oy ichida yana 720 nafar harbiy xizmatchining oilasi yangi uylarga 
ko‘chib o‘tadi. Bu ishlar doimiy asosda davom ettirilib, har yili 1500 nafar Vatan 
himoyachisining oilasi uy-joy bilan ta’minlanadi. 
Bundan tashqari, qo‘shinlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha birinchi 
marta autsorsing tizimi joriy qilindi. Autsorsing degani shuki, harbiy 
xizmatchilarga kunlik ovqat tayyorlab berish bilan endi armiyaning o‘zi emas, 
balki mustaqil tashkilotlar shug‘ullanadi. Bu ishni tashkil qilish joylardagi 
hokimiyatlarga topshiriladi. Bunday tizimning joriy etilishi shaxsiynovga tegishli 
vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda shu mavzuga bag‘ishlangan 
Xotira kitobini yuqori saviyada nashr etish bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi 
topshiriladi. 
Ikkinchidan, harbiy okruglar qo‘shinlarining jangovar tarkibini yanada 
takomillashtirish, jangovar shayligi va harbiy qobiliyatini kuchaytirish, 
shuningdek, qo‘shinlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish va optimallashtirish 
orqali armiyamizning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish 
salohiyatini oshirishimiz zarur. 
Uchinchidan, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va tashkiliy-shtat 
tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha konseptual hujjatlar yangilangani 
munosabati bilan Qurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qo‘llashning me’yoriy-
huquqiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish lozim. 
To‘rtinchidan, qo‘shinlarning jangovar va tezkor tayyorgarlik tizimini yanada 
takomillashtirish, o‘quv mashqlari faolligini, ularning samaradorligini oshirish – 
muhim vazifadir. 
O‘quv mashg‘ulotlari harbiy bo‘linmalarni imkon qadar to‘liq qamrab olgan 
va o‘zaro hamkorlikda harakat qiladigan tuzilmalarni jalb etgan holda o‘tkazilishi 


lozim. Shu asosda boshqaruv organlari va bo‘linmalar imkoniyatlari, askardan 
tortib komandirgacha bo‘lgan har bir harbiy xizmatchining xatti-harakati va 
jangovar vazifalarni bajarishda qo‘llanayotgan taktikaning maqsadga muvofiqligi 
va to‘g‘ri ekanini baholash mumkin bo‘ladi. 
Beshinchidan, qo‘shinlarning real ehtiyojlarini tizimli ravishda tahlil qilib 
borish, ularning zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanish darajasini 
oshirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak. 
Bu borada Mudofaa vazirligi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi 
tomonidan 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va 
zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks 
dasturni to‘liq amalga oshirish lozim. 
Oltinchidan, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ta’minot tizimini yanada 
takomillashtirish biz uchun eng muhim vazifa bo‘lib qoladi. Bu borada 2020-
yilgacha mo‘ljallangan Qurolli Kuchlarni ijtimoiy rivojlantirish tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish dolzarb 
ahamiyatga egadir. 
Bugungi yig‘ilishni yakunlar ekanmiz, quyidagi masalalarni alohida 
ta’kidlash zarur, deb hisoblayman. 
Birinchidan, Qurolli Kuchlar, harbiy okruglar qo‘mondonligi, davlat 
hokimiyati organlari rahbarlari va ushbu yig‘ilishda ishtirok etayotgan barcha 
mansabdor shaxslar chuqur tushunib olsin: bizning barcha kuch va 
imkoniyatlarimiz men bugun qisqacha bayon qilgan, kuni kecha qabul qilingan 
aniq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish uchun to‘la safarbar etilishi shart. 
Ikkinchidan, yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kunini nishonlash 
masalasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim, deb hisoblayman. 
Ma’lumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida 
respublika miqyosida tantanali bir tadbir o‘tkazish bilan cheklanar edik. Bunday 
tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb o‘ylayman. 
Bu masalaning hayotimizdagi o‘ta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi 
ahamiyatga 
ega 
ekanini 
inobatga 
olib, 
Vatan 
himoyachilari 
kunini 
rasmiyatchilikdan xoli, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami 
sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur. Bunday tadbirlarni ayniqsa 
hududlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-ma’muriy 
sektorlar – mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak 
saviyada o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish darkor. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə