|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI3-мавзу маърузаси137
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
nasta’liq yozuv turini ixtiro qilgan va bu yozuv turli mutaxas-
sislar tomonidan “xatlar kelinchagi” deb atalib, she’riy, tarixiy
asarlar qo‘lyozmalari uchun asosiy yozuv turiga aylangan.
Amir Temurdan so‘ng temuriylar hukmronligi davrida
kitobat san’atiga e’tibor yanada oshdi. Temuriylar davlatining
Movarounnahr va Xurosonga bo‘linishi mintaqadagi madaniy
hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Biroq hukmdorlar va
shahzodalarning ilm-fan, madaniyat va san’atning turli so-
halariga homiyligi madaniy-ma’naviy hayotning rivojlanishiga
zamin yaratdi. Bu davrda Sheroz (Shohrux mirzo (1405–1447)
va uning o‘g‘illari davrida), Hirot (G‘iyosiddin Boysunqur ibn
Shohrux (1397–1433) va Sulton Husayn Boyqaro (1469–1506)
davrlarida) Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining siyosiy va
madaniy markazlari sifatida tanildi.
Bugungi Afg‘oniston, Eron hamda O‘rta Osiyo bir davlat si-
fatida temuriylar tomonidan idora etilgani uchun turkiy xalq-
lar, shu jumladan, o‘zbek xalqi madaniyati qisman Xurosonda,
ayniqsa poytaxti bo‘lmish Hirotda taraqqiy etgan, ayni paytda
uning madaniyatining eng porloq davrlaridan biri hisoblanadi.
Bu davrda Hirot bilan bir qatorda, Buxoro, Tabriz, Mashhad,
Sheroz, Bog‘dod kabi san’at markazlarida ham temuriylar davri
badiiy qo‘lyozmalarining eng go‘zal namunalari yaratildi.
Temuriy hukmdor Shohrux mirzo davrida mamlakat marka-
zida kitobat san’atining Hirot uslubi yaratilishi uchun ilk qad-
amlar qo‘yildi va Boysunqur mirzo (hukmronligi rahbarligida)
Hirot kitobat san’ati markazi sifatida rivojlandi. Temuriylar ning
saroy kutubxonasi o‘zida kitob ishlab chiqarish markazini ifo-
dalagan bo‘lib, adabiyotlarda unga akademiya, nigorxona sifa-
tida nisbat beriladi. Boysunqur mirzo kutubxonasida kitobat
san’atining turli soha mutaxassislari to‘planib, kitobat san’ati
durdonalarini yaratganlar. Ustalarning ko‘pchiligi Boysunquriy
nisbasi bilan ijod qilgan. Kutubxonaning bosh xattoti Kamolid-
din Jaf’ar Ali Boysunquriy Tabriziy (vafoti 1433-y.) vaqti-vaqti
|
|
|