Islohotlar, muammolar va yechimlar


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education



Yüklə 281,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü281,99 Kb.
#139036
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
248 
hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga 
muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya 
qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. 
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz 
hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu 
sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab 
yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim deb 
takidlaydi muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev
1

Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, o‘tgan 28 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida 
mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi 
bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Ya’ni yosh avlodning maktabgacha 
ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-
sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 
“Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy 
bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ‘ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot 
masalasidir”, - deb doimo ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Qaysi sohani olmaylik, biz 
zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. 
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan 
boshlanadi. 
Prezidentimiz tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam 
bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu 
maqsad mujassam. 
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish dasturida keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan 
ahamiyatlidir. 
Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda 
hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi. 
Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni 
zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari 
bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani 
ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng ko‘lamli vazifalarni qamrab olganligini ko‘rsatadi.
2
Haqiqatdan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini keskin oshirish 
zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi 
hayotiy ehtiyojga aylangan. 
Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshigacha bo‘lgan 
bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, 
Konstitutsiyani o‘rganish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali 
onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi. 
Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh 
oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, 
ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 
namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bunyod etish 
hamda mavjud tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2017 yil.
2
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hisoboti (2019 y.) 



Yüklə 281,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə