Umumiy tilshunoslik


 Basra analogistlar maktabi (klassikani saqlash)



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə7/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

1. Basra analogistlar maktabi (klassikani saqlash) 


2. Kufa analitiklar maktabi (erkin munosabat)

3. Bag‘dod ekletiklar maktabi (aralash munosabat).
Ushbu maktablar vakillari tomonidan arab tilidan dastlabki lug‘atlar, arablar 
uchun va g‘ayri arablar uchun qo‘llanmalar yaratildi. Bu asarlar arab

leksikografiyasi va grammatikasining rivojlanishiga, arab tiliining Sharq


mamlakatlariga tarqalishiga amaliy xizmat qildi.

Jumladan, Basra maktabining asoschilaridan biri Xalil al-Farohidiy (taxminan


718-791yy) arab tilining “Kitobul ayn” (“Ayn harfi kitobi”) nomli dastlabki 
lug‘atni va “Kitobul avomil” (“Boshqaruvchilar kitobi”) qo‘llanmasini yaratdi.
Biroq bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Uning shogirdi, shhur arab 
tilshunoslaridan biri Amir bin Usmon Sibavayxiy (733-yilda vafot etgan) “Al-
Kitab” asarini yaratdi. O‘sha davrdagi barcha ta’limotlar, qarashlarni 
umumlashtirgan mazkur kitob Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan yuqori
baholangan hamda o‘sha davr arab adabiy tilining sintaktik va morfologik 
tuzilishi, so‘z yasalish va fonetik tizimi to‘liq aks ettirilgan qo‘llanma sifatida uzoq
yillargacha islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatishda 
asosiy darslik vazifasini o‘tagan.
“Kitob al turk” (“Turk tilini tushunish kitobi”) Ispaniyaning Andaluziya 
viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber
qabilasiga mansub Asruddin Abu Hayen Andalusning (1256-1345) 60ga yaqin 
asari bo‘lib, bularning 15 tasigina bizgacha yetib kelgan, ularning ba’zilari turkiy
tillarga bag‘ishlangan.
“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turk”. Bu asarning muallifi, chop qilingan
joyi va vaqti noma’lum, ammo ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, “Kitob al 
idrok”dan keyin yozilgan. Demak, “Attuhfa” XVI asrga oid. U 1891-1892 va 1931
yillarda Qohirada 40 marta nashr kilingan. Kitobning asl nusxasi Istambuldagi 
Boyazit machitining Validdin Afandi kutubxonasida saqlanmoqda.
Arab tilshunoslari ayniqsa leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar va 
juda ko‘p lug‘atlar yaratganlar. Bag‘dod maktabi vakili hind Sag‘ani (1181-1252
yy.) tuzgan va “To‘lqinlar toshqini” deb nomlangan 20 tomlik lug‘at, Feruzobodiy 
(1329-1414 yy.) tuzgan va “Qomus” deb atalgan 60 tomlik lug‘at, misrlik ibn
Mansur (1232-1311 yy.) tuzgan noyob so‘zlar lug‘ati shular jumlasidandir. Arab 
leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1.To‘liq izohli
lug‘atlar. 2. Mavzuviy lug‘atlar. 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5. 

O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari. Arab lesikografiyasi sharq


mamlakatlariga, keyinroq Yevropa mamlakatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Lug‘at yaratish borasida arablar o‘z ona tillaridan tashqari fors, mo‘g‘ul, turkiy
tillar masalalari bilan ham shug‘ullanganlar.



Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə