Umumiy tilshunoslik


QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə2/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI
Jahon tilshunosligining markazi, beshigi sifatida qadimgi Hindiston tan 
olingan bo‘lib, hindlar til bilan dastlab sof amaliy maqsadlarda - qadimgi yozma
yodgorliklarning turli o‘zgarishlarga uchragan so‘z va qo‘shimchalarini qayta
izohlash maqsadida shug‘ullanganlar. Hind olimlari eramizdan oldingi XV asrdan
(ba’zi manbalarga qaraganda hatto eramizdan oldingi 45-25 asrlarda) qadimgi 
sanskrit tilida yozilgan Vedalar - 10 qismdan iborat diniy madhiyalar: gimnlar,
diniy qo‘shiqlar va afsonalar to‘plamini hamda o‘rganishni boshlaganlar. Vedalar 
(sanskrit tilida veda “bilim”, sanskrit atamasi esa “ishlangan”, “mukammal” degan
ma’nolarni bildiradi) braxmanizm deb ataladigan induizm dinining diniy-falsafiy 
ta’limoti aks ettirilgan muqaddas kitoblari bo‘lib, miloddan oldingi VI asrdan avval
paydo bo‘lgan va bugungi kungacha o‘z mohiyatini yo‘qotmagan.
Eng qadimgi vedalardan biri - “Rigveda” vedalarning madhiyasi bo‘lib, turli
she’riy uslubda yozilgan 1028 satrdan iborat lirik asar hisoblanadi. Rigveda 
hindlarning qadimgi tili – sanskrit tilida yozilgan bo‘lib, bu til hozirgi kunda ham
milliondan ortiq hindlarning diniy muloqot tili hisoblanadi. davrlar o‘tishi bilan 
sanskrit - braxmanlarning kanonlashtirilgan til bilan jonli xalq tili – prakrit
(prakrit – “oddiy”, “tabiiy” degan ma’noni bildiradi) o‘rtasida katta tafovut yuzaga 
keladi. Hind olimlari sanskritda yozilgan vedalarni o‘rganish, tahlil qilish orqali
qadimgi adabiy tilni tiklashga, matnlardagi so‘zlarni bir-biriga qiyoslab, ularni 
o‘xshash va noo‘xshash qismlarga ajratishga uringanlar.
Vedalardagi ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan atamalarning izohli lug‘atini 
tuzganlar, matnlarni fonetik va morfologik nuqtai nazardan tahlil qilganlar. Ular
ushbu matnlardagi so‘zlarni ma’noli qismlarga (ya’ni morfemalarga) ajratishni 
“v’yakarana” – tahlil deb ataganlar. Natijada, bir tomondan, so‘z shakllari uchun
umumiy bo‘lgan o‘zak va negiz, ikkinchi tomondan, so‘zdagi o‘zgarib turadigan 
qism – so‘z yasovchi va o‘zgartiruvchi affikslarni aniqlashgan. Shu tariqa so‘z
yoki so‘z shakllari amalda birlamchi elementlarga (hozirgi morfemalarga) 
ajratilgan. Shunday tahlillar yordamida hatto har bir so‘zning sinonimik shakllarini
topishga muvaffaq bo‘lishgan 

Bu sohada yaratilgan qo‘llanmalarning eng mashhuri miloddan oldingi IV


asrda Panini tomonidan yaratilgan “Ashtadx’yan” bo‘lib, hind tilshunoslari Panini 
davrini o‘zining eng taraqqiy etgan davri, deb hisoblaydilar. “Ashtadx’yan”
grammatik qoidalar mujassamlangan 8 qismdan va 3996 she’riy qoidadan iborat 
bo‘lib, xotirada yaxshi saqlanib qolinadigan uslubda yozilgan. Qadimgi hind
olimlari orasida so‘zlarni turkumlarga ajratish masalasida yagona fikr mavjud 
emas edi. Ba’zilari so‘zlarni 4ta turkumga ajratishsa, ba’zilari esa 3ta bo‘lishardi.
Qadimgi hind grammatikachilari fikricha, so‘z gapdan tashqarida ma’no 
bildirmaydi, tilning asosiy birligi gapdir. Panini va uning izdoshlari sanskrit
tilidagi qo‘shma so‘zlarni chuqur tasnif qilishgan, ularning tasnifi hozirgi 
klassifikatsiyaga juda yaqinligini ta’kidlash mumkin.
Panini o‘z grammatikasida so‘zlarni 4 turkumga ajratadi: ot (ratan), fe’l 
(akhyata), old qo‘shimcha (upadarda) va yuklama (pipata). “Ashtadx’yan”da
tovushlar tasnifining fiziologik asoslariga alohida to‘xtalingan bo‘lib, nutqning 
tovush artikulyatsiyasi va artikulyator (karana) yordamida vujudga kelishi, ularda
unli tovushlar mustaqil fonetik element hisoblanishi va bo‘g‘inning asosini tashkil 
qilishi aniq izohlangan. Qadimgi hind grammatikachilari so‘zlarning ma’no
tomonigagina emas, tovush jihatiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Tovush, 
tovushlarning fiziologik-artikulyatsion xususiyatlari, bir tovushning boshqa tovush
ta’sirida o‘zgarishi (kombinator o‘zgarish) kabi hodisalarni ham o‘rganganlar. Ular 
tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq a’zolarining yaqinlashuvidan
unlilar, bir-biriga tegishidan undoshlar hosil bo‘lishini qayd etganlar.
Umuman, qadimgi hind olimlari fonetikani juda chuqur o‘rganganlar. Ular
unli tovushlarga mustaqil qo‘llana oladigan, undoshlarga mustaqil qo‘llana 
olmaydigan elementlar, deya ta’rif berishgan. Hindlar musiqiy urg‘uga katta
e’tibor qaratganlar, hatto fonema tushunchasini ham tahlil qilganlar, bo‘g‘in 
tuzilishi to‘g‘risida ham ko‘p foydali fikrlar bildirganlar. Shuni qayd etish kerakki,
eramizdan avvalgi VI ming yillikda yaratilgan ko‘pchilik fonetik qonun-qoidalar 
an’anaviy ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelgan va hozirgi zamon tilshunosligi
aynan shu an’analarga tayangan holda rivojlanib bormoqda.

Panini grammatikasi deyarli 10 asr davomida asosiy qo‘llanma sifatida


foydalanib kelingan. Panining qarashlari Mesopotamiya orqali qadimgi Gresiyaga, 
Suriya orqali arab tilshunosligiga tarqalgan va ularga sezilarli ta’sir qilgan.
Shunday qilib, qadimgi hind tilshunoslari jahon tilshunosligiga katta hissa 
qo‘shgan va o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Hind tilshunosligi Yevropaga faqat XVIII
asrdagina yetib kelgan. Ammo Hind tilshunosligi O‘rta Osiyoga ancha ilgari 
ma’lum bo‘lgan, Jumladan, sanskrit tilini yaxshi bilgan mashhur olim Abu Rayhon
Beruniy (X-XI asrlar) o‘zining Hindistonga bag‘ishlagan asarida hindlarning nozik 
tabiatli va didli faylasuf, tilshunos, shoir ekanliklarini qayd qilib o‘tgan.


Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə