Umumiy tilshunoslik



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə14/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

grammatika” yaratildi. Por-Royal grammatikasi nomi bilan shuhrat qozongan,
qadimgi yunon, yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratilgan 
ushbu asar o‘z oldiga barcha tillarga xos umumiy prinsiplar va farqlarning
sabablarini aniqlash vazifasini qo‘yadi.
Por-Royal grammatikasi 2 qism: fonetika va grammatika qismlaridan iborat
bo‘lib, 1- qismning 6 ta bobi tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘in masalalariga, oxirgi 
bobi har qanday tipdagi tillarning o‘qitish metodiga (uslubiga) bag‘ishlangan.
Kitobning 2-qismi 24 ta bobdan iborat bo‘lib, shulardan 23ta bobi morfologiyaning 
savol va muammolariga hamda sintaksis yoki so‘zlarning tipologik tuzilishi –
konstruksiyalari hamda o‘zaro birlashishi haqidadir. Ushbu grammatika “Aql 
asoslariga qurilgan va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san’atini
asoslab beradigan umumiy grammatika”, ya’ni universal grammatika deb ataldi.
1675-yilda A.Arno va P. Nikollarning “Mantiq yoki fikrlash madaniyati” degan
asari ham yaratildi.


XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING 

YUZAGA KELISHI
XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash 
g‘oyasi qat’iy tus oldi. Ushbu asrning 1-choragida turli tillar haqida dalillar
yig‘ish, to‘plangan ma’lumotlarni qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish avj 
oldi. Olimlar ancha oldin ayrim tillar o‘rtasida o‘xshashlik borligiga e’tibor
qaratgan bo‘lsalar-da, ushbu o‘xshashliklarning asl sababalari ilmiy jihatdan 
yoritilmagan edi. Aynan XIX asrga kelib, deyarli bir vaqtda turli
mamlakatdardagi tilshunoslar tillar o‘rtasidagi sistematik o‘xshashlikni ular 
o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari, ya’ni tillar bir umumiy bobotildan kelib
chiqqanligi, keyinchalik esa ularning har biri mustaqil rivojlanganligi bilangina 

tushuntirish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bunga tilni tarixiylik jihatidan


o‘rganish, xususan, jonli tillarning o‘tmishini o‘rganish, sanskrit bilan yaqindan 
tanishish katta turtki bo‘ldi.
Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
maydonga kelishida ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning
(1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi 
haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan

Hindlarning tili va donoligi” asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda


sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan 
ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy
asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni 
tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning
yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiy-tarixiy 
nuqtai nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib keldi.
Qiyosiy-tarixiy metod o‘z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali 
o‘rganish hamda u yoki bu tilning tarixini, unda yuz bergan o‘zgarishlarni, til
taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish vazifalarini qo‘yadi. 
Ushbu metodning yaratilishida Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm,
Aleksandr Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Ularning ijodiy 
izlanishlari natijasida Hind-Yevropa tillari deyarli to‘liq o‘rganildi. Bu jarayon


Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə