|
![](/i/favi32.png) Islom diniga doir manba va adabiyotlar
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR3-мавзу маърузаси127
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Mazkur asar muallifning ustozi va shayxi Abu Abdulloh
Jaloluddin Husayn ibn Ahmad al-Buxoriy al-Hasaniyning
ilmiy suhbatlarida tilga olingan ilmiy gaplarning izohiga
bag‘ishlangan. Kitob muqaddimasida ushbu suhbatlarda 178 ta
ilm borasida ma’lumotlar mavjudligi qayd qilingan va ushbu
ilm larning nomlari birma-bir sanab o‘tilgan. Ular orasida logi-
ka, arab tilshunosligi, bahs-munozara, bola tarbiya si, odob-ax-
loq, madaniyat kabilar bor. Asarda muallif bilan ustozi o‘rtasida
bo‘lib o‘tgan ibratli voqealar ham tasvirlangan, suhbatlarda
aytilgan hikmatli gaplar keltirilgan.
“Aqsom ul-ulum al-arabiyya” (Arabiy bilimlarning qismlari)
asari arab tilida yozilgan. Uning mualli
fi
Sayyid Sharif Ali ibn
Muhammad ibn Ali al-Jurjoniy (1340–1414) Temuriylar davri-
ning eng ko‘zga ko‘ringan allomalaridan bo‘lib, Samarqand
va Sheroz shaharlarida ilmiy faoliyat olib borgan. U Samar-
qandda Abu Ya’qub Sirojiddin Yusuf as-Sakkokiy al-Xorazmiy
(1160–1229) qalamiga mansub “Miftoh al-ulum” asariga sharh
bitgan. Mazkur sharhdan muallifning “Aqsom ul-ulum al-
arabiyya” nomli risolasi ham o‘rin olgan. Ushbu kichik hajmli
risola arab tilshunosligi, adabiyoti sohasiga aloqador fanlarga
bag‘ishlangan. Unda fanlar nomlari va qisqacha mavzusi bayon
etilgan. Unga ko‘ra arab tilshunosligi va adabiyotida 15 ta ilm
mavjud bo‘lgan. Asarning yozilgan yili noma’lum, u fanlar mo-
hiyati va ilmlar tasni
fi
ga bag‘ishlangan.
Tasavvu
fi
y asarlar.
Islomiy manbalarning katta qismini
tasavvuf ilmiga oid asarlar tashkil etadi. Abu Tolib al-Mak-
kiyning (vafoti 386/996-y.) “Qut al-qulub” (“Qalblar ozig‘i”),
Abulhasan Ali ibn Usmon ibn Abu Ali al-Julo ibn al-Hujiriy al-
G‘aznaviyning (vafoti 464/1071-y.) “Kashf al-mahjub li-arbob il-
qulub” (“Qalb sohiblari uchun pardani ochish”), Abu Ismoil Ab-
dulloh ibn Abu Mansur Muhammad al-Ansoriyning (396/1005–
481/1090) “Manozil as-soirin ila-l-haq” (“Haqqa yetuvchilarning
manzillari”), Abunasr Ahmad ibn Abulhasan an-Nomuqiyning
|
|
|