Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
3-мавзу маърузаси

124
MANBAShUNOSLIK
ning eng mashhur mudarrislaridan bo‘lgan. 860/1455-yilda va-
fot etgan.
Aqoid ilmi mantiq ilmi bilan birga rivojlandi. To‘g‘ri tafak-
kur yuritishning asosiy qonunlari va shakllarini o‘rganadigan 
mantiq (logika) O‘rta Osiyo va musulmon olamida falsafa-
dan alohida fan sifatida taraqqiy etgan edi. O‘rta asrlarda 
mantiqning asosan formal va dialektik yo‘nalishlari mavjud 
bo‘lgan. Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon 
Beruniy kabi allomalar mantiq fani rivojlanishida xizmatlari 
katta bo‘ldi. Hatto Aristotelning mantiqqa oid ta’limoti buyuk 
mutafakkir bobolarimiz asarlari orqali Yevropaga kirib kel-
gan.
Mantiq faniga oid asarlar. 
Markaziy Osiyoda o‘rta asr 
va undan keyingi davr madrasalarida mantiq fani ham alohida 
o‘qitilgan va bu borada maxsus darslik va qo‘llanmalarga ega 
bo‘lingan. Mo‘g‘ullar istilosi davrigacha O‘rta Osiyo madrasala-
rida o‘qitilgan mantiqqa oid aniq bir qo‘llanma haqida ma’lumot 
mavjud emas, bu davrda qomusiy olimlarimizning mantiqqa 
oid asarlari dasrlik vazifasini o‘tagan bo‘lishi ehtimoldan xoli 
emas. XIII–XIV asrlarga kelib, mantiq ilmiga e’tibor kuchaygan. 
Bunga Sohibqiron Amir Temur tomonidan Samarqandga taklif 
etilgan ikki buyuk alloma Sa’duddin at-Taftazoniy (1322–1392) 
va Sayyid Sharif al-Jurjoniy (1340–1414) sababchi bo‘lganlar, 
deyish mumkin. Sa’duddin at-Taftazoniyning “Tahzib al-mantiq 
va-l-kalom”, Sayyid Sharif al-Jurjoniyning esa ikkita – “al-Kub-
ro” (“Katta”) va “as-Sug‘ro” (“Kichik”) deb nomlangan asarlari 
100–150-yil davomida madrasalarning mantiqqa oid asosiy 
darsligi vazifasini o‘tagan.
Mantiqqa oid asarlar orasida to‘rtta asarning qo‘lyozma 
nusxalari ko‘p uchrashini kuzatamiz. Bular “Isog‘uchi”, “ash-
Shamsiya”, “Odob al-munozara” va “Sullam al-ulum”dir. Ushbu 
uchta asarga bitilgan sharhlar, sharhlarga hoshiyalar, hoshiya-
larga yana superhoshiyalar juda ko‘p uchraydi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə