|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI3-мавзу маърузаси135
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
Kitobat san’atidagi keyingi rivojlanish davri Eronda xu-
laguylar (halokuiy) davri, 1295-yilda G‘ozonxonning (1295–
1304) islom dinini qabul qilishidan keyingi davrga taqaladi.
Bu davrda yaratilgan qo‘lyozmalar mamluklarning madaniy
markazlari Qohira va Damashqqa xos qo‘lyozmalar bilan
raqobatlasha olgan. Mo‘g‘ullar bosqini davrida siyosiy, ijti-
moiy-iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalariga yet-
kazilgan ulkan talafot bir tomondan hunarmandlarning turli
mintaqalarga qochishiga, san’atning kengroq hududlarga tar-
qalishiga olib kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan Mo‘g‘ul imperi-
yasining boshqa bir chekkasidagi Xitoy san’ati bilan to‘g‘ridan
to‘g‘ri yaqin aloqalar kuchayishini ta’minlaydi. G‘ozonxon
hamda Uljoytuxon (1304–1316) hukmronligi davrida xula-
guylar davlati vaziri – tabib, ilohiyotchi va tarixchi Rashi-
diddin (vafoti 1318-y.) Xitoy fani, yozuvi, tarixshunosligi va
tasviriy san’atidan juda hayratga tushadi. Bu vaqtgacha islom
olamida asosan grek faylasu
fl
arining astronomiya, botanika
va tibbiyotga oid ilmiy asarlarida tasvirlar aks ettirilgan.
Rashididdinning vazirlik davrida Mo‘g‘ullar davlati markaz-
larida tasvirlarga boy tarixiy kitoblarga talabning ortishi,
matnga tarixiy voqealar tasvirlarini ilova qilishga qiziqish-
ning kuchayishi kuzatiladi. Yirik hajmdagi dostonlar Xitoy
tasviriy san’atiga xos suratlar bilan uyg‘unlashtirilgan, ham
yuqoridan, ham yon tomondan aniq aks ettirilgan dramatik
tasvirlar bilan boyitilgan.
Xulaguylar davlati qulagandan so‘ng (1335) jaloyiriylardan
(1340–1410) Sulton Shayx Uvaysxon (1356–1375) va G‘iyosiddin
Sulton Ahmadxon (1382–1386) davrida Tabriz va Bag‘dod sha-
harlarida kitobat san’ati rivojiga e’tibor beriladi.
Amir Temur va temuriylar davrida kitobat san’ati-
Dostları ilə paylaş: |
|
|