Umumiy tilshunoslik


QADIMGI GREK VA RIM TILSHUNOSLIGI



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə3/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

QADIMGI GREK VA RIM TILSHUNOSLIGI
Eramizdan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Afinada falsafa barcha bilim 
tarmoqlarini o‘z ichiga olgan yagona fan bo‘lgan. Antik dunyo faylasuflari tilga
ham falsafaning ajralmas bir qismi sifatida qaraganlar va til hodisalarining 
mohiyatini falsafiy nuqtai-nazardan izohlashga harakat qilganlar. Ular so‘z bilan
predmet o‘rtasidagi munosabatni tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘lanish,
“garmoniya” (ya’ni monandlik, moslik, uyg‘unlik) haqidagi ta’limot asosida
izohlashga intilganlar. So‘zlar va ularning nomlanishi, ularning ichki mohiyati 
to‘g‘risidagi fikrlar mashhur faylasuflarning munozara va mushoirlarida aks etardi.
Shundan kelib chiqib, qadimgi grek (yunon) tilshunosligi taraqqiyotini shartli 
ravishda quyidagi 2 davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik (yoki filologik) davri.
Xususan, ushbu munozaralar Platonning (er.av. 427-347 yy.) “Kratil” nomli 
asarida Germogen va Kratil orasidagi bahslashuvda bayon etiladi. Kratilning
fikricha, har bir nom (ot) predmetning mohiyatidan kelib chiqadi, ya’ni uning 
tabiatiga mosdir. Germogenning zamondoshi Sokratni ham (er.av. 469-399 yy.)
Kratilni yoqlab, hech kim o‘z ixtiyori bilan so‘zni o‘zgartira olmasligini bildiradi. 
Ularning fikricha, til kishilarning ruhida tabiat talabiga ko‘ra paydo bo‘lgan


hamda so‘z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi. Ya’ni, ular so‘zlovchi


gapirganida so‘z orqali predmetning tabiati haqida qanday taassurot hosil bo‘lsa, 
eshituvchida ham shunday taassurot tug‘iladi, har bir nom o‘zi anglatayotgan
narsa, buyum, hodisa bilan aloqada, bog‘lanishda bo‘lib nomlarda ularning 
mohiyati aks etadi, «ochiladi», deb hisoblaganlar.
Aniqrog‘i, suvda daraxtlar, ko‘zguda biz aks etganidek, har bir nom o‘zi 
ifodalayotgan predmetning mohiyatini aks ettiradi va bu bog‘lanish tabiat
tomonidan berilgan zaruriy bog‘lanish hisoblanadi. Ya’ni, narsalargina emas, 
ularning nomlari bo‘lgan so‘zlar ham tabiat tomonidan yaratilgan, ularga tabiatan
berilgan «to‘g‘ri» nomlar bor. Bu qarash onomatopeya - tovushga taqlid
nazariyasini ilgari surishga olib keldi. Unga ko‘ra, so‘zning tovush tarkibi bilan
so‘z anglatgan predmet orasida qandaydir ichki o‘xshashlik, moslik mavjud va bu 
predmet haqidagi tasavvurda ham aks etadi. Masalan, shirin, yoqimli, xushbo‘y
narsalarning nomlari yumshoq tovushlardan, aksincha, achchiq, yoqimsiz
badbo‘y narsalarning nomlari dag‘al tovushlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu
etimologiya ta’limotini yuzaga keltirdi, biroq bu, albatta, ilmiy etimologiya emas 
edi.
Mashhur yunon faylasufi Aristarx (e.av.II asr oxiri) boshchiligidagi 

anologistlar tilning grammatik qurilishi va lug‘at tarkibi bilan borliq o‘rtasida


tabiiy muvofiqlik mavjud, degan g‘oyani ilgari surganlar. Ular grek va lotin 
tillarida otlar 3 xil: erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har 2 jinsga ham tegishli
bo‘lmagan jins mavjud, shunga ko‘ra ayrim predmetlar erkaklar jinsiga, ayrimlari 
esa ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Anomalistlar oqimi yetakchisi Krates hamda uning tarafdorlari esa
borliqdagi narsalarni 3 xil grammatik jinsga bo‘linishi bema’nilikdir, deydilar.
Masalan, rus tilidagi cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so‘zlari shakliga
ko‘ra grammatik jihatdan ayollar jinsiga tegishli bo‘lishi kerak edi, amalda esa
ushbu hayvonlarning erkagi ham, urg‘ochisi ham bir xil ataladi. Ushbu misollar 
so‘z shakli va mazmuni o‘rtasida muvofiqlik mavjud emasligini dalillaydi.




Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə