Umumiy tilshunoslik


Navoiydan keyingi davrda yaratilgan asarlar



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə11/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

Navoiydan keyingi davrda yaratilgan asarlar 
Navoiy dahosi o‘z zamonasidayoq tan olingan va asarlari har tomonlama 

o‘rganila boshlangan edi. Ma’lumki, Navoiy dunyoda eng ko‘p miqdorda - 26


ming so‘z ishlatgan buyuk ijodkor bo‘lib, uning asarlari o‘tkir falsafiy g‘oyalar 
bilan yo‘g‘rilgan. Ushbu dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan ilmiy va adabiy
merosni o‘rganish, falsafiy-lisoniy asarlarini tahlil qilish, Navoiy ishlatgan 
so‘zlarning ma’nolarini izohlash, ularning ma’noviy qamrovini, matndagi
quvvatini ochib berish va o‘zga tillarga tarjima qilish kabi ishlar XV asrdan 
boshlab filologik tadqiqotlar va leksikografik ishlarning asosiy maqsadi va
vazifasi bo‘lib qoldi. Shunga ko‘ra shu davrdan boshlab, ko‘plab lug‘atlar yaratila 
boshlandi.
Bu lug‘atlar orasida Eron shohi Nodirshohning kotibi astrobodlik 
Nizomiddin Muhammad Nodi al Husayn as Safaviy Mehdixon - qisqacha Mirzo 

Mehdixonning (XVIII asr) «Sangloh» (1760 y.) asari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbek tilining ilk grammatikasi deb hisoblangan mazkur asarda nafaqat 

leksikografiya, balki leksikologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis


masalalari bo‘yicha ham fikr yuritiladi. Muallif o‘zbek tilidagi 5 ta kelishik 
shaklini ko‘rsatib o‘tadi, kishilik olmoshlarini mustaqil olmoshlar deb, ko‘rsatish
olmoshlarini ishora olmoshlari deb ataydi. Asarning lug‘at qismida, asosan 
Navoiy, shuningdek, Lutfiy, Bobur she’riyatidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar
ma’nosi izohlangan va fors tilidagi tarjimasi berilgan.
«Maboni ul-lug‘at» “Sangloh”ga ilova qilingan bo‘lib, 2ta: muqaddima va
tarsif (grammatika) qismlaridan iborat. “Muqaddima”da kitobning yozilish 
sabablari bayon etilgan, arab va o‘zbek tillari qiyoslangan, o‘zbek shevalari haqida
ma’lumotlar berilgan. Tarsif qismi esa 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘zbek tilida 
fe’lning turli nisbat va zamon shakllari, fe’llarning vazifaviy shakllari, fe’l
mayllari, fe’llarning yasalishi, ko‘makchi fe’llar, so‘zlarning imlosi, fe’l yasovchi 
qo‘shimchalar, olmoshlar, ularning turlari, o‘zbek tilidagi 5ta kelishik shakli (bosh
kelishikdan tashqari ) haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Muallif o‘z asarini 
o‘zbek tilining 1-ilmiy gammatikasi deb ataydi. Bu davrda bir qator lug‘atlar ham
yaratilgan:
 “Abushqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan muallifi noma’lum “Chig‘atoy 


Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə