Ishning maqsad



Yüklə 42,93 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü42,93 Kb.
#182756
1   2   3   4
9-lab.ishi

Eksikator pastki qismiga namlikni yutuvchi quritadigan moddalar (kuydirilgan kalsiy xlorid, kalsiy oksid, konsentrlangan sulfat kislota va boshqa) solingan idish bo'lib,tortiladigan buyum uning chinni tagligi ustiga joylangandan so'ng tarozixonaga olib boriladi va soviguncha kutib turiladi. 110-150 °C haroratda quritilgan idish taxminan 30-40 daqiqa ichida xona haroratigacha soviydi.Eksikatorning qopqog'ini ochish uchun qopqoq o'ng qol bilan ushlanadi. Chap qo'l bilan eksikatorning o'zimizga qaragan tomonidan ushlagan holda, qopqoqni ko'tarmasdan gorizontal yo'nalishda sekin tortish kerak. Qopqoqni yopish uchun buning teskarisi qilinadi. Eksikatorni bir joydan boshqa joyga ko'chirish uchun ikkala qo'limizning bosh barmoqlari bilan uning qopqog'i ushlanadi va pastidan ikki qo'llab ushlab ko'tariladi. Eksikatorning qopqog'i havo namligini o'tkazmasligi va tushib ketmasligi uchun uning silliqlangan qismiga mum yoki parafin aralashtirilgan texnik vazelin surtiladi.
Tarozi toshlari maxsus qutichalarga muayyan tartib bilan joylangan bo`ladi. Tarozi toshlarini tarozi pallasiga qo'yish, undan olib qutichaga joylash uchun uchlariga muguz yopishtirilgan qisqich ishlatiladi. Toshlarni qisqich bilan ushlaganda qattiq qismaslik kerak. Qutidagi toshlar ko'pincha 0 01-100 g massali bo'ladi. Milligranun massali toshlar yelkasiga joylashtirilgan tarozilarning toshlari qutisida 1-100 g massali toshlar bo'ladi. Toshlar zanglamasligi, ustiga chang va namiik otinnasligi kerak. Toshlarga tasodifan reaktiv. suv yoki boshqa biror modda tegsa, darhol ulardan tozalanishi. artilishi, zarur hollar da, vuvilishi kerak. Toshlar zanglamasligi uchun ularning sirti zanglamas qatlam bilan qoplanadi. toshlarning qutidagi o'rinlari qat'iy bir xil bo'lganligi uchun modda massasini toshlarning qutidagi bo'sh o'rinlariga qarab ham yozish mumkin. Toshlarni qutichaga joylayotganda yozuvning to'g'riligi tekshiriladi.
Analitik tarozilarda tortish qoidalari. Analitik tarozi aniq fizik asbob bolib, unda tortganda juda ehtiyot bo'lish talab etiladi. Tarozining ishdan chiqmasligi va aniq tortish natijasini olish uchun qator qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi:
1. Tortishga kirishishdan oldin tarozi pallalaridagi changni yumshoq mato yoki cho'tka yordamida ehtiyotlik bilan tozalang va tarozining nolinchi nuqtasini toping. Agar tarozini tekshirayotganda biror noaniqlikni kuzatsangiz, darhol mas'ul laborantga bu haqda ma’lum qiling.
2. Tarozining pallasiga tortiladigan buyum va toshlami qo'yishdan avval uning arretirlanganligiga ishonch hosil qiling. Agar tarozi reyterli bolsa, reytemi o'matayotganda yoki siljitayotganda ham tarozi arretirlangan bo'lishi kerakligini unutmang. Arretir diskini sekin va ehtiyotlik bilan burang.
3.Tarozida belgilangan miqdor moddadan ortiqcha moddani tortmang, aks holda tarozi
buziladi.
4.Biror idishdagi moddaning (yoki bo'sh idishni) og'irligi nomalum bo`lsa, uni texnik tarozida tortib, uning taxminiy massasini aniqlang. So'ngra uni analitik tarozining chap pallasiga joylashtiring va tarozining derazachasini yoping. Tarozining pallasiga kimyoviy moddani bevosita yoki qog'ozga solib tortmang, balki soat oynasi, byuks, tigel, probirka va hokazolarga solib totting. Tarozining o'ng pallasiga toshchalar texnik tarozida o`lchangan massa analitik tarozining o`ng pallasiga qo'yib, tarozining derazachasini yoping va tarozini arretirdan sekin bo'shating.
5.Issiq yoki sovuq moddalarni tortishdan oldin ularaing haroratini tarozi haroratiga keltiring. Buning uchun uni eksikatorda tarozixonada kamida 20-25 daqiqa saqlang.
6.Tarozining pallasiga nam, iflos va hoi moddalarni qo'ymang. Tarozi joylashtirilgan qutiga reaktiv, suyuq modda to'kmang.
7.Namni yutadigan moddalar, suyuqliklar, uchuvchan va o'yuvchi moddalarni faqat yopiq idishlarda (byuks) torting.
8.Tarozining o'lchash bilan bog`liq joylari (pallasi, shayini, strelkasi va boshqa), toshlar va reyterga qo'l tekkizmang. Qo'lingizdagi namiik, yog' va boshqalar ularda qoladi. Toshlarni faqat qisqich bilan ushlang. Agar reyter tasodifan tushib qolsa, uni qisqich yordamida o'z o'rniga joylashtiring.
9.Tortish vaqtida tarozining derazachalari yopiq bo`lishi kerakligini unutmang.
10.Bir ishni bajarish davomida faqat bitta tarozi va toshlar majmuasidan foydalaning.
11.Tarozi o'rnatilgan stolga suyanmang. Tarozini joyidan aslo qo'zg'atmang.
12.Tarozixonaga behuda kirmang, ishlayotganlarga xalaqit bermang, ular fikrini chalg'itmang, tarozixonada qattiq ovoz bilan so'zlashmang, chopib yurmang.

Yüklə 42,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə