130
MANBAShUNOSLIK
tirib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish maqsadida mazkur asarni
yozgan.
6. “Mirsod al-ibod min al-mabda’ ila al-ma’od”
(“Bandalarning avvaldan oxirgacha istagi”). Muallif – Abubakr
ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Shohovar al-Asadiy ar-Ro-
ziy; “Najmuddin ad-Doya” laqabi bilan shuhrat topgan (vafoti
654/1256-y.).
Asar besh bob, qirq bo‘limdan iborat bo‘lib,
unda har xil
toifadagi kishilar baxtli bo‘lishlari uchun nimalar qilishlari,
qanday hayot kechirishlari kerakligi haqida o‘gitlar keltiril-
gan; tariqatning mohiyati, shayx
va muridning majburiyatlari
hamda boshqa shu kabi tasavvu
fi
y masalalarga ham keng o‘rin
ajratilgan.
7. “Ravzat al-ulamo va nuzhat al-fuzalo”
(“Olimlar
bog‘i va fozillar sayri”). Ushbu asar Abu Ali al-Husayn ibn
Yahyo al-Buxoriy az-Zandavistiyning (vafoti 864/1459-y.) ilo-
hiyot, tasavvuf mavzulari bo‘yicha hana
fi
ya
mazhabi ruhida,
arab tilida yozilgan bo‘lib, u 2 qism, 107 bob va ularning
fi
h-
ristidan iborat.
Bulardan tashqari keyingi asrlarda Markaziy Osiyoda keng
tarqalgan Naqshbandiya tariqatining asoslarini bayon qiluvchi
asarlar ham ko‘plab yozilgan. Ularning asosiylari sifatida tariqat
asoschisi Bahouddin Naqshbandning (1318–1389) bosh xalifasi,
tasavvuf ta’limotining XIV asr oxiridagi
nazariyotchilaridan biri,
Xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik vakili Xoja Muhammad
Porso nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad
ibn Mahmud al-Ho
fi
ziy al-Buxoriy (1349–1420)
qalamiga man-
sub asarlarni ham keltirib o‘tish maqsadga muvo
fi
qdir.
Xoja Muhammad Porsoning eng katta asarlaridan biri
“Tahqiqot” bo‘lib, asar tasavvufning nazariy masalalarini ochib
berishga bag‘ishlangan. Muhammad Porsoning “Risolai qudsi-
ya” asari Xoja Bahouddin Naqshbandning
qudsiy kalimalarini
sharhlashga bag‘ishlangan.