Ishni sudga qadar yuritish bosqichida dalillarni bevosita tekshirish tartibi



Yüklə 74,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü74,78 Kb.
#166699
1   2   3   4   5   6
ishni-sudga-qadar-yuritish-bosqichida-dalillarni-bevosita-tekshirish-tartibi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
580 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
nazarda tutilgan prinsipning sharti, qo‘yilayotgan talab ham ayni mana shu masalani 
nazarda tutgan. Mazkur prinsipning buzilishi jinoyat protsessining boshqa prinsiplariga 
ham ta’sir etmay qolmaydi, ya’ni aybsizlik prezumpsiyasi (isbot qilish majburiyatining 
mas’ul mansabdor shaxslarga yuklatilganligi), sudda ishlarni ko‘rishda tortishuv 
prinsiplarining ham buzilishiga olib keladi. 
Jinoyat protsessining sudgacha bo'lgan bosqichida dalillarni tekshirishning 
bevositaligiga ko`ra, tergovni amalga oshiruvchi shaxs, jinoyat fakti, jinoyat ishi 
bo'yicha isbotlanishi kerak bo'lgan boshqa holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni shaxsan 
qabul qilishi kerak. Shu munosabat bilan ushbu ish bo'yicha ish yuritish huquqiga ega 
bo'lmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni amalga oshirish orqali dalillarni 
olish taqiqlanadi. Masalan, ishni tergov qilayotgan tergovchi emas, balki bu ish 
bo‘yicha protsessual harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lmagan boshqa 
shaxs tomonidan o‘tkazilgan so‘roq bayonnomasida keltirilgan shaxsning ko‘rsatuvlari 
dalil deb topilishi mumkin emas. Bu qoida JPK 95
1
-moddada ham aks etgan. 
Tergov amaliyotida mazkur prinsip doimo to‘laqonli ravishda ishlamoqda, deb 
bo‘lmaydi. Biz buni birgina ehtiyot choralarini qo‘llash bilang bog‘liq 
iltimosnomalarning 
sud 
tomonidan 
o‘rganilishida 
ko‘rishimiz 
mumkin. 
Qonunchiligimizga ko‘ra [1], sudga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 
haqidagi iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror, unga jinoyat ishi qo‘zg‘atish 
to‘g‘risidagi qarorning, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok 
etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorning, JPK 221, 225-moddalari tartibida 
tuzilgan ushlab turish bayonnomasining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga 
oid ma’lumotlarga doir hujjatlarning, himoyachi orderining yoxud himoyachidan voz 
kechish haqidagi bayonnomaning, JPK 239-moddasi talablariga rioya etilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. 
Zarurat bo‘lganda, prokuror tomonidan sudga ko‘zdan kechirish uchun mazkur 
hujjatlarning asli, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim qilinishi mumkin. Biroq, sud 
mazkur holatda JPKning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda dalillarni tekshirmaydi, 
jabrlanuvchi yoki guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertdan xulosa mazmuni eshitilmaydi. 
To‘g‘ri, jinoyat-protsessual qonunchilikda bu holat sud iltimosnomani ko‘rib chiqish 
jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining aybliligi yoki aybsizligi masalasi 
muhokamasiga kirmagan holda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 
to‘g‘risidagi masalani hal qilishi bilan izohlanadi. Lekin, qo‘yilayotgan gumon yoki 
aybning asosliligini tasdiqlaydigan dalillar bevosita sud tomonidan tekshirilishi kerak, 
deb hisoblaymiz. Buni bir qancha protsessualist olimlar ham o‘z ilmiy ishlarida 
asoslantirishgan, jumladan B.Mo‘minov sudning o‘z ajrimida tergov organlarida 
shaxsning jinoyatga dahldorligi haqida yetarli ma’lumotlar mavjudligi haqida havola 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 74,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə