Ishni sudga qadar yuritish bosqichida dalillarni bevosita tekshirish tartibi



Yüklə 74,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü74,78 Kb.
#166699
1   2   3   4   5   6
ishni-sudga-qadar-yuritish-bosqichida-dalillarni-bevosita-tekshirish-tartibi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
583 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
qoidalar mazkur davlat qonunchiligida nisbatan batafsil tartibga solingan. Ushbu 
normani milliy jinoyat-protsessual qonunchiligimizda mustahkamlashni tavsiya 
etamiz. Bunda “
protsess ishtirokchilarining koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirishga 
quyidagi holatlarda yoʻq qoʻyiladi: vafot etganligi, uning ogʻir kasal ekanligi yoki 
uning Respublikadan tashqarida ekanligi yoki uning ishtirok etishiga toʻsqinlik 
qiladigan boshqa holatlar. Ekspertni soʻroq qilish uning xulosasiga aniqlik kiritish 
yuzasidan majburiy tartibda oʻtkazilishi” 
bilan bogʻliq qoidalar juda muhim. 
Jinoyat-protsessual huquqi nazariyasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi oʻziga 
berilgan vakolat doirasida jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergovni amalga 
oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi va dalillarni tekshirishda muhim 
ishtirokchilar sanaladi. Shuningdek, ular prokuror jabrlanuvchi kabi ayblovdan 
manfaatdor jinoyat protsessi ishtirokchilari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tergovchi, 
surishtiruvchi jinoyat protsessining ayblov funksiyasini (jinoiy taʼqibni) amalga 
oshiradi. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda ishtirokchilar quyidagi uchta 
asosiy funksiyadan birini yoki bir nechtasini bajarishadi: himoya, ayblash va ishni hal 
qilish. A.P.Blinkov va V.M.Bыkovlarga koʻra, tergovchi jinoyat ishini tergov qilish 
orqali faqat ayblov funsiyasini amalga oshiradi [9]. Ammo bu protsessualist olimlarning 
fikrlariga qoʻshilib boʻlmaydi. Chunki, surishtiruvchi, tergovchining faqat ayblov 
funksiyani bajarishi JPKning JPK 94-moddaga toʻgʻri kelmaydi. Bu esa tergovning bir 
yoqlama oʻtkazilishiga olib keladi. Bundan tashqari, qonunchiligimizda surishtiruvchi, 
tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim 
aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shartligi 
belgilpangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, yuqoridagi fikrlar haqiqatni aniqlash 
prinsipiga xam zid hisoblanadi.
S.A.Sheyfer esa tergovchi jinoyat ishi doirasida undagi yengillashtiruvchi 
holatlarni oʻrganish orqali himoya funksiyasini ham qisman bajaradi [10]. Chunki, ish 
boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama
toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani 
hal qilishda ayblanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning 
javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va 
hisobga olinishi lozim. Jinoyat protsessining funksiyalari jinoyat-sudlov ish yuritish 
ishtirokchilarining vazifalarini va jinoyat-protsessual faoliyatning yoʻnalishlarini 
belgilab beradi. U oʻz navbatida mazkur ishtirokchilarning zarur protsessual maqomini 
yuzaga keltiradi. Davlatning vakolatli organlari yordamida jinoyat sodir qilgan shaxs 
aniqlanadi, unga rasmiy ayblov eʼlon qilinadi, ular oʻz nuqtai-nazarlarini dalillar 
yordamida asoslab beradilar.


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 74,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə