|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси124
MANBAShUNOSLIK
ning eng mashhur mudarrislaridan bo‘lgan. 860/1455-yilda va-
fot etgan.
Aqoid ilmi mantiq ilmi bilan birga rivojlandi. To‘g‘ri tafak-
kur yuritishning asosiy qonunlari va shakllarini o‘rganadigan
mantiq (logika) O‘rta Osiyo va musulmon olamida falsafa-
dan alohida fan sifatida taraqqiy etgan edi. O‘rta asrlarda
mantiqning asosan formal va dialektik yo‘nalishlari mavjud
bo‘lgan. Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon
Beruniy kabi allomalar mantiq fani rivojlanishida xizmatlari
katta bo‘ldi. Hatto Aristotelning mantiqqa oid ta’limoti buyuk
mutafakkir bobolarimiz asarlari orqali Yevropaga kirib kel-
gan.
Mantiq faniga oid asarlar.
Markaziy Osiyoda o‘rta asr
va undan keyingi davr madrasalarida mantiq fani ham alohida
o‘qitilgan va bu borada maxsus darslik va qo‘llanmalarga ega
bo‘lingan. Mo‘g‘ullar istilosi davrigacha O‘rta Osiyo madrasala-
rida o‘qitilgan mantiqqa oid aniq bir qo‘llanma haqida ma’lumot
mavjud emas, bu davrda qomusiy olimlarimizning mantiqqa
oid asarlari dasrlik vazifasini o‘tagan bo‘lishi ehtimoldan xoli
emas. XIII–XIV asrlarga kelib, mantiq ilmiga e’tibor kuchaygan.
Bunga Sohibqiron Amir Temur tomonidan Samarqandga taklif
etilgan ikki buyuk alloma Sa’duddin at-Taftazoniy (1322–1392)
va Sayyid Sharif al-Jurjoniy (1340–1414) sababchi bo‘lganlar,
deyish mumkin. Sa’duddin at-Taftazoniyning “Tahzib al-mantiq
va-l-kalom”, Sayyid Sharif al-Jurjoniyning esa ikkita – “al-Kub-
ro” (“Katta”) va “as-Sug‘ro” (“Kichik”) deb nomlangan asarlari
100–150-yil davomida madrasalarning mantiqqa oid asosiy
darsligi vazifasini o‘tagan.
Mantiqqa oid asarlar orasida to‘rtta asarning qo‘lyozma
nusxalari ko‘p uchrashini kuzatamiz. Bular “Isog‘uchi”, “ash-
Shamsiya”, “Odob al-munozara” va “Sullam al-ulum”dir. Ushbu
uchta asarga bitilgan sharhlar, sharhlarga hoshiyalar, hoshiya-
larga yana superhoshiyalar juda ko‘p uchraydi.
|
|
|