maktabining asosiy xizmati shunda bo‘ldiki, ular grammatikani falsafadan
ajratdilar.
Bunda, albatta, Sharqdan keltirilgan nodir qo‘lyozmalarning ta’siri
katta
bo‘lgan. Demak, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatining rivojlanishida
qadimgi misrliklar, shumerlar,
finikiyaliklar, qadimgi Eron va Turon xalqlarining
ham sezilarli hissasi bor. Aleksandriya maktabida ulug‘ shoir, yozuvchilar,
matnchilar ijod qilishgan. Ularning oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifa - qadimgi
qo‘lyozmalarni, ayniqsa, Gomer asarlarini o‘rganish,
shuningdek, Sharqdan
keltirilgan nodir qo‘lyozmalarni tarjima qilish va tahlil qilishdan iborat edi. Ushbu
maktabning eng yirik namoyandalari Zenodot, Aristarx (e.av.II asr oxiri), Dionisiy
(eramizning II asri boshlari), Appoloniy Diskol (II asrning 2-yarmi) larning tahliliy
ishlari natijasida grammatik kategoriyalar, klassifikatsiya ta’limotlari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: