Umumiy tilshunoslik



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə1/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org


Umumiy tilshunoslik



O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI 

UMUMIY TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

UMUMIY TILSHUNOSLIK” FANIDAN



MA’RUZALAR MATNI 

5120100 – Filologiya (tillar bo‘yicha)

5111400 – Xorijiy til va adabiyotini o‘qitish 

5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti

yo‘nalishlari bo‘yicha 

4-bosqich bakalavr talabalar uchun 

Tuzuvchilar:
R.U. Madjidova – f.f.n., dotsent, “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi mudiri 

X.S. Muxitdinova – p.f.d., “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi professori


Sh.M. Sultonova - “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Toshkent - 2016 




1-MA’RUZA 

TILSHUNOSLIK FANINING SHAKLLANISH TARIXI. QADIMGI

HIND, GREK VA ARAB TILShUNOSLIGI. O‘RTA OSIYoDA

TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI. 

REJA:
1. Qadimgi hind tilshunosligi.
2. Antik davrda grek va Rim tilshunosligi.
3. Arab tilshunosligi maktablari.
4.O‘rta Osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi

Asosiy tushunchalar: qadimgi tilshunoslik, antik davr, hind tilshunosligi,
vedalar, sanskrit va prakrit, Panini grammatikasi, grek tilshunosligi, falsafiy davr, 
anologistlar, anomalistlar, grammatika davri, Aleksandriya maktabi, ellinizm, Rim
tilshunosligi, arab tilshunosligi, Basra, Kufa, Bag‘dod maktablari, O‘rta Osiyo
tilshunosligi, “Devonu lug‘otit turk”.





TILSHUNOSLIK FANINING SHAKLLANISH TARIXI 
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming 
yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina
mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV 
asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil
fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari 
boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming
yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar 
yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yillik
boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449
yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida 
ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan
oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar 
eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar
lug‘atini ham tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri 
nihoyatda uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat 
o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb -
Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy 
yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va
zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish 
maqsadga muvofiq.





Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə