|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR3-мавзу маърузаси125
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Samarqandlik mutafakkirlardan biri Asiriddin al-Abhariy
nomi bilan tanilgan Mufazzal ibn Umar ibn Mufazzal al-Ab-
hariy as-Samarqandiy (vafoti 1264-y.) o‘zining “Isog‘uchi” asari
bilan tanilgan. U mashhur olim Faxriddin ar-Roziy (1150–1210)
talabasi hisoblanadi.
“Isog‘uchi”, aslida, “Isogoge” bo‘lib, lotin tilidan arab ti-
liga o‘ziga xos tarjima hisoblanadi. U lotin tilida “Kirish” de-
gan ma’noni bildirgan. “Isog‘uchi” XX asr boshigacha madra-
salarda mantiq fanidan eng asosiy darslik vazifasini o‘tagan
va “ash-Shamsiya”dan oldin o‘qitilgan. Asiruddin al-Abhariy
mantiq, falsafa, astronomiya sohalarida yetuk alloma bo‘lgan.
Uning mantiqqa oid bir necha asarlaridan tashqari “Hidoyat
al-hikmat”, “Risolat al-usturlob”, “Muxtasar
fi
y ilm al-hay’at”,
“Diroyat al-a
fl
ok”, “az-Zij ash-shomil”, “az-Zij al-ixtiyoriy” (“Ziji
Asiriy”) kabi asarlari bo‘lgan. “Isog‘uchi” o‘zbek tiliga tarjima
qilingan.
Najmiddin Dabiron laqabi bilan tanilgan Abu-l-Maoliy
(Abu-l-Hasan) Ali ibn Umar ibn Ali al-Kotibiy al-Qazviniy
(1203–1277) mantiq ilmining eng taniqli olimlaridan bo‘lib,
uning “ash-Shamsiya” va “Hikmat al-ayn” asarlari madrasalar-
da 800 yil davomida darslik vazifasini o‘tab kelgan. Uning teo-
logiyaga oid “Isboti vojib al-vujud” asari ham shuhrat qozongan.
Mazkur uchta asarga o‘nlab sharhlar va sharhlarga hoshiyalar
bitilgani tabiiy, albatta. Uning ikkita sharhi mashhur, birinchi-
sini Nasiriddin at-Tusiyning shogirdi Qutbiddin Muhammad ar-
Roziy (1295–1365), ikkinchisini Sa’duddin at-Taftazoniy bitgan.
Qutbiddin Roziyning “Tahrir al-qavoid al-mantiqiya
fi
y sharh
ash-Shamsiya” nomli mazkur sharhiga Sayyid Sharif Jurjoniy
hoshiya bog‘lagan. Natijada, ushbu sharh va hoshiya “Qutbiya”
va “Shari
fi
ya” nomi bilan ko‘proq mashhurlikka erishgan. “ash-
Shamsiya” ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Azudiddin al-Ijiy nomi bilan tanilgan Abu-l-Fazl Abdur-
rahmon ibn Ahmad ibn Abdulg‘affor (vafoti 1355-y.) o‘zining
|
|
|