|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR3-мавзу маърузаси123
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Al-Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirgan bo‘lib, ular ora-
sida Abu-l-Hasan ar-Rustug‘faniy (vafoti 961-y.), Is’hoq ibn Mu-
hammad as-Samarqandiy va Abdu-l-Karim al-Pazdaviy (vafoti
999-y.), Abu Ahmad al-Iyodiy kabi olimlar islom olamida mash-
hur hisoblanadi.
Al-Moturidiy o‘z davrining islomiy ilmlari sohasida eng
yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari to-
monidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo‘r
ehtirom bilan tilga olinadi. Al-Moturidiyni ulug‘lab “Imom al-
Huda” va “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yo‘li imomi va mu-
takallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Movarounnahr Markaziy Osiyo xalqlari turli falsa
fi
y, ta-
biiy, aniq fanlar, adabiyot, san’at sohalarida dunyoga mashhur
siymolar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilm-
lar bo‘yicha al-Moturidiydek butun musulmon olamida nom
qozongan olimlarni ham yetishtirib chiqardilar.
Keyingi asrlarda islom aqoidi sohasida ko‘plab asarlar
yaratildi. Biz ulardan misol tarzida quyidagilarni keltirib
o‘tmoqchimiz.
Aqoid.
Bu nomdagi asarlar juda ko‘pdir. Asosiylari Qozi
Azudiddin Abdurrahmon ibn Ahmad al-Iyjiy (vafoti 756/1355-
y.) hamda Shayx Najmuddin Abu Hafs Umar bin Muhammad
an-Nasa
fi
y (vafoti 537/1142-y.)larning aqida borasida tuzgan
muxtasar matn kitoblaridir. Madrasa toliblari yana Imomi
A’zam (vafoti 150/767-y.)ning “Fiqh ul-akbar” hamda Sirojid-
din al-O‘shiyning “Bad’ ul-amoliy” asarlaridan ham keng isti-
foda qilgan. Imom Ahmad bin Muhammad at-Tahoviy (vafoti
321/933-y.)ning aqida kitobini o‘qish Movarounnahrda odat
bo‘lmagan.
Mulla Xayoliy.
U Ahmad bin Muso Mavlo Xayoliy asa-
rining muallif nomi bilan atalishi. Bu zot “Sharhi Aqoidi
Nasa
fi
yya”ning eng mashhur hoshiyasini yozgan. Otasi qozi
bo‘lgan. Mulla Xayoliy Sulton Muhammadxon davrida Turkiya-
|
|
|