Islohotlar, muammolar va yechimlar


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education



Yüklə 281,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü281,99 Kb.
#139036
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
249 
kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar 
oshirishga erishiladi. 
Shu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 
30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar uchun yengillik 
yaratadi
3

Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish 
qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar orqali muntazam oshirib borish 
mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan 
holda, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi. 
Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni 
inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani ayni muddaodir. Chunki, biz o‘z oldimizga 
farzandlarimizning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish maqsadini qo‘ygan ekanmiz, shubhasiz, pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish 
borasidagi mavjud tajribalarni zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishimiz zarur. Shu bilan birga
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan ta’minlash ham bugungi kun 
talabidir. 
Shuning barobarida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashda 
qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim sanaladi. Ayni shu sababli kelgusida bolalarni maktabga 
tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. 
Qolaversa, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-
onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Davlatimiz 
rahbarining mazkur qarorida 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni 
ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil 
etishga alohida e’tibor qaratilgani bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash darajasini yuksaltiradi. 
Shu o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan 
tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli 
to‘garaklar, ma’naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni 
izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. Chunki kitobga, san’atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan 
kasbni egallashga bo‘lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi. 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va 
pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashga
qaratilgan. Tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday yangiliklar 
kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutish mumkin? Maktabgacha ta’lim vazirligi (MTV) tizimida 
o‘zgarishlar talaygina. Ularga imkon qadar batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Maktabgacha ta’lim tizimida qanday yangiliklar? 2018 yilning sentabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi 
maktabgacha ta’lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari yangi dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o‘zida jamlagan hujjatlar paketi 
barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda birinchi marta hammaga 
mavzuviy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan
4

"Ilk qadam" deya nomlangan yangi dasturning asosiy tamoyili - ta’lim jarayoniga qo‘shilayotgan kichik yoshli 
bolalarning ilk qadamlari. "Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan 
bolalarni besh yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu besh yo‘nalishni rivojlantirib, bola 4 
kompetensiyaga ega bo‘ladi, ya’ni u 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladi", - deydi O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. 
3
Maktabgacha ta’lim vazirligi (2020 y.). Manba quyidagi manzilda mavjud: http://old.mdo.uz/ru/ 
4

Yüklə 281,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə