Islohotlar, muammolar va yechimlar


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education



Yüklə 281,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü281,99 Kb.
#139036
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
251 
yaqinni tashkil qilmoqda. Raqamlar kun sayin oshib bormoqda, chunki xususiy MTTlar va Davlat-xususiy 
sektori hamkorligi asosidagi MTTlar ochilmoqda. Tabiiyki, kadrlarga bo‘lgan talab ham katta. 
"Kadrlar bo‘lmasa, maktabgacha ta’lim sifati haqida gapirishga hojat ham yo‘q. Biz kadrlarni qayta tayyorlash 
masalasini ishlab chiqdik. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ega bo‘lmagan pedagoglar juda ko‘p. Bugungi 
kunda akademik litsey va kollejlardagi pedagoglarga ish kamaydi, ular pedagogik tajribaga ega bo‘lgan, lekin 
bazaviy maktabgacha ta’limga oid bilimlarga ega bo‘lmagan kishilardir. Bundaylar uchun pedagogika 
universitetlari qoshida 4 oylik qayta tayyorlash kurslari ochildi. Bugunga kelib 9400 dan ziyod pedagog ularni 
tugallab, MTV tizimiga qamrab olindi. Bundan tashqari, biz yangi moslashuvchan modelni ishlab chiqdik, 
ya’ni pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kishilar uchun 6 oylik kurslar tashkil etildi, ularning soni 1500 
nafar atrofida", - deydi maktabgacha ta’lim vaziri. 
Statistika. Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 2,5 mln bola qamrab olingan. 
Respublikadagi MTTlar soni esa 6154. Ulardan 5586 tasi davlatga qarashli, 568 tasi nodavlat ta’lim 
tashkilotsidir. Bugunga kelib 859 141 nafar bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan, bu umumiy 
hisobning 34 foizi demakdir. Jami 1 mln 600 dan ziyod bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan. 
2030-yilga borib 85 foiz bola respublika MTTlariga qamrab olinishi maqsad qilinmoqda
6

Yangi modellar. Maktabgacha ta’lim vazirligi maqsadi - barcha bolalarni teng asosli va yuqori sifatli 
maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish. O‘zbekistonda uzoq qishloq punktlari bor, u yerda bolalar 
bog‘chalari yo‘q, shunday ekan, maktabgacha ta’lim olishning imkoni yo‘q. Qamrovni ta’minlash uchun MTV 
tomonidan o‘qitishning muqobil shakli - oilaviy MTTlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir qaror ishlab chiqildi. 
"Fikrimizcha, aynan qishloq joylarda ular o‘zini oqlaydi. Ushbu qarorda oilaviy MTT daromad olish huquqiga 
ega ekanligi qayd etilgan. Bundan tashqari, oliy ma’lumotga ega bo‘la turib, muayyan sabablarga ko‘ra ishlay 
olmaydigan ayollar o‘z uyida ishchi yollash imkoniga ham ega bo‘ladi. Bunda boshqa joylarga nisbatan 
istisno mavjud, ya’ni uzoq qishloq joylarida hatto o‘rta-maxsus ma’lumotga ega ayollar ham oilaviy MTTda 
faoliyat yuritishi mumkin. Biz ularni shtatga kiritamiz va ular ish haqi bilan ta’minlanadi. Mebel va metodik 
ta’minotni vazirlik to‘liq o‘z zimmasiga oladi", - deydi Agrippina Shin. 
Qog‘ozbozlik. Sir emaski, yaqin kunlargacha MTTlardagi pedagoglar ko‘plab hujjat turlarini to‘ldirishlariga 
to‘g‘ri kelgan. Vaqti kelganda, qog‘ozbozlik sabab bolalarga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Chunki 
rahbariyat talabini o‘z vaqtida bajarmaslik yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi bilishgan. Ko‘plab yaxshi 
kadrlar aynan shu qog‘ozbozlik sabab ham sevimli kasblaridan voz kechishgan. 
Va nihoyat, 2018-yilning 15-iyulida MTTlarda qog‘ozbozlikni qisqartirishga oid qaror qabul qilindi. Unga 
ko‘ra, ilgari pedagoglar 9 ta hujjat turini yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni 4 tagacha qisqartirildi. 
Umid qilamizki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar amalda o‘z ifodasini topib, farzandlarimiz sifatli 
maktabgacha ta’lim, pedagoglar esa munosib ish haqi va imtiyozlar bilan ta’minlanishadi. Toki har bir bola 
bog‘chaga borgisi kelmay ko‘z yosh to‘kmasin, yaxshi pedagoglar esa o‘z kasbini tashlamasin! 
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ushbu yo‘nalishda oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bu — 
mutasaddi tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan hamkorlikda Prezidentimizning yangi 
qarori mazmun-mohiyatini, bolalarni erta yoshdan rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirishda maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarining roli va ahamiyatini aholi orasida yanada kengroq targ‘ib qilish, chuqur tushuntirishdan 
iboratdir. 
Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning 
sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli 
o‘qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng 
jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi. 

Yüklə 281,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə