|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси128
MANBAShUNOSLIK
(vafoti 536/1141-y.) “Anis at-toibin va sirotulloh al-mubin”
(“Tavbakorlar hamrohi va Allohning ravshan yo‘li”), Abulfath
Muhammad ibn Nasr Ahmad an-Namiqiyning (vafoti 641/1243–
1244-y.) qalamiga mansub “Hadiqat al-haqiqa” (“Haqiqat bog‘i”),
Muhiddin Muhammad ibn al-Arabiyning (vafoti 638/1240-y.)
“Fusus al-hikam” (“Hikmat ko‘zlari”), Muhammad ibn Ahmad
ibn As’ad al-Buxoriyning (XIII asr) “Maslak al-ori
fi
n” (“Ori
fl
ar
yo‘li”), Abubakr ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Shohovar al-
Asadiy ar-Roziyning (“Najmuddin ad-Doya” nomi bilan shuhrat
topgan, vafoti 654/1256-y.) “Mirsod al-ibod min al-mabda’ ila
al-ma’od” (“Bandalarning avvaldan oxirgacha istagi”), Ali ibn
Shihobuddin al-Husayniy al-Hamadoniyning (vafoti 786/1385-
y.) “Avrod al-fathiyya” (“Ochuvchi zikrlar”), Kamoluddin Abdur-
razzoq Koshoniyning (vafoti 730/1329 yoki 735/1335-y.) “Sharhi
“Manozil as-soirin ila al-haq” (“Haqqa yetuvchilarning manzil-
lari” sharhi”), Mavlono Ahmad ibn al-Qosim Davlatobodiyning
“Nosir” (XIV asrda yashagan) “Odob al-muridin” (Muridlar
odobi), Abu Ali al-Husayn ibn Yahyo al-Buxoriy az-Zandavisti-
yning (vafoti 864/1459-y.) “Ravzat al-ulamo va nuzhat al-fuzalo”
(“Olimlar bog‘i va fozillar sayri”), Abdulhaq ibn Sayfuddin al-
Qodiriy ad-Dehlaviyning (vafoti 1052/1642-y.) “Odob as-solihin”
(“Solihlar odobi”) hamda Ali ibn Ahmad al-G‘uriyning “Kanz
al-ibod
fi
sharh al-avrod” (“Avrod sharhida bandalar xazinasi”)
asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.
1. “Qut al-qulub”
(“Qalblar ozig‘i”). Arab tilidagi bu
mashhur asarning mualli
fi
Abu Tolib Muhammad ibn Ali ibn
Atiyya al-Yamaniy al-Makkiy (vafoti 386/996-y.) hisoblanadi.
Tasavvufning umumiy masalalariga bag‘ishlangan mashhur
asar. Undan o‘rtaosiyolik mutasavvif olim Xoja Muhammad
Porso (1349–1420) ham keng foydalangan, o‘z asarlarida iqti-
boslar keltirgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|