Umumiy tilshunoslik



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə6/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

Appoloniy Diskol (e. II asri 1-yarmi) –yunon tili sintaksisi bo‘yicha
«Sintaksis haqida» asarini yozgan.


O‘RTA ASR RIM TILSHUNOSLIGI
Rim tilshunosligi yunonlar erishgan barcha yutuqlarni tahrir qilish va 
tartibga keltirish bilan shug‘ullandi. Rim grammatiklaridan Mark Terentiy
Varron, Donata, Prissianlar lotin tilini o‘rganishdi va grammatikasini yaratishdi. 
O‘rta asrlarda got, arman, irland, qadimgi ingliz va slavyan tillarining yozuv tizimi
paydo bo‘lgan va lotin tili o‘lik tilga aylanib bo‘lgan bo‘lsa-da, lotin 
grammatikasining barcha tillar uchun umumiy hisoblanib, qoidalari va
tushunchalari yangi tillar grammatikasiga ko‘chirilar edi. Natijada, boshqa 
tillarning o‘ziga xosligi yo‘qolib, lotin tilidagi atamalar barcha tillarning
grammatikalari tarkibiga kirib ketdi. Atamalarning asosiy qismining lotin yoki 
grek tilidaligining asosiy sababi ham shunda.
Antik davr tilshunoslarining nomlar to‘g‘risidagi munozaralari o‘rta asrlarda 
ham davom ettirilib, ular falsafiy realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.
Rim tilshunosligida ruhoniy yepiskop Anselm (1033-1109) boshchiligidagi 
realistlar faqat umumiy tushunchalar mavjud, Rossellin (1050-1110) real
buyumlar ularning soyasi deb hisoblashar, yetakchiligidagi nominalistlar esa 
aksincha borliqda konkret buyumlar mavjud, insonlar faqat o‘z tasavvurlaridagina
ushbu xususiyatlarni umumlashtiradilar, der edilar. Per Abelyar (1079-1142) 
boshchiligidagi konseptualistlar mo‘tadil nominalistlar deb atalib, umumiy


tushunchalar alohida mavjud bo‘lmaydi, ular real mavjud narsa-predmetlar


xususiyatlarini aks ettirish orqali hosil qilinadi, degan haqiqatga mos g‘oyani 
ilgari surganlar.


ARAB TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI 
Ayni davrda Sharqda arab tilshunosligi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan
va Sharq mamlakatlariga tarqalayotgan edi. Arab tilshunosligining rivojlanishi
masalasida turlicha fikrlar bor:
 Arab tili grammatikasi grek falsafasi ta’sir qilmagan holda mustaqil 
ravishda yaratilgan (Iogann Veyss).
 Grek tili bilan arab tili bir-biridan butunlay farq qilgani uchun grek 
grammatikasiga oid tushunchalar arab grammatikasiga qabul qilingan emas
(Karl Brokkelman). 
 Arab grammatikasidagi asosiy tushunchalar grek fanidan, Aristotel
mantig‘idan olingan.
 Arab grammatikasi hind grammatikasi ta’sirida yaratilgan.
Aslida arab tilshunosligining rivojlanishi VII asrdan boshlab islom dinining 
Sharq mamlakatlariga keng miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq edi.
Aslida arab tilining o‘rganilishida asosan quyidagi amaliy maqsadlar ko‘zda 
tutilgan edi:
1) islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatish;
2) muqaddas “Qur’on” oyatlari va hadislardagi so‘zlarning tarixiy shaklllari
va ma’nolarini sharhlash va izohlash. Arab tilshunosligi rivojida quyidagi 3ta 
yo‘nalishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə