Ishni sudga qadar yuritish bosqichida dalillarni bevosita tekshirish tartibi



Yüklə 74,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü74,78 Kb.
#166699
1   2   3   4   5   6
ishni-sudga-qadar-yuritish-bosqichida-dalillarni-bevosita-tekshirish-tartibi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
582 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Bundan tashqari, tergov harakatlarini amalga oshirishda videokonferentsaloqadan 
foydalanish tergovdagi dalillarni bevosita tekshirish prinsipini cheklash deb e'tirof 
etilmaydi. Biroq, ba'zi olimlar bu holatga rozi emaslar, chunki tomonlardan biri guvohni 
so'roq qilishda, masalan, odamlarni, narsalarni, hujjatlarni aniqlash zarurati tufayli 
shaxsiy aloqaga muhtoj bo'lishi mumkin [5]. Shuning uchun ular videokonferentsaloqa 
tizimidan foydalanishni istisno holat sifatida ko'rishadi. U faqat uzrli sabablarga ko'ra 
shaxsning ishtirokini ta'minlash mumkin bo'lmaganda qo'llanilishi kerak. 
Gruziya
jinoyat-protsessual qonunchiligi [6] dalillarni bevosita va ogʻzaki 
usulda tekshirishni faqat sud bosqichiga nisbatan nazarda tutgan. Unga koʻra, agarda 
tomonlar jalillarni bevosita va ogʻzaki usulda oʻrganishga teng imkoniyatlarga ega 
boʻlishmasa, dallillar sudga taqdim taqdim etilmasligi kerak (14-modda). Sud tergovi 
paytida tomonlar guvohlarni soʻroq qilishni talab qilishlari va oʻzlarining dalillarini 
taqdim eta oladilar. Bundan tashqari, sud tergovida dastlab ayblov bilan bogʻliq 
dalillar oʻrganiladi. 
Ukraina
jinoyat-protsessual qonunchiligi [7] ham huddi Gruziya kabi dalillarni 
bevosita va ogʻzaki usulda tekshirishni faqat sud bosqichiga nisbatan nazarda tutgan. 
Bunda raislik qiluvchi sudya tomonlarning koʻrsatuvlarini ogʻzaki eshitishi kerak 
boʻladi. Sudda dalillarni bevosita oʻrganish predmeti boʻlmagan koʻrsatuv, ashyo va 
hujjatlar daliliy maʼlumot sifatida tan olinishi mumkin emas, albatta qonunda nazarda 
tutilgan holatlar bundan mustasno. Bu orqali qonun sudga dalillarni shaxsan, bevosita 
oʻrganish majburiyatini qoʻygan, ularni bevosita tekshirish imkoni boʻlmagan holatlar 
esa qonunda aniq nazarda tutilgan va bu holat ulardan dalil sifatida foydalanishga 
toʻsqinlik qilmaydi. Bunda qonunda nazarda tutilgan holat deyilganda, protsess 
ishtirokchilarining xavfsizligi nuqtayi nazaridan ularning sudga bevosita qatnasha 
olmasdan yozma koʻrsatuvlarini taqdim etishi nazarda tutilgan.
Qirgʻiziston 
jinoyat-protsessual qonunchiligi [8] oʻrganilayotgan masalada 
milliy qonunchiligimiz bilan jiddiy farq qilmaydi, faqat dalillarni bevosita tekshirish 
sud tergoviga nisbatan tadbiq etiladi. Barcha dalilni ham sud muhokamasi jarayonida 
bevosita tekshirish imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun mazkur davlat 
qonunchiligi sudlarga soʻroq qilish uchun videokonferensaloqa orqali ham dalillarni 
tekshirishga ruxsat beradi. JPK 371-moddasiga koʻra, sud muhokamasi jarayonida 
barcha dalillar bevosita va ogʻzaki usulda tekshiriladi. Protsess ishtirokchilarining 
koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirishga quyidagi holatlarda yoʻq qoʻyiladi: vafot etganligi, 
uning ogʻir kasal ekanligi yoki uning Respublikadan tashqarida ekanligi yoki uning 
ishtirok etishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlar. Ekspertni soʻroq qilish uning 
xulosasiga aniqlik kiritish yuzasidan majburiy tartibda oʻtkaziladi. Mazkur qoidadan 
koʻrishimiz mumkinki, dalillarni ogʻzaki va bevosita tekshirishni nazarda tutuvchi 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 74,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə